calendar 07 Aug 12:31
eye 47
comments 0
comments Manba: qalampir

O'zbekistonda koronavirusga chalinganlar 29 mingdan oshdi

image
image

Bugun, 7 avgust soat 17:00 holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 248 nafarga oshib, 29 057 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 197 nafari Toshkent shahrida, 23 nafari Toshkent viloyatida, 15 nafari Xorazm viloyatida hamda 13 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Qibray tumanida yashagan 69 yoshli S.B. (erkak) hamda Mirzo Ulug'bek tumanida yashagan 71 yoshli N.I. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Eʻtiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 286 nafar, Toshkent viloyatida 164 nafar, Andijon viloyatida 20 nafar hamda Qoraqalpog'iston Respublikasida 2 nafar, jami 472 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, O'zbekistonda 20 059 (+472) nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (69 foiz) sog'aygan.

Hozirda mamlakatda 8 817 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:18
 
36
0
xs.uz

“Inson uchun” – inklyuziv yugurish marafoniga start berildi

Marafonda 300 nafardan ziyod nogironligi bo'lgan shaxslar ishtirok etdi. Ular sport orqali o'z salohiyatlarini ko'rsatish, yangi do'stlar topish hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish imkoniyatiga ega bo'lishdi.'Inson uchun' marafoni ishtirokchilari quyidagi 4 yo'nalish bo'yicha, ayollar va erkaklar alohida baholanib, taqdirlandi:- ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchilar;- kar va zaif eshituvchilar;- aqliy rivojlanishda ortda qolganlar;- harakat tayanchi shikastlanganlar va boshqalar.'Inson uchun'

16 Apr 15:12
 
26
0
xs.uz

“Obod xonadon” sohibiga quyosh batareyalari oʻrnatib beriladi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Oltiariqning olis hududlari sirasiga kiruvchi 'Azimobod' mahallasi keyingi yillarda tumanning eng obod va fayzli goʻshasiga aylanib bormoqda. Birgina oʻtgan yilning oʻzida mahalladagi ichki yoʻllar toʻliq asfaltlashtirildi, ichimlik va oqava suv tarmoqlari yangilandi. Maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi zamonaviy mezonlar asosida taʼmirdan chiqarilib, oʻnlab yangi xizmat koʻrsatish va servis shoxobchalari bunyod etildi. Ayni paytda mahalliy byudjet mablag

16 Apr 09:12
 
35
0
xs.uz

Prezident Yangi Andijonga Bobur shahri deb nom berishni taklif qildi

Bildirilishicha, davlat rahbari Yangi Andijon shahridagi 'Yangi Oʻzbekiston' bogʻida oʻtayotgan xalq saylida soʻzga chiqib, betakror ilmiy va ijodiy merosi bilan oʻzbek xalqi va millatini butun dunyoga tarannum etgan shoh va shoir ' Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasini abadiylashtirish maqsadida Yangi Andijon shaharchasiga Bobur shahri deb nom berishni taklif qilgan.'Ishonchim komil', bu tashabbus har tomonlama xalqimizning koʻnglidagi ish boʻladi. Nega deganda, hazrati Bobur ' jahon tari