“Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Qonun maʼqullandi


Parlament yuqori palatasi aʼzolari “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini muhokama qildi.
Qonun Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Mazkur Qonunning qabul qilinishi bir necha obyektiv sabablar bilan bogʻliq. Jumladan, amaldagi 1996-yilda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonun mamlakatda maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalarini tizimli hal etishni taʼminlay olmaydi. Qolaversa, ushbu masalalar boʻyicha bosqichma-bosqich qaror qabul qilish tartibi mavjud emas.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalari boʻyicha takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish tartib-taomillari ishlab chiqilmagan va tartibga solinmagan. Bu esa oʻz navbatida mazkur masalalarda chuqur tahlil qilinmagan qarorlarning qabul qilinishiga zamin yaratib kelayotir. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining vakolatlari va vazifalari aniq belgilab berilmagan, shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi normalar belgilanmagan.
Yana bir jihat. Amaldagi Qonun qabul qilinganda 31 moddadan iborat boʻlgan va bugungi kunda ularning 15 tasi turli sabablarga koʻra oʻz kuchini yoʻqotgan.
Majlisda senatorlar mazkur yangi Qonun amaldagi “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonundan bir qator asosiy qoidalarning mavjudligi bilan ajralib turishini qayd etdi.
Xususan, hududiy tuzilish masalalari boʻyicha qaror qabul qilishda davlat organlarining vakolatlari va vazifalari aniq belgilab qoʻyilmoqda.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalari boʻyicha takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish mexanizmlari oʻrnatilgan va mazkur masalalarda maxsus kommissiyalar tuzish va ularning faoliyatini tashkil etish huquqiy normalar asosida belgilanmoqda.
Shuningdek, maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalarida qabul qilingan qarorlarga joylarda amal qilinishi mexanizmlari joriy etilmoqda.
Mazkur Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Yangi hafta avvalida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi
'Oʻzgidromet' 21-23-aprel kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-aprelda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 21-aprelda 22-27 daraja, 22-23-aprelda 24-29 daraja boʻladi.Buxoro'va'Navoiy'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7
Har mavsumda shu boʻlar takror...
Yaqinda 'Xalq soʻzi' gazetasida eʼlon qilingan 'Oyoq ostidagi neʼmat' maqolasini oʻqib, bir tarafdan suyungan boʻlsam, boshqa tomondan eski dardim yangilanib, kuyindim. Shu bois, avvalo, gazeta jamoasi hamda muallifga ushbu mavzuni koʻtarib, jamoatchilik eʼtiborini isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslik, uvolning oldini olish masalasiga qaratgani uchun rahmat aytaman. Kuyinganimning boisi shuki, maqolada aytilganidek yoʻl, yoʻlak chetlarida ekilgan tut borki, hosili oyoqosti boʻladi. Va ha
Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan telefon orqali muloqot qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif 7-iyun kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda butun musulmon ummati uchun muqaddas Qurbon hayiti ' Iyd al-Adho munosabati bilan bir-birini samimiy tabrikladilar. Yetakchilar doʻst Oʻzbekiston va Pokiston xalqlariga farovonlik va ravnaq tiladilar.Pokiston Bosh vazirining joriy yil fevral oyida Oʻzbekistonga tarixiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish n
“Work and Travel” dasturida ishtirok etuvchi talabalarga foizsiz qarz beriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 290-sonli qaroriga muvofiq, 2025-yil 15-maydan boshlab 'Work and Travel' xalqaro dasturlari doirasida ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga boradigan talabalarga ssuda (qaytarish sharti bilan foizsiz qarz) ajratish tartibi joriy etiladi. Mazkur tartib xorijga borish, qaytish va boshqa xarajatlarni qoplash uchun moʻljallangan.Ssuda olish imkoniyati Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Br