Bugun, 30 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamentining videokonferentsaloqa tarzida birinchi majlisi bo'lib o'tdi. Unda tashkiliy masalalar ko'rib chiqildi.
Taʻkidlanganidek, 2017–2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Ilm, maʻrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturining ijrosini taʻminlash maqsadida Senat huzurida Yoshlar parlamenti tashkil etildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi hamda Yoshlar ittifoqi tavsiyasiga asosan Senat Kengashi tomonidan Yoshlar parlamenti aʻzolari tasdiqlandi.
Tadbirda Oliy Majlis Senati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev Yoshlar parlamenti aʻzolarini samimiy qutlab, turli yo'nalishlarda Vatanga sadoqat bilan ishlayotgan, taʻlim olayotgan, tashabbuskor, yuksak maʻnaviyatli, mustaqil fikrlovchi, qatʻiy hayotiy nuqtai nazarga, keng dunyoqarash va chuqur bilim hamda liderlik salohiyatiga ega o'g'il-qizlar ushbu tuzilmadan joy olganini taʻkidladi.
– Elkangizdagi ulkan masʻuliyatni chuqur his qilib, bildirilgan yuksak ishonchni oqlashingizga, yurtimizdagi millionlab yoshlarning yuqori palatadagi munosib vakili bo'lishingizga ishonamiz, – dedi Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi raisi B.Sayfullayev. - Mamlakatimizda so'nggi yillarda yoshlar nafaqat ertaning bunyodkori, balki bugunning hal qiluvchi kuchi sifatida o'zlarini namoyon qilishlari uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Yoshlar parlamentining komissiyalari Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus asosida yo'nalishlarga ajratilgan. Ishonamizki, Komissiyalar aʻzolari o'zlari masʻul bo'lgan yo'nalishda beshta muhim tashabbusning chinakam xalq harakatiga aylanishiga ham munosib hissa qo'shadilar. Yoshlar parlamenti o'g'il-qizlarimizning o'z fikrlarini baralla aytishi uchun yuksak minbar bo'lishiga ishonch bildiriib, ularning har biri o'z hududidagi yoshlarga tegishli muammolarini o'rganib, sabablarini aniqlab, yechimlari yuzasidan takliflar ishlab chiqadi. Bu borada ularga kuch-quvvat tilayman.
Tadbirda kun tartibidagi masala – Yoshlar parlamenti raisi lavozimiga Mohistara Muhammadyunusova nomzodi ko'rib chiqildi.
Mohistara Muhammadyunusova 1995 yil Andijon viloyati Marhamat tumanida tavallud topgan. U BMTning yuksak minbarlarida dadil chiqishlar qilgan shijoatli yoshlardan biri, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent shahridagi Vebster (Webster) universitetida tahsil olgan. Shu bilan birga, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi ingliz tili bo'yicha trener koordinatori, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o'rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti metodik taʻminot bo'limi bosh mutaxassisi, ushbu institutning ilmiy bo'limi bosh ilmiy xodimi, Respublika "Qizlar ovozi" klubi bosh koordinatori bo'lib faoliyat yuritgan. Shuningdek, Stenford universitetida tashkil etilgan "Xalqaro ayollar salomatligi va inson huquqlari" kursi tinglovchisi ham hisoblanadi.
M.Muhammadyunusova Yoshlar parlamenti raisi sifatida bir ovozdan maʻqullandi.
Majlisda Yoshlar parlamenti raisi o'rinbosari – komissiya raislarini va Yoshlar parlamenti kotibini saylash, Yoshlar parlamenti Reglamenti hamda ish rejasi loyihalarini ishlab chiqish va boshqa tashkiliy masalalar ko'rib chiqildi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati axborot xizmati.
Obod mahallada obod koʻngil boʻladi
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Bugun mamlakatimizda mahallalar qiyofasi yangilanib bormoqda. Koʻp qavatli uylar, koʻcha va yoʻlaklar taʼmirlanib, hududlar obodonlashtirilmoqda. Davlatimiz rahbari qaysi viloyatga tashrif buyurmasin, uyma-uy yurib har bir oilaning talab-istaklarini oʻrganish, muammosi boʻlsa yordam berish, tadbirkorlarni jalb etib, ishchi joylar yaratish zarurligini taʼkidlamoqda. Bu yerdagi odamlarning ham bola-chaqasi, ertangi kundan umidlari bor. Mamlakatimizdagi oʻzga
SamDU dunyoning eng yaxshi TOP-600 oliy taʼlim muassasalari qatoridan joy oldi
Samarqand davlat universiteti 2024-yilda Oʻzbekistonda birinchilardan boʻlib QS Stars reytingida 5 yulduzni qoʻlga kiritgan va dunyodagi eng yuqori baholangan universitetlar qatoriga qoʻshilgan edi.Dunyoning eng nufuzli Times Higher Education reyting agentligining Impact Ranking-2025-yil natijalari eʼlon qilindi. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti mazkur nufuzli reytingda dunyoning eng yaxshi TOP-600 oliy taʼlim muassasalari qatoridan joy oldi.2024-yilda ushbu reytin
Davlat boshqaruvi akademiyasi qayta tashkil etiladi
Maʼlum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 5-may kuni qabul qilingan 78-son farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi etib qayta tashkil etiladi.Farmonga koʻra, akademiyaning asosiy vazifalaridan biri etib davlat xizmatchilarining malakasini muntazam oshirib borish va qayta tayyorlash, shuningdek, boshqaruv kadrlarini magistratura va oliy taʼli
Odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga kiritilgan yangi oʻzgartirishlarga koʻra, odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun belgilangan jazolar kuchaytirildi. Bu oʻzgartirishlar 2025-yil 19-may kuni qabul qilingan 'Odam savdosi jinoyati uchun jazoni kuchaytirish toʻgʻrisida'gi qonun bilan amalga oshirildi.Yangi tahrirga binoan, Jinoyat kodeksining 135-moddasida odam savdosi jinoyatini qalbaki hujjatlar asosida yoki jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qoʻygan,