calendar 18 Apr 11:07
eye 48
comments 0
comments Manba: xs.uz

Andijon rivojini yangi bosqichga ko‘tarish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tildi

image
16-aprel kuni Buloqboshi tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi bo'yicha yig'ilish o'tkazildi.

Andijonda yangi O'zbekiston shukuhi har bir tuman, har bir mahallaga kirib borayotgani qayd etildi. O'tgan yili viloyatda 4 mingdan ziyod yangi tadbirkor ish boshlagan. 450 ming aholi ishli bo'lgan.'

Viloyatda 1,5 million kvadrat metr turar joy va 850 ming kvadrat metr noturar joylar qad ko'tardi. Buning hisobiga, o'tgan yili savdo va xizmatlar 13 foizga, sanoat 7,5 foizga oshdi.'

Lekin hayot bir joyda to'xtab turmaydi. Andijonda iqtisodiy salohiyat, yangi loyihalar va tashabbuslar ko'p.

Yig'ilishda kichik va o'rta tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, investitsiya va eksportni ko'paytirish, qurilish, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish borasidagi vazifalar muhokama qilindi.

Avvalo, 2025-yilda Andijon viloyatida kamida 6 foiz iqtisodiy o'sishni ta'minlab, yalpi hududiy mahsulotni 105 trillion so'mdan oshirish, 305 ming aholini band qilib, 150 ming odamni kambag'allikdan chiqarish imkoniyati ko'rsatib o'tildi.

Masalan, Andijonda dastgohsozlik sanoati yaxshi shakllangan. Lekin ikki yilda viloyatga chetdan 1 milliard dollarlik asbob-uskunalar import qilingan. Agar ularni o'zimizda tayyorlash o'zlashtirilsa, iqtisodiyotga qo'shimcha tushum, odamlarga ish o'rni bo'ladi. Bunday tashabbuskorlarni qo'llab, sertifikat va zarur buyumlar olishiga ko'maklashish kerak.''

Shuningdek, mashinasozlik-konstruktorlik ishlab chiqarish markazlari tashkil etiladi. Sanoat tarmoqlarida talab yuqori bo'lgan import uskunalarning texnik ko'rsatkichlari o'rganilib, mahalliy korxonalarga muqobillari taklif qilinadi. Bunday uskunalarni mahalliylashtirish istagidagi tadbirkorlarga 5 milliard so'mgacha imtiyozli kredit beriladi.

Viloyatdagi 13 ming gektar adirga suv chiqarib, bemalol ekin ekish mumkin. Lekin u yerlarga suv chiqarishda nasos ishlatish uchun elektrni narxi dehqonlarga og'irlik qiladi. Shu bois quyosh paneli o'rnatish uchun moliyaviy instrumentlar qo'llanadi. Qo'rg'ontepada 300 gektar adirlikda sanoat usulida intensiv bog' va uzumzor barpo etilib, tadbirkorlarga tayyor holda taklif qilinadi.

Boshqa hududlardagi samarasiz issiqxonalar Andijonga ko'chirilib, aholiga lizingga beriladi. Mahallalarga arzon urug' va mineral o'g'it yetkaziladi.'

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Baliqchi va Oltinko'lda 5 gektardan issiqxona tashkil etib, 100 ta ehtiyojmand oilani daromadli qilgan. Endi bu Ulug'nor, Paxtaobod, Xo'jaobod, Marhamat va Andijon tumanlarida ham yo'lga qo'yiladi. Bunday zamonaviy issiqxonalarni namunaviy tashkil qilgan mahalla raislariga 100 foiz ustama beriladi.

Viloyatdagi sun'iy suv havzalarining atigi 23 foizida intensiv usulda baliq yetishtirilayapti, xolos. Osiyo taraqqiyot bankidan 15 million dollar jalb etib, 320 gektarda intensiv usulda baliq yetishtirish, 500 ta xonadon bilan kooperatsiya qilish loyihasi ishlab chiqilgan. Mutasaddilarga bu loyihani nazoratga olish, umuman, respublikada baliqchilikni rivojlantirish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Andijonda turizm salohiyati ham yuqori. Xonoboddagi Kampirovot, Buloqboshidagi Shirmonbuloq, Xo'jaoboddagi Tosh ota mahallarida turizm maskanlari tashkil qilib, sayyohlarni ko'paytirish imkoniyati bor. Bu yil sohada 125 million dollarlik 25 ta loyihani yakunlash, 3,5 million xorijiy va mahalliy sayyoh jalb qilib, turizm eksportini 200 million dolardan oshirish vazifasi qo'yildi.

Yig'ilishda investitsiya va eksport masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Bu yil xorijiy investitsiyalar hajmi 3,1 milliard dollarga yetkazilishi, 1 milliard dollarlik 23 ta yirik, 321 ta kichik va o'rta loyiha ishga tushirilishi qayd etildi. Eksportni 1,5 milliard dollarga, mahalliylashtirish hajmini 10 trillion so'mga olib chiqish imkoniyati bor.

Har yili Andijondan Qirg'izistonga 200 million dollarlik eksport bo'layapti. Chegaradan 5 ming dollarlikkacha bo'lgan mahsulotni qo'lda olib o'tishga ruxsat berilgani natijasida yana millionlab dollarlik tovar sotilayapti. O'zaro savdoni kengaytirish uchun Qo'rg'ontepa va Xo'jaobodda erkin savdo va sanoat zonalari tashkil qilish taklifi bildirildi.'

Viloyatdagi 360 ta bo'sh va samarasiz ko'chmas mulkni qulay shartlarda auksionga chiqarib, tadbirkorlik loyihalariga zamin yaratish muhimligi ta'kidlandi.''

Suv oqimi yuqori bo'lgan ariq va kanallarida 75 megavatt quvvatga ega kichik va mikro GESlar qurish imkoniyati bor. Bunda qatnashadigan tadbirkorlarga 3 yil imtiyozli davr bilan, 7 yilga 12 foiz stavkada kredit beriladi.

Qurilish va infratuzilmani rivojlantirish bo'yicha ham vazifalar ko'p. Xususan, bu yil 9 ming 700 xonadonli 245 ta ko'p qavatli uy quriladi. Bu sohada 10 ming nafar aholining bandligi ta'minlanadi. Ming kilometrdan ziyod yo'l va ko'priklar ta'mirlanadi.'

Xonobod ' Andijon magistral suv quvurining quvvati yetishmasligi sababli 6 ta tumandagi 510 ming aholiga suv yetkazib berishda muammolar bor. Shu bois Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida ushbu quvurning 2-tarmog'ini qurish zarurligi ta'kidlandi.'

Qo'shni davlatlar bilan bog'lovchi yo'llarning o'tkazuvchanligini oshirish, Andijon shahri bilan tumanlar o'rtasida jamoat transportini rivojlantirish bo'yicha topshiriqlar berildi.

Ijtimoiy yo'nalishlar aholi turmushida bevosita aks etadi. Andijonda bu yil yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti ulushi 40 foizga yetkaziladi. 15 ming nafar texnikum bitiruvchisining bandligi ta'minlanadi. 6 ming talaba dual ta'lim bilan qamrab olinadi. Oliy ta'limning muhandislik, tibbiyot, iqtisodiyot, agrar yo'nalishidagi 4 ta ta'lim dasturi xalqaro akkreditatsiyadan o'tkaziladi.

Shu maqsadda, jumladan, tibbiyot ta'limi va turizmini rivojlantirish, mahallalarda tunu kun xizmat ko'rsatadigan xususiy tibbiyot punktlarini ko'paytirish choralari belgilandi.

Ma'lumki, salohiyati va ko'nikmasini oshirgan maktab direktorlarini rag'batlantirish yo'lga qo'yilgan. Endi bu tizim texnikumlarda ham joriy qilinadi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan, har yili Bobur shahrida rassomlar festivali o'tkaziladi. G'oliblarga Prezident sovg'asi sifatida avtomobil berilishi e'lon qilindi.

Bugun Andijon rivojini yangi bosqichga ko'tarish bo'yicha eng muhim vazifalarni belgilab oldik, barcha masalalarga to'xtalib, viloyat uchun zarur mablag'larni ham hal etdik,'' dedi Shavkat Mirziyoyev.'' Agar barchamiz bir bo'lib, hamjihat bo'lib ish olib borsak, yutuqlarimiz yanada ko'payadi, biz zabt etolmaydigan marraning o'zi bo'lmaydi, Andijon yanada obod bo'ladi.'

Yig'ilishda Bosh vazir o'rinbosarlari, vazirlar va boshqa mutasaddilar o'z yo'nalishlari bo'yicha axborot berdi. Viloyat hokimi, 16 ta shahar va tuman hokimi aholi va tadbirkorlarni har kuni eshitib, hozirgi sur'atni saqlab qolishi, dunyodagi iqtisodiy tebranishlar sharoitida favqulodda mas'uliyat olishi lozimligi ta'kidlandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:37
 
21
0
xs.uz

O‘zbekiston Prezidenti Gʻalabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 9-may kuni Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 80-yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.Qizil maydonda Gʻalaba paradi bo'lib o'tdi. Tadbirda Xitoy Raisi Si Szinpin, Braziliya Prezidenti Lula da Silva, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg'iziston Prezidenti Sa

20 Mar 12:54
 
54
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bahor ayyomi - Navroʻz munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik, farovonlik va muvaffaqiyatlar, birodar Oʻzbekiston va Tur

20 Mar 12:53
 
60
0
xs.uz

Jizzaxdagi ayanchli YTHda 3 kishi halok boʻldi, yana 13 kishi shifoxonada qolmoqda

Jizzaxda yuk mashinasi va mikroavtobus toʻqnashuvi oqibatida 3 kishi halok boʻldi, yana 13 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Viloyat YHXB hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi, biroq axborotda fuqarolar oʻlimi bilan bogʻliq hech qanday gap aytilmagan.Bildirilishicha, voqea joriy yilning 18-mart kuni Jizzax shahri 'Nurliobod' mahallasi hududidan oʻtuvchi xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan A-376 'Qoʻqon-Jizzax' avtomobil yoʻlining 151-kilometrida sodir boʻlgan. Harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi o

14 Apr 06:18
 
37
0
xs.uz

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan oila Oʻzbekistonga qaytarildi

Rossiyaning Novosibirsk viloyatida ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan voyaga yetmagan bola va uning ota-onasi Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi voyaga yetmagan bolaning zarur hujjatlarini rasmiylashtirish va taqdim etish bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarda yordamlashgan. Shuningdek, u Novosibirsk aeroportida ota-onasiga topshirilgan.Ushbu oila joriy yilning 9-aprel kuni Rossiyaning S7 aviakompani