Oʻzbekistonda elektr energiyasini qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali ham olish boshlanadi

Qarorlarga koʻra, Toshkent shahri va Andijon, Namangan, Fargʻona, Toshkent, Qashqadaryo hamda Samarqand viloyatlarida ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarni qayta ishlash sohasiga zamonaviy yechimlar va texnologiyalarni joriy etish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish koʻzda tutilgan.
Loyihalar doirasida sohaga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jalb etilib, chiqindilarni qayta ishlash natijasida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi 'Oʻzenergosotish' aksiyadorlik jamiyatiga 30-yil davomida kafolatlangan tarzda sotilishi belgilandi.
Elektr energiyasini sotib olish va chiqindilarni yetkazib berish toʻgʻrisidagi bitimlar loyiha kompaniyalari bilan tuziladi. Bu esa chiqindilarni qayta ishlashni iqtisodiy jihatdan manfaatli va uzoq muddatli tarzda amalga oshirish imkonini beradi.
Qarorlarga muvofiq, investor va loyiha kompaniyalari 2025'2027-yillar davomida belgilangan hududlarda quyidagi ishlab chiqarish quvvatiga ega uskunalarni ishga tushirishni taʼminlaydi. Toshkent viloyatida kuniga 2,5 ming tonna chiqindilarni termik usulda qayta ishlash orqali 390 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Andijon, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida har biri kuniga 1,5 ming tonna chiqindilarni qayta ishlab, 240 million kilovatt-soat elektr energiyasi olish koʻzda tutilgan. Shuningdek, Namangan va Fargʻona viloyatlarida ham kuniga 1,5 ming tonna chiqindi termik usulda qayta ishlanib, har biri 227,5 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Mazkur loyihalar nafaqat qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirishga, balki atrof-muhit muhofazasi, chiqindilarning zararsizlantirilishi va yangi ish oʻrinlarining yaratilishiga ham xizmat qiladi. Bu esa Oʻzbekistonda barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda muhim qadam sanaladi.
31-may kuni harorat 37 darajagacha isiydi
'Oʻzgidromet' 31-may kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 28-30 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi,'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat
Bundan buyon tuman MMTB rahbarlari sohaga bogʻliq boʻlmagan yigʻilishlarga jalb qilinmaydi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan videoselektor yigʻilishida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish uchun 900 ga yaqin teatr, madaniyat markazlari va konsert zallari, hududlarda 1,5 mingga yaqin sport maydonchalari, 200 ta oromgoh, 2 mingdan ortiq turizm obyektlari imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish zarurligi taʼkidlandi.Mutasaddilarga joylardagi amfiteatr va sayilgohlarda har kuni konsert va musiqa kechalari oʻtkazish, madaniyat va istirohat bogʻlarida sanʼat ko
Andijonda sifatsiz benzinni savdoga chiqargan “zapravka” aniqlandi
Andijonda sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan 'zapravka' aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi maʼlum qildi.Unga koʻra, inspeksiyaning viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Jalaquduq tumanida joylashgan 'B.K.' MCHJga qarashli AYOQSH tomonidan sotilayotgan AI-92 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifats
Eron va Isroil rasmiylari bayonot berishdi
'Sionistik rejim (Isroil) oʻz jinoyati oqibatlaridan omon qolmaydi. Eron xalqi bizning javobimiz toʻliq boʻlishiga amin boʻlishi kerak', ' degan Xomanaiy.Shuningdek, Isroil Mudofaa vaziri Israel Katz ham bayonot berib, 'Eron qizil chiziqni kesib oʻtdi' deya taʼkidladi.'Eron Isroildagi tinch aholi punktlariga raketa zarbalarini berishga jurʼat etganda qizil chiziqlarni kesib oʻtdi. Biz Isroil fuqarolarini himoya qilishda davom etamiz va Oyatulloh rejimi oʻzining jinoiy harakatlari uchun