Rasman: Boks Los-Anjeles-2028 Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritildi

Qayd etilishicha, bellashuvlar 'World Boxing' tashkiloti tomonidan oʻtkaziladi.
Ushbu qaror qabul qilinguniga qadar boks Olimpiya oʻyinlari musobaqalari roʻyxatidan chiqarilgan edi. Bunga Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi (XOQ) va Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) atrofida yuzaga kelgan muammolar sabab boʻldi. Mazkur tashkilotlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklar 2019-yilda ' IBAʼning oldingi rahbarligida, federatsiya boshqaruv, moliya va hakamlik bilan bogʻliq qiyinchiliklarga duch kelganida paydo boʻlgan.
2020-yilda IBAʼga rossiyalik Umar Kremlyov yangi rahbar sifatida saylandi. Ammo XOQ tashkilotga qayta ishonch bildirmadi va 2024-yilning iyun oyida IBAʼni tan olingan federatsiyalar roʻyxatidan rasman chiqarib tashladi. Qaror Lozannadagi Sport arbitraj sudi tomonidan XOQning Parijdagi sessiyasida qabul qilindi va u bir ovozdan maʼqullandi.
XOQ va IBA oʻrtasidagi soʻnggi mojaro Rossiya va Belarus sportchilari federatsiyasi shafeligida oʻz mamlakatlari bayroqlari ostida musobaqalarda qatnashishi bilan bogʻliq vaziyatda yuzaga keldi. Bu XOQ tavsiyalariga mos kelmaydi.
Oqibatda, oqibatda oʻtgan yilning may oyida XOQ IBAʼga aʼzo federatsiyalar sportchilarini 2028-yilgi Olimpiada oʻyinlarida qatnashishni taqiqladi. Shunga qaramay, Parij-2024 Olimpiadasida boks musobaqalari XOQning maxsus ishchi guruhi nazorati ostida oʻtkazildi.
2023-yilning 13-aprel kuni 'World Boxing' tashkilotiga asos solindi va u IBAʼga muqobil sifatida katta sahnaga chiqdi. Tuzilma boksni Olimpiya harakatida saqlab qolish maqsadida tashkil etilgan. Shu kundan boshlab 'World Boxing' rasmiylari Olimpiya oʻyinlarida oʻz boks delegatsiyalari ishtirokini taʼminlash istagida boʻlgan davlatlarga tashkilotga aʼzo boʻlish taklifini yubora boshladi.
Aprel oyining oʻzida Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Filippin, Shvetsiya va Qoʻshma Shtatlar vakillari yangi xalqaro federatsiya ' 'World Boxing' tashkil etilganini rasman eʼlon qildi hamda 'boshqaruv va halollik' bilan bogʻliq muammolar tufayli IBA aʼzoligidan chiqishini bildirdi.
Mazkur tashkilotga aʼzo boʻlgan milliy federatsiyalar soni 44 taga yetgan'bir vaqtda'qoʻshni Qozogʻiston Boks federatsiyasi IBA aʼzoligidan chiqishi va uning muqobili sifatida koʻrilayotgan 'World Boxing'ga qoʻshilish istagida ekanini'maʼlum qildi.
Voqealar fonida yangi federatsiya prezidenti Boris van der Vorst Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasiga (MOQ)'tashrif buyurdi. 2024-yilning 7-oktyabridagi tashrif doirasida boksning Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlari dasturida saqlab qolinishi muhokama etildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston tomonidan Sport vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi, Qoʻmita raisi oʻrinbosari, mamlakat boks federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Saken Poʻlatov hamda MOQ raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov ishtirok etdi va ular boksning yozgi Olimpiyada dasturida saqlanib qolishi tarafdori ekanini bildirdi.
Oradan qariyb bir oy oʻtgach esa Oʻzbekiston boks federatsiyasi IBAʼni rasman tark etib, yangi tuzilgan 'World Boxing' tashkilotiga aʼzo boʻldi. Bu haqida tashkilot rasmiy saytida'maʼlum qilindi. Federatsiya matbuot xizmati Oʻzbekistondan tashqari Qozogʻiston, Gvatemala hamda Laos yangi aʼzo sifatida qabul qilingani haqida yozdi.
'Oʻzbekiston va Qozogʻiston kabi yetakchilarning qoʻshilishi xalqaro tashkilotning Osiyodagi oʻrnini sezilarli darajada oshirdi', deyiladi tashkilot xabarida.
Garchi 'World Boxing' tashkiloti a'zoligini qabul qilgan bo'lsa ham, o'zbekistonlik bokschilar IBA turnirlarida qatnashishda davom etmoqda.
Maʼlumot uchun, 2025-yil 20-mart holatiga'koʻra, Xalqaro boks federatsiyasining aʼzolari soni 80 dan oshgan.
Muhsinjon Umurzoqov / 'Xalq soʻzi'
Talabalar o‘rtasida shaxmat musobaqasi o‘tkaziladi
Musobaqaning mukofot jamg'armasi quyidagicha:1-o'rin ' 20 million so'm;2-o'rin ' 15 million so'm;3-o'rin ' 10 million so'm.Musobaqa g'oliblari avgust oyida Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti tomonidan taqdirlanadi va xalqaro shaxmat universiadasida qatnashish huquqini oladi.
ARQONDA SAKRASH HAM OZDIRADI
Arqonda sakrash salomatligimiz uchun qanchalar foydali ekanini bilasizmi? Oddiy shu mashq yordamida ozish mumkinligini-chi?Ushbu jismoniy faollik har qanday kardiomashg‘ulotlarga qaraganda ko‘proq kaloriya yo‘qotishga yordam beradi. Shuningdek, yog‘ni eritadi, mushaklarni kuchaytiradi, chidamlilikni oshiradi. To‘g‘ri texnika bilan mashq bajarilsa, sezilarli darajada vazn yo‘qotishning imkoni bor.Xo‘sh, vazn yo‘qotish uchun arqon bilan qanday va qancha sakrash kerak? Avvalo, u
Osiyo chempionatida kurashadigan dzyudochilarimiz tarkibi aniq bo‘ldi
Qit'amizning 30 ga yaqin mamlakatidan tashrif buyuradigan sportchilari orasida O'zbekiston terma jamoasi vakillari ham medallar uchun kurash olib borishadi.Dasturga ko'ra, 25 ' 27-aprel kunlari yakkalik, 28-aprel sanasida esa aralash jamoaviy yo'nalishda g'oliblar aniqlanadi. Terma jamoamizning tarkibi esa quyidagicha:Erkaklar: -60 kg: Bahrom Boturov -66 kg: Zamaxshari Bekmurodov -73 kg: Shahram Ahadov -73 kg: Mardon Ravshanov -81 kg: Arslonbek Tojiyev -90 kg: Shahzodxo'ja Sharipov -90 kg: Nurbe
“Noodatiy faktlar, fikrlar hamda remontadaga ishonch”: Real Madrid 61-yillik sovuq anʼanasiga nuqta qoʻya oladimi?
Kecha tunda Yevropa Chempionlar ligasining dastlabki yarim finalchilari nomi maʼlum boʻldi. Kataloniyaning 'Barselona' klubi safarda Dortmundning 'Borussiya' klubiga qarshi saf tortdi. Qiyin kechgan uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobida gʻalaba qozongan boʻlsada, ikki oʻyin natijasiga koʻra 3:5 hisobida Ispaniya klubi turnirning yarim final bosqichiga yoʻl oldi. Hansi Flik shogirdlari joriy yil boshidan buyon ilk magʻlubiyatini qabul qilib olishdi. Shu tariqa Kataloniya klubining 24 oʻyinl