calendar 20 Mar 12:50
eye 28
comments 0
comments Manba: postda.uz

BIZ SEN BILAN FAXRLANAMIZ

image

Sportga qadam qo‘ygan har bir yosh yigit-qizning bir orzusi bor: u ham bo‘lsa chempion bo‘lish, jahon arenalarida vatanimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarish.

Azizbek orzusiga yetishish uchun tinmay harakat qilmoqda. Bugungi kunda Ichki ishlar vazirligining 1-sonli Toshkent akademik litseyning 2-bosqichda tahsil olayotgan Azizbek Bahodirov 2–6-oktabr kunlari Toshkent shahrida sportning muay-tay turi bo‘yicha «O‘zbekiston kubogi» uchun kurashilgan musobaqada 67 kg vazn toifasida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Azizbek Bahodirov 2007-yilning 14-may kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. U yoshligidan muay-tay sport to‘garagiga muntazam qatnashib kelmoqda. Osiyo chempioni.

Azizbek ayni damda litseyda qunt bilan bilim olish bilan birga tajribali murabbiylari ko‘magida sportda, o‘qishida oliy o‘quv yurtiga kirish uchun tinmay harakat qilmoqda.

Uning orzulari bisyor. Kelajakda jahon chempionatida oltin medalga ega bo‘lish, shuningdek, IIV Akademiyasida o‘qishni davom ettirish.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, litsey o‘quvchilari orasida yosh iqtidorli sportchilar safi yil sayin kengayib bormoqda. Tomirida buyuk ajdodlar qoni jo‘sh urayotgan Azizbek kabi sportga ixlosmand dovyurak yoshlari­mizning bundanda yuksak marralarni egallashi­ga, albatta, ishonamiz.

 

Madina QAHHOROVA,

o‘z muxbirimiz.

Toshkent shahri.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
25
0
xs.uz

Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas

22 Mar 08:55
 
48
0
xs.uz

“U har doim 18 yoshda qoladi” — “Bavariya”ning sobiq futbolchisi jarohatidan soʻng vafot etdi

Germaniyaning 'Bavariya' klubining sobiq yosh futbolchisi Go Szyasyuan fevral oyida boshidan olgan jarohati oqibatida 18 yoshida hayotdan koʻz yumdi.'Biz futbolni yaxshi koʻradigan bolamizni yoʻqotdik', deya xabar taqatdi ayni paytdagi uning jamoasi 'Beijing Guoan' futbol klubi.Futbolchi shu yilning 6-fevral kuni Ispaniyada 'RC Alkobendas'ga qarshi mashgʻulot oʻyini vaqtida jarohat olgan edi. Bir epizodda raqib uning boshiga tizzasi bilan urgan, shundan soʻng Szyasyuan hushini yoʻqotgan.

18 Apr 11:08
 
113
0
xs.uz

Talabalar o‘rtasida shaxmat musobaqasi o‘tkaziladi

Musobaqaning mukofot jamg'armasi quyidagicha:1-o'rin ' 20 million so'm;2-o'rin ' 15 million so'm;3-o'rin ' 10 million so'm.Musobaqa g'oliblari avgust oyida Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti tomonidan taqdirlanadi va xalqaro shaxmat universiadasida qatnashish huquqini oladi.

06 Mar 16:13
 
75
0
xs.uz

Dzyudochilarimiz 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo`lga kiritishdi

Poytaxtimiz mezbonligida oʻtayotgan dzyudo boʻyicha 'Katta Dubulgʻa' turnirining ikkinchi kun ortda qoldi. Bugun dzyudochilarimiz 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo`lga kiritishdi. Kumush medal:-81 kg: Arslon Tojiyev-70 kg: Xurshida RazzoqberdiyevaBronza medal: -73 kg: Shahram AhadovFoto: Xasan Paydoyev / 'Xalq so'zi'