Arqonda sakrash salomatligimiz uchun qanchalar foydali ekanini bilasizmi? Oddiy shu mashq yordamida ozish mumkinligini-chi?
Ushbu jismoniy faollik har qanday kardiomashg‘ulotlarga qaraganda ko‘proq kaloriya yo‘qotishga yordam beradi. Shuningdek, yog‘ni eritadi, mushaklarni kuchaytiradi, chidamlilikni oshiradi. To‘g‘ri texnika bilan mashq bajarilsa, sezilarli darajada vazn yo‘qotishning imkoni bor.
Xo‘sh, vazn yo‘qotish uchun arqon bilan qanday va qancha sakrash kerak? Avvalo, unutmangki, hech qanday jismoniy mashqlar parhezga rioya qilmasdan turib qorindagi yog‘lardan xalos bo‘lishga yordam bermaydi. Demak, ozish uchun har kuni mashq qilishingiz lozim. Birinchi marta mashg‘ulot 1–2 daqiqadan oshmasligi kerak. Har 3–4 kunda ikki daqiqadan qo‘shing. Tezlikni kuzatish muhim, dastlab u minimal bo‘lsin. Shu tarzda mashq qilish orqali siz nafaqat vazn yo‘qotasiz, balki tananing barcha mushaklarining uyg‘unligini oshirasiz, oyoqlar, boldirlarni mustahkamlaysiz, holatni muvofiqlashtirishni, muvozanat hissini, chaqqonlikni yaxshilaysiz. E’tibor beringki, ovqatlanishdan oldin yoki ovqatdan ikki soatdan keyin mashq bilan shug‘ullanish maqsadga muvofiq.
Agar siz ko‘pincha o‘tirib ishlaydigan bo‘lsangiz yoki aksincha, doimiy og‘ir narsani ko‘tarish tufayli belingiz tez-tez og‘riydigan bo‘lsa, bu holatda ham arqonda sakrash mashqi qo‘l keladi. Chunki bu jarayonda umurtqa pog‘onasi cho‘ziladi. Natijada skolioz muammosi xavfi kamayadi.
Shu bilan birga, arqonda sakrash mashqi yurak faoliyatini yaxshilaydi, organizmda yig‘ilib qolgan tuzlarni haydashga yordam beradi. Yana bir muhim jihati – stressga qarshi kurashishda eng samarali vositalardan biri hisoblanadi, asab tizimiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatib, kayfiyatni yaxshilaydi.
Ushbu mashg‘ulot ozish uchun ham, salomatlik uchun ham foydali bo‘lsa-da, mumkin bo‘lmagan holatlar ham bor. Xususan, tomirlar varikozi, haddan tashqari semizlik, tromboflebit, tizza, oyoq, chanoq sohasi jarohatlari, yurak kasalliklari, gipertoniya va yallig‘lanish kasalligi bo‘lganlar uchun arqonda sakrash mashqi holatni og‘irlashtiradi.
Shuningdek, 50 yoshdan oshganlar mutaxassis tavsiyasisiz mazkur mashqni bajarishi tavsiya etilmaydi.
Adolat FAYZIYEVA tayyorladi.
CHEMPIONATDA VAKILLARIMIZ MUNOSIB O‘RIN OLISHDI
Buxoroda o‘tkazilgan sportning sambo va jangovar sambo turlari bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ham munosib ishtirok etishdi. 21 ta vazn toifasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardan tashrif buyurgan 365 nafar sportchilar orasida Buxoro viloyati IIB TVBSO xodimlari quyidagi natijalarni qo‘lga kiritishdi. Jumladan, sportning sambo turida 88 kg vazn toifasida serjant Xudoyor Ibroimo
“U har doim 18 yoshda qoladi” — “Bavariya”ning sobiq futbolchisi jarohatidan soʻng vafot etdi
Germaniyaning 'Bavariya' klubining sobiq yosh futbolchisi Go Szyasyuan fevral oyida boshidan olgan jarohati oqibatida 18 yoshida hayotdan koʻz yumdi.'Biz futbolni yaxshi koʻradigan bolamizni yoʻqotdik', deya xabar taqatdi ayni paytdagi uning jamoasi 'Beijing Guoan' futbol klubi.Futbolchi shu yilning 6-fevral kuni Ispaniyada 'RC Alkobendas'ga qarshi mashgʻulot oʻyini vaqtida jarohat olgan edi. Bir epizodda raqib uning boshiga tizzasi bilan urgan, shundan soʻng Szyasyuan hushini yoʻqotgan.
Murodjon Ahmadaliyevning Naoya Inoue bilan jangi qaysi sanada oʻtkazilishi maʼlum qilindi
Ikkinchi eng yengil vazn toifasida WBA Interim chempioni boʻlib turgan Murodjon Ahmadaliyev vaznning mutlaq chempioni Naoya Inouega qarshi ringga koʻtariladi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi rasmiy Telegram kanali.Unga koʻra, ushbu jang tashkil qilinishi uchun 4-may tongida Las-Vegasda boʻlib oʻtadigan boks oqshomida Inoue amerikalik Ramon Kardenasni, Ahmadaliyev esa hozircha nomaʼlum boʻlgan raqibi ustidan gʻalaba qozonishlari talab qilinadi.'Naoya Inoue
G'OLIBLAR TAQDIRLANDI
Yaqinda IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli Toshkent viloyatida joylashgan 7535-harbiy qismda sportning kurash turi bo'yicha qo'mondon kubogi musobaqasi o'tkazildi. Qizg'in bahslar davomida raqiblaridan o'z tajribasi va mahoratining ustunligi bilan ajralib turgan poytaxtimizdagi 7534-harbiy qism jamoasi 3 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo'lga kiritib, kubok sohibiga aylanishdi. Keyingi pog'onalarni esa, qo'shinlarga qarashli 7531 va 7535-harbiy qism sportchilari zabt etishdi.G'oliblar