ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR – HARBIY MAHORAT SOHIBI

Milliy davlatchiligimiz vujudga kelishi va taraqqiy topgan davrlarda harbiy sohada erishilgan yutuqlar shon-shuhratini tarixiy dalillar asosida zamondoshlar ongi, xotirasida mustahkamlash va imkon qadar keng ommaga, ayniqsa, yosh-avlodga yetkazish, ularning dunyoqarashlari, qalblarida milliy qadriyatlar ruhi, millat tamadduniga daxldorlik, ona Vatanga mehr va sadoqat, adolat tuyg‘usini har tomonlama kuchaytirish, buyuk sarkardalarimiz meros qilib qoldirgan boy jang san’ati sirlarini o‘rganish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-noyabrdagi “Harbiy tarixni o‘rganish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori qabul qilindi. Sohibqiron Amir Temurning beshinchi avlodi Zahiriddin Muhammad Bobur ayni shunday buyuk sarkardalardan edi.
Zahiriddin Boburning (1483-1530) 47 yillik umri davomida tarix va adabiyotda ulkan iz qoldirgan. Sarkardaning qirralari shunchalar ko‘pki, ularni bugungi avlodga yetkazish o‘tmishdagi qadriyatlarimizni tiklash, undan bahramand bo‘lish, yoshlarda yuksak vatanparvarlik ruhiyatini tarbiyalash kabi dolzarb masalalarda alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa, uning harbiy san’ati va sarkardalik mahorati jahon tarixida muhim o‘rin tutadi.
Bobur degan nom “yo‘lbars” yoki “sher” degan ma’noni anglatib, jangdagi jasorati uchun berilgan edi. U harbiy jasorat va zehnga ega iqtidorli harbiy rahbar edi. O‘z davrining buyuk sarkardasi sifatida o‘zini ko‘rsatib, turli janglarda o‘zining harbiy salohiyati va strategik tafakkuri bilan dushmanlariga ustun kelgan. U nafaqat jang maydonlarida g‘alabaga erishgan, balki o‘z qo‘shinlarini boshqarishda ham ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgan. Uning harbiy mahorati turli omillar orqali namoyon bo‘lgan, ularni batafsil tahlil qilib chiqamiz.
Harbiy qo‘shin boshqaruvi va muvaffaqiyati
Bobur hayotining asosiy qismini janglar va yurishlarda o‘tkazdi. U dastlab Farg‘ona vodiysida kichik bir hududga egalik qilgan bo‘lsa-da, kuchli raqobatchilarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borib, Samarqandni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Garchi bir necha bor mag‘lubiyatga uchrasa ham, Bobur o‘zining qatʼiyati, taktik mahorati va qo‘shinlarini boshqarish borasidagi salohiyati bilan Hindiston zaminida buyuk imperiya barpo etdi. Hindistonga yurish chog‘ida qo‘shinni doimo jangovar shayligini yuqori darajada ushlab turgan. Urush oralig‘ida kurashchilar musobaqasini o‘tkazgan, hatto bu sport tadbiri yanada jonli o‘tishini istab, o‘zi ta’kidlaganidek, “xilofi qoida” “avval zo‘rroqlarni” maydonga chorlagan.
Panipat jangida (1526) Bobur o‘zining eng katta harbiy muvaffaqiyatlaridan birini qo‘lga kiritdi. U o‘zining to‘plardan samarali foydalanish strategiyasi bilan hindistonlik sarkarda Ibrohim Lodiyning ko‘p sonli qo‘shinini tor-mor etdi. Bobur jang maydonini oldindan tayyorlab, turkcha “qarorgoh mudofaa tizimi”ni qo‘llagan. Bu tizim bo‘yicha to‘plar va aravalar qator-qator joylashtirilgan, jangchilar ular orasida hujumni boshqargan. Bu strategiya dushman qo‘shinlarini vahimaga solib, Bobur qo‘shiniga katta g‘alaba keltirdi. Panipat jangidan keyin Bobur Kanva jangida (1527) hindistonlik Rajput sarkardasi Rana Sangaga qarshi kurashdi. Bu jangda Bobur yana to‘plar va otliq qo‘shinlardan foydalanib, Rajputlar jangovar ruhini susaytirib, ularni mag‘lub qildi. Ushbu jang uning Hindiston shimolidagi hukmronligini mustahkamladi.
Jang taktikalar
Bobur janglarda o‘zining noyob va zamonaviy usullaridan foydalangan. U Markaziy Osiyoda o‘rgangan va fors jang taktikalarini hind sharoitiga moslashtira olgan. Quyida Bobur qo‘llagan baʼzi asosiy usullar keltiriladi:
Tulpor taktikasi – Ushbu usul dushmanni chalg‘itish va tezkorlik bilan zarba berishga asoslangan. Bu taktika, ayniqsa, qattiq qarshilik ko‘rsatgan dushmanlarga qarshi muvaffaqiyatli bo‘lgan.
To‘plardan samarali foydalanish – Hindiston zaminida jangda to‘plardan keng foydalanish yangilik edi. Bobur ushbu qurolni samarali boshqarib, dushman qo‘shinlarini cho‘chitib, ularning harakatini izdan chiqarishga muvaffaq bo‘lgan.
Aravalar mudofaasi – Aravalardan qalqon sifatida foydalanish orqali dushman hujumlarini qaytarish va himoyalangan holda qarshi hujum qilish imkonini yaratgan.
Qo‘shin tarkibi va tashkil etilishi
Bobur qo‘shini o‘zining intizom va tashkilotchiligi bilan ajralib turgan. Harbiy qo‘shin harbiy malakani aniqlash va takomillashtirish maqsadida har yili ko‘rikdan o‘tkazilgan. U qo‘shinini quyidagi asosiy bo‘linmalarga ajratgan:
Suvoriylar (otliq askarlar) – Jangda eng asosiy harbiy kuch bo‘lib, ularning harakati va tezkorligi dushman safini buzishda muhim ahamiyatga ega edi.
Piyoda askarlar – Suvoriylarga yordam sifatida jangga kirgan piyodalar dushmanni to‘xtatish va asosiy hujumni qo‘llab-quvvatlagan.
Jangchi fillar – Hindistonning o‘ziga xos harbiy anʼanalaridan foydalanib, fillarni jang maydonida strategik joylarda ishlatgan.
To‘pchilar va o‘qchilar – Bobur qo‘shini qurol-yarog‘ bilan yaxshi taʼminlangan bo‘lib, bu ularga zamonaviy jang usullaridan foydalanish imkonini bergan.
Dengiz va daryo floti – Hind daryolari va qirg‘oq hududlarida jang qilish uchun maxsus floti tashkil qilingan.
Bobur janglarda faqatgina qo‘shinlarni boshqaribgina qolmay, jang maydonida shaxsan ishtirok etgan. Uning jasorati va qo‘rqmasligi askarlar uchun ulkan ruhiy madad bo‘lgan. U qattiq vaziyatlarda tezkor va samarali qarorlar qabul qila olgan, bu esa uning qo‘shinlariga ishonch bag‘ishlagan.
Bobur o‘zining harbiy muvaffaqiyatlari bilan Hindistonda o‘z saltanatini qurdi va uning asoschisi sifatida tarixda muhim o‘rin egalladi.
Angliyalik yozuvchi Rumer Goden: “Bobur bunyod etgan davlat garchi bobolariniki singari bepoyon mintaqalarga yoyilmagan bo‘lsa-da, u o‘z saltanatining sultoni, buyuk imperatori darajasiga ko‘tarildi. O‘z mulkida boshqaruv tizimini mahkam tutib, uni mohirlik bilan idora qildi. Bu o‘lkani 332 yil davomida mahorat bilan boshqargan buyuk sulolaga asos soldi” deb ta’rif bergan edi.
Uning jang taktikalari va usullari nafaqat Boburiylar saltanati davrida, balki keyingi asrlarda ham ahamiyatini yo‘qotmagan. Uning “Boburnoma” asarida harbiy yurishlar va janglar tafsilotlari aks etgani esa tarixchilar uchun noyob manba bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bugun bizning oldimizda harbiy sifatida Zahiriddin Muhammad Bobur shaxsiy sifatlaridan o‘rnak olish turgan bo‘lsa, tarixchi sifatida uning merosini chuqur tadqiq etish, filolog sifatida esa olib borilayotgan tadqiqotlarni jahonda eng ommalashgan xorijiy tillarga tarjima qilib, tanitish dolzarb bo‘lib turibdi.
Valisher ABIROV
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
katta o‘qituvchisi, PhD
Shaxzoda BEKPO‘LATOVA
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
talabasi
БОРИ ЭЛГА ЯХШИЛИҒ ҚИЛҒИЛКИ, мундин яхши йўқ
Бир қўшиқ тарихиЎзбекистонда хизмат кўрсатган санъат арбоби, таниқли режиссёр Мақсуд Юнусов ўзи суратга олаётган «Бобур» видеофильми учун қўшиқ ижро этадиган хонанда излаб юрган кезлари. Бир куни танишларидан бири унга: «Бугун Олтиариқдан «Ёшлар куйлаганда» концерт да
“Baxtim shul – o‘zbekning Zulfiyasiman”
Bugun O'zbekiston Milliy kino san'ati saroyida O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi 'Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi' DUK tomonidan Toshkent tibbiyot akademiyasi bilan hamkorlikda 'Xalq yuragi' turkum doirasida suratga olingan 'Baxtim shul ' o'zbekning Zulfiyasiman' hujjatli filmining namoyishi bo'lib o'tdi.Namoyishda Kinematografiya agentligi vakillari, talaba-yoshlar, kinoijodkorlar hamda kino ixlosmandlari ishtirok etishdi. Mazkur filmni
"Bobur – umumarmiya yoshlari nigohida"
O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi arafasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Namangan viloyati kengashi tashabbusi bilan, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida yosh ichki ishlar xodimlari va IIV Namangan akademik litseyi o‘quvchilarining ma'naviy-ma'rifiy bilim va salohiyatini oshirish maqsadida "Bobur – umumarmiya yoshlari nig
АҲДИДАН ҚАЙТМАГАН «НОРТОЙ»
Ўзбекистонда биринчи фильм 1897 йил «Эски жўва» майдонида кўрсатилган. 1936 йилдан «Ўзбекфильм» киностудиясининг ташкил топиши ўзбек кино санъати ривожини бошлаб берди. Ўзбек халқи орасидан театр ва кино санъатига ихлосманд ёшлар етишиб чиқа бошлади. Ана шундай ижодкорлард