calendar 09 Mar 06:34
eye 64
comments 0
comments Manba: xs.uz

Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq direktori Trampni Ukrainaga shantaj qilishda aybladi

image
Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq direktori Jon Brennan AQSHning Ukrainaga yordamini toʻxtatib qoʻyganini izohlar ekan, Amerika yetakchisi Donald Trampni Kiyevga shantaj qilishda aybladi va kelajakda bu choralar saqlanib qolsa, respublika halokatli oqibatlarga duch kelishini aytdi.

Uning taʼkidlashicha, bu 'mutlaqo misli koʻrilmagan' qadam Kiyev uchun 'halokatli oqibatlarga' olib kelishi mumkin.

'Deyarli 35-yillik tajribamda bunaqasini koʻrmaganman... Oʻylaymanki, agar bu uzoq vaqt davom etsa, bu jang maydonida halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin', ' deydi Brennan.

Uning soʻzlariga koʻra, Tramp oʻz talablarini qondirish uchun yordam berishdan 'bosim taktikasi' sifatida foydalanmoqda.

Shu yilning 4-mart kuni Oq uy Ukrainaga harbiy yordam berish toʻxtatilganini rasman tasdiqladi. Bu qaror joriy yilning 28-fevral kuni Oq uyning Oval kabinetida Tramp va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy oʻrtasidagi 'totishuv'dan keyin qabul qilindi. Kiyev Rossiya bilan tinchlik muzokaralariga tayyorligini namoyish qilmaguncha, AQSH Ukrainaga yordam berishi kutilmaydi.

Bundan tashqari, AQSH Ukraina bilan razvedka maʼlumotlarini almashishni toʻxtatdi. Vashingtonning talabi bilan inglizlar ham Kiyevga maʼlumot berishni toʻxtatdilar.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
16
0
xs.uz

Gʻazoda 300 mingdan ortiq falastinliklar surunkali kasallikdan aziyat chekmoqda

Gʻazodagi 300 mingdan ortiq falastinliklar turli surunkali kasalliklardan aziyat chekmoqda, deb xabar berdi 'Al Jazeera' nashri.Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gʻazodagi ekspertlari va tibbiyot xodimlari hamda xayriya tashkilotlari uzoq vaqtdan buyon Isroil kuchlarini Gʻazodagi tibbiyot xodimlari va tibbiyot muassasalarini qasddan nishonga olganlikda ayblab keladi.Ekspertlarning fikricha, Isroil kuchlarining bunday harakatlari Falastin aholisi uchun yashash sharoitlarini yaroqsiz qilishga

15 Apr 07:06
 
70
0
xs.uz

“Bir necha soniyaga kech qolganimizda biz ham oʻlgan boʻlardik”: Isroil Gʻazodagi xonadon hamda kasalxonani bombardimon qildi

Isroil harbiylari Xon-Yunis shahridagi xonadonni bombardimon qilishi oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻldi. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Maʼlumotlariga koʻra, mazkur hujum oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻlgan hamda bir necha kishi turli darajadagi tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Guvohlarning taʼkidlashicha, Isroil askarlari asosan hududdagi turar-joy binolarini yoʻq qilishga harakat qilgan.Shuningdek, 13-aprel, yakshanba kuni Isroil harbiylari

04 Jun 02:45
 
105
0
xs.uz

Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi navbatda muzokaralar boʻlib oʻtdi. Tomonlar qanday kelishuvga erishdi?

Turkiyaning Istanbul shahrida Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtdi. Muloqot Moskva vaqti bilan taxminan soat 15:20 da yakunlandi va taxminan bir soat davom etdi. Muzokaralar boshlanishidan oldin tomonlar anʼanaviy qoʻl siqishdan bosh tortishgan. Ukraina delegatsiyasi aʼzolari harbiy formada, Rossiya vakillari esa klassik liboslarda boʻlgan. Avvalgi turda boʻlgani kabi muzokaralarning yopiq qismidan oldin Turkiya Tashqi ishlar vazir

17 May 21:47
 
43
0
xs.uz

Putin Istanbulga kelmaydi. Muzokaralar haqida nima maʼlum?

Bugun, 15-may kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasida 2022-yildan buyon ilk marta toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Istanbuldagi muzokaralarda ishtirok etishini rad etdi. Rossiya prezidenti tomonidan tasdiqlangan delegatsiyaga uning yordamchisi Vladimir Medinskiy boshchilik qiladi.Muzokaralar Turkiya iltimosiga koʻra kunning ikkinchi yarmiga qoldirilgan. Avvaliga Vladimir Zelenskiy Anqarada Rejep T