Quchoqlashish, suratga tushish... Yevropa Ittifoqi davlatlari favqulodda sammitda Zelenskiyga nimalarni vaʼda qildi?

Yevropa davlatlari yaqin kelajakda Ukraina mavqeini mustahkamlash boʻyicha hech qanday yangi majburiyatlar boʻyicha kelisha olmadi, deb hisoblaydi 'Politico'.
Nashrning yozishicha, Yevropa Ittifoqi yetakchilari 6-mart kuni boʻlib oʻtgan sammitda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga faqat 'quchoqlashish, suratga tushish, Ukrainani qurollantirishni davom ettirishga vaʼda berish'ni taklif qilgan.
'Albatta, ular Yevropa Ittifoqining mudofaa sektorini mustahkamlash boʻyicha rejalar tuzgan, biroq ' va bu, ehtimol, qisqa muddatda eng muhimi ' ular Ukrainaning yaqin kelajakdagi mavqeini mustahkamlash boʻyicha yangi majburiyatlar boʻyicha kelisha olmadi', ' deyiladi maqolada.
'Politico'ning yozishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati hozirda Zelenskiyga Rossiya bilan tezda tinchlik bitimini tuzish uchun bosimni kuchaytirmoqda. Ukraina, oʻz navbatida, AQSHdan harbiy yordam va razvedka maʼlumotlarini uzatishni toʻxtatish bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga harakat qilmoqda.
'Biz hozir Ukrainani har qachongidan ham koʻproq qoʻllab-quvvatlashimiz kerak', dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaja Kallas sammit boshlanishidan oldin.
Ammo oradan 10 soat oʻtib, Yevropa Ittifoqi yetakchilari asosiy eʼtiborni mudofaa sektorini mustahkamlashni muhokama qilishga qaratgani maʼlum boʻldi.
Vengriya yana qarshi
Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban yana bir bor Ukrainaga harbiy yordam oʻtkazishni davom ettirishga qarshi chiqdi. U yakuniy bayonotni imzolamadi. Natijada YI davlatlari yetakchilari oʻrtasida mojaro kelib chiqdi, uning davomida kimdir Orban imzosisiz bayonot berish va shu bilan birga Ukrainaning ittifoqqa kirishini qoʻllab-quvvatlashni taklif qildi, deb yozadi 'Kommersant'.
Ertasi kuni 'Kossuth' radiostansiyasida Orban Yevropa Ittifoqida Ukrainani qoʻllab-quvvatlash uchun shunchaki pul yoʻqligini tushuntirdi.
'Agar urush uch yildan beri davom etayotgan boʻlsayu, Rossiya gʻalaba qozonib, AQSH chetga chiqayotgan boʻlsa, qolgan mamlakatlarning imkoniyatlari qanday? 26 davlatning bu bayonotni qabul qilishiga hech qanday asos yoʻq edi. Agar ular urushni davom ettirishga qaror qilsalar, soʻnggi pullarimiz ham shunga sarflanadi', ' degan Orban.
Uning qoʻshimcha qilishicha, sammitda Yevropa davlatlari Ukraina armiyasiga homiylik qilmoqchi ekani maʼlum boʻldi. Orbanning soʻzlariga koʻra, Ukraina davlat sifatida ishlamaydi, shuning uchun ular buni ham moliyalashtirishga majbur boʻladi.
'Bizning armiyamiz kuchsiz, qurollarimiz yetarli emas, Yevropa esa kuchayishi kerak', deydi Orban.
Uning aniqlik kiritishicha, Yevropa Ittifoqining koʻplab aʼzolari ham Ukrainani ittifoqqa qabul qilish maqsadga muvofiqligi masalasini koʻtarmoqda, chunki bu qoʻshimcha xarajatlarni anglatadi. U Kiyevga harbiy yordamni davom ettirish uchun 'Yevropada, balki Amerikada ham pul yoʻq', deb ogohlantirdi.
Zelenskiyning roʻyxati
Zelenskiy ittifoqchilarga Ukrainaning shoshilinch ehtiyojlari roʻyxatini eʼlon qildi. U Yevropa davlatlarini Ukraina harbiylariga yordam berishga moʻljallangan moliyaviy vositalar ustida ishlashni tezlashtirishga chaqirdi. Zelenskiy, shuningdek, Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yangi paketini qabul qilishni va Ukrainaning 2030-yilgacha Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishi masalasini koʻrib chiqishni talab qildi.
'Politico' manbasining aytishicha, Kiyev uchun kelajakdagi qurol paketlari ustida ishlamoqchi (Yevropa Ittifoqi va Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlmagan) koalitsiya mavjud. Uning soʻzlariga koʻra, sammit oldidan Kallas kamida 20 milliard yevro topish uchun Yevropa davlatlarini birlashtirishga harakat qilgan, biroq bu reja bir ovozdan qoʻllab-quvvatlanmagan. Shunga qaramay, Zelenskiy Norvegiyadan harbiy yordamni 8 milliard yevrogacha oshirishga erishdi.
Yevropa Ittifoqi AQSHsiz muammoga duch kelmoqda
Sammitdagi eng muhim masala Yevropa Ittifoqi qandaydir tarzda AQSH harbiy yordami va razvedkasi oʻrnini bosa oladimi yoki yoʻqmi edi. 'Politico' nashrining xabar berishicha, Estoniya Bosh vaziri Kristen Mixal yopiq muhokamalar chogʻida toʻgʻridan-toʻgʻri savol bergan: 'Biz yolgʻiz harakat qila olamizmi?' Javob oʻlik sukunat boʻlgan.
YI 2025-yilda Kiyevga yana 30 milliard yevro kredit berishni rejalashtirmoqda, biroq AQSHning rad etishi ittifoqdoshlarining Ukrainani qoʻllab-quvvatlash qobiliyatida, ayniqsa razvedka maʼlumotlari boʻyicha boʻshliq qoldirmoqda. Busiz Ukraina raketa va dronlarni tutib olish qiyin kechadi, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari esa ichki muammolarga eʼtibor qaratgan va strategik razvedka salohiyatiga ega emas.
Qolaversa, AQSH bir necha bor NATO oldidagi majburiyatlarini qayta koʻrib chiqmoqchi boʻlgan, shuning uchun Yevropa davlatlari oʻz xavfsizligiga koʻproq eʼtibor qaratmoqda, bu sammit natijalarida ham oʻz aksini topdi. 'Politico' manbasining taʼkidlashicha, Yevropa yetakchilari koʻp vaqtlarini mudofaa xarajatlari ustida bahslashishga oʻtkazgan va 'Ukraina boʻyicha muzokaralar taxminan 15 daqiqada yakunlangan'.
Kanadada samolyot agʻdarilib ketdi
Kanadaning Toronto aeroportida 'Delta Air Lines' aviakompaniyasiga qarashli yoʻlovchi samolyoti agʻdarilib ketdi. Baxtsiz hodisa yuz bergan vaqtda havo kemasi bortida 80 kishi boʻlgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ulardan 18 nafari jarohatlangan va yoʻlovchilar evakuatsiya qilingan.CNN aviatsiya tahlilchisi va Milliy transport xavfsizligi Kengashining sobiq boshqaruvchi direktori Piter Goyelzning aytishicha, samolyot qoʻnish jarayonida kuchli zarbaga uchrab, agʻdarilgan. Shundan soʻng
Turkiyada fohishalikka majburlangan ikki oʻzbekistonlik qiz qutqarildi
Qayd etilishicha, Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Turkiya Respublikasi huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda tadbir oʻtkazilgan. Natijada bir necha fuqarolarning 'odam savdosi' qurboni boʻlishining oldi olingan.Dastlabki surishtiruvlarga koʻra, Olmaliq shahrida yashovchi ikki ayolga hozirda Turkiyada istiqomat qilayotgan 'Shahnoza' ismli tanishi qizlarini ushbu davlatga yuborishini, ularni oʻzi kutib olishini va y
Donald Trampning tashqi siyosat strategiyasi AQSH, Rossiya va Xitoyning kuchlar muvozanatiga asoslangan — “Wall Street Journal”
AQSH prezidenti Donald Trampning tashqi siyosat strategiyasi uchta buyuk davlat: AQSH, Rossiya va Xitoyning kuchlar muvozanatiga asoslangan yangi dunyo tartibini shakllantirishga olib keladi. Ushbu fikrlarni 'Wall Street Journal' sharhlovchisi Jerar Beyker ushbu nashrda chop etilgan maqolasida aytib oʻtdi.Muallifning qayd etishicha, AQSH global yetakchilik yukini juda uzoq vaqt davomida oʻz zimmasiga olganini va Amerikaning milliy manfaatlarini yanada torroq belgilash vaqti kelganini tan olmoq
Ingliz qoʻshinlari Ukrainaga joylashtirilishi mumkin – Daily Telegraph
Tramp maʼmuriyati Rossiya bilan urushni Yevropa ishtirokisiz hal qilishga harakat qilayotgan bir paytda, Yevropa davlatlari rahbarlari Fransiyada Ukraina boʻyicha favqulodda sammit oʻtkazmoqda.Trampning Putinga nisbatan pozitsiyasi va AQSH rasmiylarining Ukraina hamda NATO haqidagi bayonotlari Yevropada xavotir uygʻotgan. Koʻpchilik kelishuv Rossiyaga ustunlik beradi, deb hisoblamoqda.Yakshanba kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH va Rossiya oʻrtasida Ukraina boʻyicha qabul qil