Ronaldu braziliyalik afsonaviy futbolchilar ' Ronaldo Nazario va Ronaldinyoning oʻyinlaridan hayratlanganini bildirdi. 'Ular futbolda katta iz qoldirishgan. Men ulardan koʻra koʻproq individual sovrinlarni qoʻlga kiritgan boʻlishim mumkin, lekin ular Jahon chempioni boʻlishgan. Ularning oʻyinlarini tomosha qilib ulgʻayganman va ular mening kumirlarim. Kim yaxshiroq ekanligi muhim emas, eng muhimi ' ularning futbol tarixiga qoʻshgan hissasi', ' deydi Ronaldu.
Ronaldu zamonaviy futbolning eng buyuk oʻyinchilaridan biri sifatida tarixga kirgan boʻlsa-da, u ham bolaligida katta futbol yulduzlariga havas bilan qaraganini yashirmaydi. Uning taʼkidlashicha, braziliyalik afsonalar nafaqat oʻz avlodiga, balki keyingi avlod futbolchilariga ham katta ilhom baxsh etgan.
40 yoshli portugaliyalik futbolchi professional faoliyati davomida 925 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. U faoliyati davomida 'Sporting', 'Manchester Yunayted', 'Real Madrid', 'Yuventus' va 'An-Nassr' kabi jamoalarda toʻp tepdi va koʻplab yutuqlarga erishdi.
Akbar Jo‘rayev mutlaq Osiyo chempioni!
Olimpiada chempioni va sovrindori Akbar Jo'rayev yana bir bor yuksak mahorat ko'rsatib, barcha yo'nalishda eng yaxshi ko'rsatkichlarni qayd etdi (183, 223 va 406 kg) va 3 ta oltin medalni qo'lga kiritdi. Ushbu dasturda Jo'rayevdan keyingi natijani ko'rsatgan boshqa bir vakilimiz Sharofiddin Amriddinov (181, 214 va 295 kg) esa 3 ta kumush medal bilan taqdirlandi.Ushbu natijadan keyin terma jamoamiz hisobidagi medallar 3 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronzaga yetib, umumjamoa hisobida uchinchi o'r
Shaxsiy rekordini yangilagan hamyurtimiz
Gap shundaki, ayollar o'rtasida kechgan 400 metrga yugurish bahsida hamyurtimiz Jonbibi Hukmova bronza medaliga ega chiqdi. Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tgan sportchimiz finalda 52.79 soniya qayd etib, uchinchi bo'lib marraga yetib keldi.Qayd etish joiz, bu bilan J. Hukmova shaxsiy rekordini ham yangilashga erishdi.
“To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi g‘oliblari aniqlandi
4 ta shart bo'yicha bahs olib borgan 9 ta fakultet jamoalari orasida quyidagi natijalar qayd etildi:1-o'rin ' Ingliz filologiyasi fakultetining 'Zulfikor' jamoasi;2-o'rin ' Tarjimonlik fakultetining 'To'maris nafasi' jamoasi;3-o'rin ' Ingliz tili 2-fakultetining 'Jasorat elchilari' jamoasi.Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar bo'yicha ham g'oliblar taqdirlandi:'Eng ijodkor jamoa' ' Rus filologiyasi fakultetining 'Qalqon' jamoasi;'Eng hamjihat jamoa' ' Ingliz tili 1-fakultetining 'Turon zamin qizl
Luka Modrich oʻziga klub topdi
'Real Madrid' bilan shartnomasini yakunlagan xorvatiyalik yulduz Luka Modrich 'Milan'ga erkin agent sifatida oʻtishi mumkin. Italiya matbuotining xabar berishicha, Modrich bilan muzokaralar tez surʼatda davom etmoqda. Di Marzio maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi soatlarda futbolchi klubga ijobiy javob bergan.'Goal'ning yozishicha, 'Milan' Modrich bilan ogʻzaki kelishuvga erishgan va endilikda faqat rasmiylashtirish qolgan. Bu ham tez orada sodir boʻlishi kutilmoqda. 38 yoshli yarim himoyachi o