calendar 06 Mar 16:11
eye 55
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qalbaki aksiz markali alkogol va tamaki sotmoqchi boʻlgan fuqarolar qoʻlga tushdi

image
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani boʻlimi va Bojxona qoʻmitasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Unga koʻra, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro D.P. yashash xonadoniga hujjatlari boʻlmagan 7 turdagi umumiy bahosi 101,2 million soʻmlik 2 ming 600 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotish uchun olib kelgani aniqlangan hamda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Shu kabi yana bir holat, Departamentning Qoʻngʻirot, Muzrabot va Sherobod tumani boʻlimlari, IIV va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlandi.

Maʼlum boʻlishicha, fuqarolar A.X., X.A va 'T.O.' xususiy korxonasining savdo doʻkonlarida 1 ming 70 dona qalbaki aksiz markali alkogol va hujjatlari boʻlmagan 1 ming 622 dona tamaki mahsulotlari sotuvga qoʻyganligi aniqlangan.

Tezkor tadbir xodimlari tomonidan ushbu qonunbuzilish holatining oldi olingan hamda tamaki va alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.

'Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda', ' deyiladi Departament xabarida.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:07
 
38
0
xs.uz

Matematika olimpiadasida terma jamoamiz a’zolari 3 ta  medalni qo‘lga kiritdi

Olimpiadada 55 ta davlatdan 300 nafarga yaqin o'quvchi qizlar ishtirok etdi.Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi xabariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi qizlari ushbu olimpiadada ishtirok etib, 3 ta medalni qo'lga kiritdi.Jumladan, Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o'quvchisi Dildora Mahkamova ' kumush,Nukus shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o'quvchisi Malika Xojamuratova bronza,Buxoro viloyati, Qorako'l tumani ixtisoslashtirilgan m

14 Apr 06:18
 
46
0
xs.uz

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisiga oʻrinbosar tayinlandi

Maʻlum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Boboyev Faxriddin Atoyevich Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.Faxriddin Boboyev Vazirlar Mahkamasi mutaxassisi, 'Oʻzcharmsanoat' uyushmasi raisi va boshqa bir qator masʼul vazifalarda ishlagan.

21 Apr 08:33
 
33
0
xs.uz

Muddatli harbiy xizmatchilar Vatanga qasamyod qildi

Bugun, 20-aprel kuni Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism va muassasalarida tantanali ravishda harbiy xizmatga yangi chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchilarni Vatanga qasamyod keltirish marosimi o'tkazildi.Xususan, poytaxtimizdagi 'Vatanga qasamyod' majmuasida o'tkazilgan marosimda mudofaa vazirining birinchi o'rinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig'i general-mayor Zaynobiddin'Iminov yig'ilganlar e'tiboriga mudofaa vazirining askarlarga tabrigini o'qib eshittirdi. Shuningdek, Mudofa

13 May 14:37
 
102
0
xs.uz

IIO axborot tizimlari sunʼiy intellekt asosida yagona platformaga birlashtiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qarorga muvofiq, Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi. Unga koʻra, 2025'2027-yillarda ichki ishlar sohasini raqamlashtirish yoʻnalishlari belgilab berildi. Bu orqali jinoyatchilikka