calendar 28 Feb 01:19
eye 88
comments 0
comments Manba: xs.uz

Buyuk Britaniya AQSHga taʼsir oʻtkazishga urinib koʻradi

image
Payshanba kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Ker Starmer muhim masalalar yuzasidan gaplashish uchun AQSHda boʻladi. Jumladan, AQSH prezidentini Donald Trampni Rossiya yetakchisi Vladimir Putindan uzoqlashtirish, tinchlik bitimidan keyin Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini olish va transatlantik alyansni saqlab qolish muhokama markazida boʻladi. Lekin uning imkoniyatlari yetarlicha boʻlmasligi mumkin. Chunki hafta boshida ham Fransiya prezidenti Emmanuel Makron xuddi shu masalalar boʻyicha Vashingtonga borib kelgan edi. Makron Tramp bilan yaqinligini qayta tiklaganiga qaramay, aniq bir kelishuvlarsiz qaytgan.

'Bizga oʻt ochishni toʻxtatish emas, balki barqaror tinchlik uchun xavfsizlik kafolatlari kerak', ' degan Starmer jurnalistlarga.

Shuningdek, u tinchlik shartnomasi tuzilgan taqdirda Buyuk Britaniya va Fransiya Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni joʻnatishga tayyor ekanligi, faqat bunga AQSHning yordami kerakligini aytgan. Chunki ushbu jarayonda logistika, razvedka va samolyotga qarshi raketa vositalarida Yevropaga yordam kerak. Agar AЫSh bunga tayyor boʻlmasa va oʻt ochishni toʻxtatishga erishilsa, Starmer Putin yana kuch toʻplab qaytishiga ishonadi. Chunki uning Ukrainaga nisbatan pozitsiyasi aniq. Ker Starmer seshanba kuni mamlakat parlamentiga dunyoda hamma narsa oʻzgarganini tushuntirgan.

Hozircha Tramp hech qanday batafsil strategiyani eʼlon qilmadi. Faqatgina Ukrainaning NATOga qoʻshilishini rad etib, Putin uch yillik urushda qoʻlga kiritgan barcha yerlarni saqlab qolishiga ishora qilgan. Ushbu hafta AQSH BMTning Moskva urushini qoralovchi rezolyutsiyaga qarshi ovoz berganida AQSHning haqqoniy vositachi sifatidagi roli yana shubha ostida qoldi.

Noyob yer minerallari bitimi

Shuningdek, AQSHning Ukrainaning noyob yer minerallaridan foydalanish boʻyicha taklif etayotgan bitimi yuzasidan ham chalkashliklar bor.

Trampning aytishicha, tuzilajak bitim katta foyda keltirib, Ukrainaga yuborilgan yordam paketlarining oʻrnini qoplaydi. Zelenskiy avvalroq ushbu shartnomani imzolashdan bosh tortib, ajratilgan yordam grant sifatida berilganini aytgan edi. Soʻnggi xabarlarga koʻra, Zelenskiy bitimni imzolash uchun hafta oxirida Vashingtonga uchmoqchi. Bu maʼlumotlarni CNN bermoqda. Ukraina yetakchisi kelishuv mamlakat xavfsizligi uchun kafolat boʻlishini aytgan, biroq CNN matn loyihasida bunday majburiyatlar yoʻqligini ochiqlagan.

Faqatgina AQSH 'Ukrainaning barqaror tinchligi oʻrnatilishi uchun zarur boʻlgan xavfsizlik kafolatlarini olish boʻyicha harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi' deyilgan loyiha matnida.

Shunday qilib, Starmer AQSHda katta vazifani bajarishi kerak. U soʻnggi voqealardan keyin, mudofaa xarajatlarini oshirishga vaʼda bergan. Bu xabar Trampni hayratga solishi qiyin. Chunki u NATO davlatlaridan mudofaa xarajatlarini 5 foizgacha oshirishni talab qilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
33
0
xs.uz

Polshaning saylangan prezidenti Ukraina boʻyicha kutilmagan bayonot berdi

Polshaning saylangan prezidenti Karol Navroskiy Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga tezlashtirilgan qabul qilinishiga qarshi chiqdi. Bu haqda u Vengriyaning 'Mandiner' jurnaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Hozirda men Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishiga qarshiman', ' deydi u. Navroskiyning taʼkidlashicha, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga aʼzoligi Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti va qishloq xoʻjaligiga zarar yetkazadi.'Saylov kampaniyasi davomida men prezident sifatida Polsha qishloq

15 Jun 20:14
 
83
0
xs.uz

Avstriyada xavfli vaziyat: maktabdagi otishma mamlakat rasmiylarini oʻylantirib qoʻydi

Avstriya hukumati mamlakatdagi maktab otishma voqeasidan soʻng qurolga egalik qilishga oid qonunlarni kuchli nazoratga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Avstriya bosh vaziri Kristian Shtoker ORF radiosiga bergan intervyusida maʼlum qildi. Unga koʻra, qonunchilikdagi oʻzgarishlar asosan qurol xaridi va egasi boʻlish shartlariga qaratiladi.Shtokerning aytishicha, yangi chora-tadbirlar orasida qurol egalik qilish uchun yosh cheklovlarini aniqlashtirish, ayrim qurollarni tartibga solish mexani

08 Jun 02:27
 
141
0
xs.uz

Garvardda oʻqishni xohlovchi xorijliklarning AQSHga kirishi cheklandi

AQSH prezidenti Donald Tramp Garvard universitetida oʻqish yoki uning almashinuv dasturida qatnashishni xohlovchi xorijliklarning mamlakatga kirishini kamida olti oyga chekladi. Bu haqda Oq uy veb-saytida eʼlon qilingan bayonotda aytib oʻtildi.AQSH Taʼlim vazirligi 15-aprel kuni Garvard universitetiga grant sifatida taqdim etiladigan 2,2 milliard dollar miqdoridagi mablagʻdan mahrum qilishini eʼlon qildi.22-may kuni AQSH ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem universitet xorijlik talabalarni

31 May 08:50
 
27
0
xs.uz

Falastinda oziq-ovqat tarqatish atrofida mojaro kuchaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ochlikdan aziyat chekkan falastinliklarning BMT omboriga bostirib kirgani aks etgan. HAMASning maʼlum qilishicha, omborga kirgan 5 kishi otib oʻldirilgan. Maʼlumotlarga koʻra, guruh BMTdan olingan mahsulotlarni aholiga yuqori narxlarda sotishni rejalashtirgan.Isroil qariyb ikki oy davomida Gʻazoga gumanitar yordam kirishini cheklagan edi. Faqatgina oʻtgan haftadan boshlab yuklar qayta kiritila boshlandi. Endi yordam tarqatishni HAMAS emas, AQSHning