Minorai Kalon (Katta Minora) soʻnggi qoraxoniy hukmdor Arslonxon farmoniga muvofiq, 1127-yilda qurib bitkazilgan. Balandligi 47,5 metr, diametri 9 metrda iborat, 105 pillapoyali bu obida oʻz vaqtida Arslonxon minorasi deb ham atalgan. Mutaxassislar Minorai Kalonga Buxoro meʼmorchiligining oʻziga xos qomusi, deya taʼrif beradi. Bosqinlaru istilolar va tabiiy ofatlar oqibatida shahar oʻzining oʻnlab meʼmoriy yodgorliklaridan ayrilib mushtipar onadek boʻzlab qolgan pallada Minorai Kalonni qurayotgan meʼmor oʻsha obidalardagi naqshlardan nusxa olgan. Mahobatli minoraga sinchiklab tikilgan kishi bu naqshlarning betakrorligini, oʻziga xosligini koʻradi. Darvoqe, uning meʼmori kim? Mutaxassislar bu savolga allaqachon javob topgan. Minorada arab yozuvida bitilgan 'Amali Usto Baqo' yozuvi bu masalaga oydinlik kiritadi.
Xalq orasida minora bilan bogʻliq afsona-yu rivoyatlar koʻp uchraydi. Shulardan birida aytilishicha, hayotdan koʻz yumayotib Usto Baqo oʻzini minora yaqinida dafn etishlarini vasiyat qilgan ekan. Bu qabr hozirgacha saqlanib qolgan, degan taxmin bor. Chunonchi, minoraning kunbotar tomonida joylashgan hovlilardan birida qadimiy qabr bor. Uni Minorai Kalonni qurgan meʼmorning daxmasi, deb faraz qilishadi. Lekin bu haqida shu paytgacha aniq tarixiy maʼlumot yoʻq.
' Bu hovli bizga bobomdan meros, ' deydi qadimiy qabr saqlanayotgan xonadon sohibi Boburjon Mirzayev. ' Bolaligimiz shu xonadonda kechgan. Ayni paytda hovlidan oilaviy mehmonxona sifatida foydalanyapmiz. Duogoʻy insonlar uchun eshigimiz hamisha ochiq.
Aytish kerakki, Buxoroning tarixiy qismida joylashgan masjid-u madrasalar, savdo toqi, karvonsaroylar, qadimiy hovlilar va hatto koʻchalarda koʻplab aziz-avliyolarning qabrlarini koʻrish mumkin. Ularga yurtimiz tarixining ajralmas bir boʻlagi sifatida qarab kelinmoqda. Shu nuqtayi nazardan Boburjon Mirzayevning qadimiy qabrni alohida bir uy qurgan holda yogʻin-sochindan, tashqi taʼsirlardan asrab-avaylab kelayotgani tahsinga loyiq.
Bundan ikki-uch yilcha muqaddam 'Xalq soʻzi'dagi chiqishlarimizdan birida taʼkidlaganimizdek, 2027-yilda Minorai Kalonning barpo etilganiga 900-yil toʻladi. Shu munosabat bilan yurtimiz meʼmorchiligi tarixi, imoratsozlikning sharqona anʼanalari, qadimiy yodgorliklarni konservatsiya qilish tajribasiga bagʻishlab Buxoroda xalqaro anjuman oʻtkazish maqsadga muvofiqdir. Bunday xayrli ishlar yosh avlodning ne-ne kechmishlarning tilsiz guvohi sanalgan Minorai Kalon tarixi hamda uning ijodkori toʻgʻrisidagi bilim va tasavvurlarini boyitadi. Tarixning oʻqilmagan sahifalarini ochishga turtki beradi. Qolaversa, turizm ravnaqiga xizmat qiladi.
Bepul kinonamoyishlar — barcha uchun
Kinematografiya agentligi tomonidan ishlab chiqarilgan eng sara o'zbek filmlarining namoyishini 'Muhabbat bahori' filmi boshlab berdi. Unda kinoijodkorlar, yurtdoshlarimiz hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Film rejissyori Ibrohim Rasulov va aktrisa Shahnoza Hojimurodova tomoshabinlar bilan suhbatda filmning mazmuni va ahamiyati haqida batafsil to'xtalib o'tishdi.Filmda ikki ijodkor ' O'zbekiston xalq shoiri Zulfiya va jamoat arbobi, taniqli shoir Hamid Olimjonning sof muhabbati, ijod va hayot y
Eksponatlar bilan boyigan muzey
Ushbu eksponatlar orasida, ayniqsa, 1965-yildan ishlab chiqarila boshlangan 'Molodyojniy' rusumidagi elektrofon e'tiborni tortadi. Bu uskuna san'atkor hayotining so'nggi yillariga to'g'ri kelgan davr mahsuli bo'lgani bilan tarixiy jihatdan muhimdir.Shuningdek, fondga san'atkorga tegishli va hozirgi kunda juda noyob, tarixiy fotosuratlar ham topshirildi. Mazkur eksponatlar T. Jalilov merosini chuqurroq o'rganish, uning hayoti va ijodini keng jamoatchilikka yetkazish imkoniyatini oshiradi.
Mualliflik huquqini buzgan 10 nafar xonanda litsenziyasidan ayriladi
Oʻzbekistonda 10 nafar xonanda mualliflik huquqini buzgani uchun litsenziyasidan ayrilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.Qayd etilishicha, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirayotgan ijrochilar tomonidan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini buzish litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadi. Bunday hollarda litsenziyalovchi organ litsenziat hujjatining bekor qilishni soʻrab sudga murojaat yoʻllashi lozim.Shunga koʻra, Adliya vazirligi s
Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi
Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini