Oʻzbekiston xalq artisti Nafisa Toʻxtayeva 83 yoshida vafot etdi

Oʻzbekiston xalq artisti, mashhur maqom ijrochisi Nafisa Toʻxtayeva 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Nafisa Toʻxtayeva Oʻzbekiston Davlat filarmoniyasida, Yunus Rajabiy nomidagi 'Maqom' ansamblida xonanda sifatida ijod qilib, 50 dan ortiq mumtoz musiqa namunalarini 'Oltin fond'ga muhrlagan. Uning ijrosidagi 'Saraxbori Oromijon', 'Qashqachai Savti Sabo', 'Ey Nazokat' kabi kuylar xalqimiz maʼnaviy merosining durdonalariga aylangan.
'U nafaqat sanʼatkor, balki jonkuyar, oilaparvar va kamtarin inson sifatida hamkasblari va muxlislari yodida qoladi. Madaniyat vazirligi jamoasi Nafisa Toʻxtayevaning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi', deyiladi vazirlik xabarida.
Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi
Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini
“Umida” (Fudziyama haqida tush) filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabariga ko'ra, ushbu film O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan, 'O'zbekfilm' kinokonserni tomonidan suratga olingan.Premerada taniqli kinoijodkorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari va san'at ixlosmandlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida film mazmuni, g'oyasi va dolzarbligi haqida chuqur fikrlar bildirildi.Film voqealari o'z kasbiga sodiq, insonlarga chin dildan yordam beruvchi psix
“Har bahor men Sizga gullar tutaman...”
15-may ' Oliy Majlis Senati aʼzosi, shoir Abdusaid Koʻchimov tavallud topgan kunJAVOBBir nihol ekdingmi Vatan bogʻiga,Mehringni toʻkdingmi choʻl, yantogʻiga,Gullarga chang-gʻubor qoʻngan chogʻidaArta biloldingmi chang-u gʻuborni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Bitta gʻisht qoʻydingmi maydonlariga,Bir vassa oʻydingmi ayvonlariga,Bir misra qoʻshdingmi dostonlariga,Kurab tashladingmi tomlardan qorni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Kimdir uzib ketsa dilbar gullarni,Kimdir buz