Nogiron qarindoshi uchun Messidan dastxat soʻragan hakam jazolandi

Maʼlum boʻlishicha, 'Inter Mayami' klubi KONKAKAF chempionlar kubogi 1-raundi doirasidagi oʻyinda 'Kanzas Siti' uyiga safar qilib, 0:1 hisobida gʻalabaga erishgan.
Oʻyindan soʻng, uchrashuv bosh hakami Marko Antonio imkoniyati cheklangan qarindoshining iltimosiga koʻra 'Inter Mayami' hujumchisi Lionel Messidan dastxat hamda libosini soʻradi.
Mazkur holat turnir tashkilotchilari tomonidan nazoratga olinib, hakamning harakatiga huquqiy baho berish uchun tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
'Tekshiruvlar davomida hakam imkoniyati cheklangan oila aʼzosi uchun dastxat soʻragani aniqlandi. Uchrashuv bosh hakamining bunday harakati konfederatsiya oʻyinlaridagi odob-axloq kodeksiga toʻgʻri kelmaydi', ' deyiladi tashkilot hisobotida.
Tergov soʻnggida bosh hakam aybdor deb topilib, KONKAKAF turnirlaridagi ishidan 6 oy muddatga chetlatilgan. Ushbu qoidabuzarlik qayta takrorlansa, hakam uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
Shuningdek, Marko Antonio Ortis Navu bu harakatining xato ekanligini tan olib, toʻliq javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan holda turnir protokolni buzgani uchun keng jamoatchilikdan uzr soʻragan.
“Real Madrid” Hatoga jiddiy qiziqmoqda
Ispaniyaning 'Real Madrid' klubi yozgi transfer oynasida 'Ayaks'ning yosh va istiqbolli himoyachisi Jorrel Hato bilan shartnoma imzolashga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda 'Team Talk' nashri xabar berdi.Klub ichki siyosatida asosan erkin agentlar bilan ishlashga urgʻu berilishiga qaramay, madridliklar bu safar oʻz qoidasidan chekinishga tayyor. Bunga Hatoning koʻp qirrali oʻyini, yoshligi va taktik moslashuvchanligi sabab boʻlgan.Jorrel Hato koʻpchilik mutaxassislar tomonidan 'yangi A
“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sport musobaqalarining sport kurashlari bo‘yicha mintaqaviy bosqichiga start berildi
Musobaqada Baliqchi, Bo'ston, Ulug'nor, Shahrixon tumanlarining 15-17 yosh toifasidagi iqtidorli sportchilari kurash maydonida o'zaro kuch sinashmoqda.
Namangan “O‘zbek botirlari” Gran-prisiga mezbonlik qildi
Bahslar yunon-rum va erkin kurash bo'yicha o'tkazildi. Unda O'zbekiston terma jamoasining asosiy tarkib vakillari ham qatnashdi. Bu orqali murabbiylar shtabi sportchilarimizning yil davomida kutib turgan jahon chempionati va boshqa nufuzli musobaqalarga tayyorgarligini ko'zdan kechirib oldi.
Jahon kubogida oʻzbekistonlik bokschilar nechta medal oldi?
Polshaning Varshava shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha Jahon kubogi musobaqasi yakuniga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi bokschilari yuqori natijalar qayd etib, yurtimiz sporti tarixiga yana bir yorqin sahifa qoʻshdi.Musobaqaning soʻnggi kunida yetti nafar sportchimiz final janglarida ringga chiqib, ulardan olti nafari oltin, biri esa kumush medalni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, ikki nafar bokschimiz bronza medali bilan taqdirlandi.Final janglarida -55 kg vazn toifasida Mirazizbek Mi