Bunda tashqari, Gong Kongning 'Hang Seng' indeksi dastlab 2,7% ga pasaydi. Bu esa texnologiya giganti boʻlgan 'Alibaba' aksiyalarining 8% ga tushishi fonida sodir boʻlgani taxmin qilindi. 'Alibaba' kompaniyasining AQSHdagi depozitor kvitansiyalari ham 10% ga qadrsizlandi. Shunga qaramasdan, investorlar qisqa muddatli pasayishdan foydalanib, aksiyalarni sotib olishni boshlagach, indeksdagi pasayish biroz yumshadi.
AQSH fond bozorida esa sunʼiy intellektga qaratilayotgan yirik investitsiyalar toʻgʻrisida shubhalar kuchaymoqda. 'Nvidia' kompaniyasining haftaning chorshanba kuni eʼlon qilinadigan moliyaviy hisobotlari oldidan investorlar ehtiyotkorlikni birinchi chora sifatida koʻrishi mumkin. Tahlilchilar kompaniyaning choraklik daromadi 72% ga oʻsishini taxmin qilinayotgan boʻlsa-da, ammo bu natijalar investorlar ishonchini tiklay oladimi ' bu hali nomaʼlum.
AQSh-Xitoy texnologik urushi global iqtisodiyot va innovatsiyalar bozorida muhim oʻrin tutadi. Xitoy esa oʻz navbatida texnologik mustaqillikka erishish uchun ichki ishlab chiqarish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga katta mablagʻ yoʻnaltirmoqda.
Pekin sunʼiy intellekt, 5G va kvant texnologiyalarini rivojlantirish orqali AQSH bilan teng raqobatlashishga harakat qilyapti. Bu texnologik urush Osiyo, Yevropa va hatto Lotin Amerikasi bozorlariga taʼsir oʻtkazishi mumkin, chunki koʻplab mamlakatlar ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy ziddiyatdan taʼsirlanadi. Ayniqsa, yarimoʻtkazgichlar va sunʼiy intellekt texnologiyalariga qaram boʻlgan sanoat tarmoqlari global taʼminot zanjirlarida uzilishlarga duch kelishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, AQSH va Xitoy oʻrtasidagi texnologik urush moliyaviy bozorlarga salbiy taʼsir koʻrsatishda davom etmoqda. Investorlar kelgusi haftalarda bozorlardagi vaziyatni aniqlashtiruvchi yangi iqtisodiy koʻrsatkichlarni intizorlik bilan kutayotgani, buning esa kelgusidagi ikki yirik davlatning tadbirkorlari oʻrtasidagi sovuq munosabatning vektorlari qanday boʻlishini aniqlab beradi.
Togʻlar orasidan vodiy sari yoʻl — “Qamchiq” dovonidan fotoreportaj
'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi bu safar Andijon viloyatiga xizmat safari uyushtirdi. Yoʻlimiz, tabiiyki, Oʻzbekistonning eng muhim va betakror maskanlaridan biri ' 'Qamchiq' dovonidan oʻtdi.Dovon oʻzining goʻzalligi, tabiat bilan uygʻunlashgan zamonaviy yoʻl infratuzilmasi hamda har faslda har-xil tus oluvchi manzaralari bilan kishini hayratga soladi. Bahorning soʻnggi kunlari boʻlishiga qarmay dovonidagi salqin havo kishiga oʻzgacha huzur bagʻishlaydi.Do
Dollar kursi oshishda davom etmoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'22,74 soʻmga'oshdi va'12 857,35 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'10,55 soʻmga'koʻtarildi va'14 672,81 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,8 soʻmga'oshib,'163,45 soʻmni'tashkil etdi.
Hafta boshida xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan qiymati qanday boʻladi?
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 9-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 54,29 soʻmga tushdi va 12 777,52 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 15,80 soʻmga pasaydi va 14 590,65 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 2,21 soʻmga tushib, 161,54 soʻmni tashkil etdi.
Hafta boshida xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan qiymati qanday boʻladi?
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 9-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 54,29 soʻmga tushdi va 12 777,52 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 15,80 soʻmga pasaydi va 14 590,65 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 2,21 soʻmga tushib, 161,54 soʻmni tashkil etdi.