Davlat ulushi mavjud TOP-10 yirik soliq toʻlovchilar umumiy hisobda 4,5 trillion soʻm soliq toʻlagan. Ushbu reytingda 'Navoiy kon-metallurgiya kombinati' AJ 2,08 trillion soʻm soliq toʻlab, birinchi oʻrinni egallagan. Ikkinchi oʻrinda 'Olmaliq kon-metallurgiya kombinati' AJ 639,1 milliard soʻm toʻlov bilan qayd etilgan. 'Oʻzkimyosanoat' AJ esa 388 milliard soʻm soliq bilan uchinchi oʻrinni band qilgan. Shuningdek, 'Oʻzbekneftgaz' AJ (279,8 milliard soʻm), 'Navoyuran' AJ (298,5 milliard soʻm) va boshqa yirik davlat ulushiga ega korxonalar roʻyxatda yuqori oʻrinlarni egallagan.
Xususiy sektordagi TOP-10 yirik soliq toʻlovchilar jami 1,3 trillion soʻm soliq toʻlagan. Ushbu roʻyxatda 'UZBAT' AJ QK 182 milliard soʻm soliq bilan birinchi oʻrinni egallagan. Ikkinchi oʻrinni 'ADM Jizzakh' MCHJ (62,2 milliard soʻm) egallagan boʻlsa, uchinchi oʻrinda 'Epsilon Development Company' MCHJ XK 50,6 milliard soʻm soliq bilan qayd etilgan. Shuningdek, 'Kapitalbank' ATB (48 milliard soʻm), 'Unitel' MCHJ XK (47,6 milliard soʻm), 'Tashkent Tobacco' MCHJ (42,3 milliard soʻm) va boshqa xususiy kompaniyalar ham yirik soliq toʻlovchilar qatoridan joy olgan.
Umuman olganda, TOP-20 yirik soliq toʻlovchilar mamlakat boʻylab yirik soliq tushumlarining 60 foizini taʼminlagan. Ushbu koʻrsatkich yirik korxonalar tomonidan davlat byudjetiga qoʻshilayotgan ulkan hissani aks ettirib, ularning iqtisodiy barqarorlikdagi oʻrnini yana bir bor tasdiqlaydi.
Kelgusi hafta boshida xorijiy valyutalarning kursi qanday boʻladi?
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 5-may kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 15,07 soʻmga oshib, 12 915,07 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 64,84 soʻmga koʻtarilib, 14 659,90 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,89 soʻmga tushdi va 156,43 soʻmni tashkil qildi.
Yanvar va fevral oylarida qancha mashina import qilingan?
Bunda eng koʻp mashina Xitoydan keltirilgan boʻlib, 3 149 donani tashkil etdi. Keyingi oʻrinlarda 1 191 dona avtomobil bilan Koreya Respublikasi va 32 dona yengil mashina bilan Yaponiya turibdi. Eng kam import qilingan avtomobillar soni 8 ta bilan Meksikaga toʻgʻri keldi.Dastlabki ikki oyda import qilingan avtomobillarning umumiy qiymati 75,9 million dollarni tashkil etdi.Taʼkidlash joiz, 2024-yilning mos davrida import qilingan mashinalar soni 17 553 dona bo'lgandi.
Oʻzbekistonga eng koʻp choy qaysi davlatdan keltirilmoqda?
Shu yilning ilk ikki oyida chet davlatlardan keltirilgan choyning qiymati 8,5 mln AQSH dollariga teng boʻldi. Eng koʻp choy Xitoy davlatidan import qilingan boʻlib, 4 720,5 tonna tashkil etdi.Choy eng koʻp keltirilgan davlatlar reytingida ikkinchi oʻrda 360,3 tonna bilan Eron turibdi. Undan keyin Keniya (160,6 tonna), Rossiya (130,9 tonna), Hindiston (99 tonna) va BAA (72,6 tonna) joy olgan.Taʼkidlash joiz, 2024-yil davomida Oʻzbekistonga 50,6 million dollariga teng boʻlgan 33 378 tonna
Xivada oʻtkazilayotgan IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali davom etmoqda (+fotoreportaj)
Kecha, 26-aprel kuni Xivaning qadimiy Ichan qalʼasida IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtgan edi. Bu sana anʼanaviy sanʼat va madaniyatni sevuvchilar uchun unutilmas kun boʻlgani shubhasiz. Festivalning ochilish kunida baxshilar oʻzining betakror dostonlari, kuy-qoʻshiqlari va xalq ogʻzaki ijodi namunalari bilan turkiy xalqlarning qadimiy ohangiga yangi ruh bagʻishladilar.Bugun, 27-aprel sanasida ushbu festivalning ikkinchi kuni ham ko