“Gulfood — 2025” xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy stendi namoyish etilmoqda

Bu yilgi ko'rgazmada dunyoning 129 ta mamlakatlaridan jami 5 500 dan ziyod korxona ishtirok etmoqda. Tashrif buyuruvchilar soni 100 000 kishidan ortishi kutilmoqda.
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko'magida 25 ta korxona vakillari ko'rgazmaning markaziy pavilonlaridan birida 102 kv. m. maydonda joylashtiriladigan 'Made in Uzbekistan' milliy stend bilan qatnashmoqda.
Mazkur tadbir o'zbek ishlab chiqaruvchilari uchun o'z mahsulotlarini xalqaro bozorga chiqarish, yangi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish va mintaqaviy bozor rivojlanishining yangi tendensiyalari bilan tanishish uchun samarali platforma bo'lib xizmat qiladi.
Mazkur ko'rgazma 21-fevralga qadar davom etadi.
Zargarlarning xomashyo bilan bogʻliq birorta muammosi boʻlmasligi kerak — Prezident
Zargarlik sanoatida ishlatiladigan uskunalar va ularni butlovchi qismlari import bojidan ozod qilinadi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.Qayd etilishicha, endilikda zargarlar ham yakka tadbirkor sifatida tilla buyumlari savdosi bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi.Mutasaddilarga joylardagi norasmiy zargarlik rastalarini zamonaviy koʻrinishga keltirib, ularning faoliyatini qonuniylashtirish topshiril
Dollar kursi oshishda davom etmoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'22,74 soʻmga'oshdi va'12 857,35 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'10,55 soʻmga'koʻtarildi va'14 672,81 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,8 soʻmga'oshib,'163,45 soʻmni'tashkil etdi.
Dollar kursi pastlashda davom etmoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'29,80 soʻmga'tushib,'12 880,35 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'125,30 soʻmga'pastlab,'14 535,47 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'3,10 soʻmga'tushdi va'156,68 soʻmni'tashkil qildi.
Oʻzbekistonda bugʻdoy narxini barqarorlashtirish boʻyicha yangi xalqaro loyiha ishga tushirildi
Bugʻdoy Oʻzbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini, qishloq aholisining daromad manbalarini va umumiy iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda muhim rol oʻynaydi. Biroq mamlakat tashqi omillar, geosiyosiy xavflar va ichki bozorni tartibga solishning cheklangan imkoniyatlari tufayli narx tebranishlariga duch kelmoqda. Ushbu muammolarni hal etish maqsadida Oʻzbekistonda Hukumati bir qator tizimli tadbirlar amalga oshirilmoqda.Mazkur muammolarni hal qilish va milliy oziq-ovqat xavfsizligini mustahkaml