Dastur doirasida yosh tadbirkorlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash uchun kompleks xizmatlar koʻrsatiladi. Ularning biznes gʻoyalarini amaliy loyihaga aylantirish, ishbilarmonlik tajribalarini shakllantirish va biznes yuritish uchun zarur moliyaviy resurslarni taqdim etish choralari koʻriladi. Shu maqsadda, AT 'Aloqabank' yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlovchi asosiy bank sifatida belgilandi. Yoshlarning startap va investitsiya loyihalariga imtiyozli kredit mablagʻlari ajratilishi ham koʻzda tutilgan.
Yosh tadbirkorlarni ragʻbatlantirish maqsadida 'Biznesga birinchi qadam' loyihasi amalga oshiriladi. Ushbu loyiha asosida 18 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan, oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxslarga 7-yilga imtiyozli davr bilan 100 million soʻmgacha mikroqarz ajratiladi. Bundan tashqari, 'Yoshlar uchun ish oʻrinlari' loyihasi doirasida yakka tartibdagi tadbirkorlar va yoshlar tashkil etgan kichik biznes subyektlariga 5 milliard soʻmgacha mablagʻ beriladi, biroq ular kamida 20 ta yangi ish oʻrni yaratishlari shart.
Innovatsion gʻoyalarga ega yoshlar uchun 'Innovatsion yoshlar' loyihasi ishlab chiqilgan boʻlib, ushbu loyiha doirasida venchur jamgʻarmalari orqali moliyaviy koʻmak beriladi. Shuningdek, 2025-yil 1-aprelga qadar 'Yosh tadbirkorlar' raqamli platformasi ishga tushiriladi. Ushbu platforma orqali yosh tadbirkorlar oʻz bizneslarini boshlash va rivojlantirish uchun zarur boʻlgan barcha maʼlumotlarga ega boʻlishlari, imtiyozli kreditlarga murojaat qilishlari va xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Bundan tashqari, har oyda bir hududda 'Investor kunlari' tashkil etilib, yoshlar oʻz biznes loyihalarini xalqaro investorlar oldida taqdim etishlari mumkin boʻladi. 2025-yil oxiriga qadar 200 ta startap akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarini muvaffaqiyatli yakunlashi rejalashtirilgan. Shuningdek, har bir viloyatda 'Yoshlar biznes-inkubatori' markazlari tashkil qilinib, tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan yoshlar uchun ofislar, buxgalteriya xizmatlari, marketing, eksport bozorlariga chiqish va boshqa biznes xizmatlari taqdim etiladi.
Ushbu dastur orqali yoshlarning tadbirkorlik sohasidagi faolligini oshirish, innovatsion gʻoyalarni rivojlantirish va mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy hissa qoʻshish rejalashtirilgan. Yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash orqali nafaqat bandlik masalalariga yechim topiladi, balki yangi va istiqbolli biznes tarmoqlari ham rivojlanishiga yoʻl ochiladi.
Toshkent aeroportida avtomatik yuk saqlash javonlari oʻrnatildi
Xalqaro terminaldagi javon joʻnash terminalining 1-qavatida joylashgan boʻlib, 24 soat davomida ishlaydi. Yuklarni bir soat saqlash uchun narx uning hajmiga qarab 15 ming soʻmdan 40 ming soʻmgacha etib belgilangan. Yuklar uchun standart (60x50x80 sm), oʻrta (90x50x80 sm) va katta (180x50x80 sm) hajmdagi oʻlchamlar mavjud. Mahalliy aviaqatnovlar terminalidagi saqlash javoni esa terminal ichida uchib ketish va uchib kelish zallari oʻrtasida joylashgan. U ham kun-u tun faoliyat koʻrsatad
Davlat boshqaruvi akademiyasi qayta tashkil etiladi
Maʼlum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 5-may kuni qabul qilingan 78-son farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi etib qayta tashkil etiladi.Farmonga koʻra, akademiyaning asosiy vazifalaridan biri etib davlat xizmatchilarining malakasini muntazam oshirib borish va qayta tayyorlash, shuningdek, boshqaruv kadrlarini magistratura va oliy taʼli
Toshkentning 4 ta tumanida issiq suv vaqtincha oʻchiriladi
Toshkent shahrining Shayxontohur, Olmazor, Chilonzor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv vaqtincha oʻchiriladi. Bu haqda poytaxtni issiq suv bilan taʼminlovchi issiqlik taʼminoti operatori ' 'Veolia Energy''maʼlum qildi.Qayd etilishicha, bugun, 24-mart kuni issiqlik tarmoqlarining maksimal haroratga chidamliligi sinovdan oʻtkaziladi. Shu munosabat bilan shu kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha quyidagi manzillarda issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi:Shayxontohur tumani
Samarqandda “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti oʻz ishini boshladi
Samarqandda 'Markaziy Osiyo ' Yevropa Ittifoqi' birinchi sammiti oʻz ishini boshladi. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev delegatsiyalar rahbarlarini qutladi.'