Qarnabota manzili tarixiy hujjatlar, ilmiy maqolalarda koʻp marotaba tilga olingan. Lekin ularning asosiy qismi hududdagi qazilma boyliklar va tarixiy yodgorliklardan iborat.
' Qishlogʻimiz 3 ming yillik tarixga ega, ' deydi Qarnabota mahallasi raisi Uchqun Begmatov. ' Qishloqning oʻrtasida Qoʻrgʻontepa yodgorligi joylashgan. Uni oʻrgangan olimlarning aytishicha, qadimda ota-bobolarimiz kunduzi chorvachiligu dehqonchilik qilib, kech tushganda shu qoʻrgʻonga kirgan. Dushmanlar, bosqinchilardan himoyalangan. Oʻrta Osiyodagi eng birinchi masjid ham shu yerda qurilgan. Mazkur masjid yodgorligini oʻrganish boʻyicha ishlar boshlanish arafasida. Hududimizda boshqa tarixiy-madaniy yodgorliklar ham koʻp.
Darhaqiqat, Qarnab qishlogʻi juda qadimiy, tabiati ogʻir manzillardan biri. Qishloq Buxoro amirligi davrida Karmana bekligi tarkibiga kirgani haqida ilmiy dalillar yetarli. Qishloqning asl nomi Qarnob boʻlib, aholisi qarnobiy (qarnoblik) deb yuritilgan. Keyinchalik soʻz shakli biroz oʻzgarib, manzil 'Qarnab' shaklida qoʻllangan.
Qadimda bu qishloq savdogar va askarlar uchun muhim qoʻnalgʻa vazifasini oʻtagan. Qarnab nafaqat oʻtmishi, balki hududidagi tabiiy boyliklari bilan ham eʼtiborli. Qarnab atroflari oʻtgan asrning 1945-yilidan boshlab avval geologiya va mineralogiya yoʻnalishida oʻrganilgan. 1957-yilda Qarnab ruda konlari ishga tushgan, choʻl zonasida 100 dan ortiq qazilma boyliklari zaxiralari borligi aniqlangan. Ruda konlaridagi qazishmalarda kvars materiallari, qora kulrang kvars bilan birga sfalerit topilgan.
Bugun Qarnabota qishlogʻida 5600 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Qishloq vrachlik punktidan tashqari oʻz kichik shifoxonasi, 3 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti, maktabi va hatto, musiqa maktabi bor. Hududda savdo va boshqa xizmat koʻrsatish sohalari rivojlangan.
Qarnabota qishlogʻidan 10 kilometr uzoqlikdagi Toʻritogʻ bagʻrida Qarnabota gʻori joylashgan. Turli manbalarda uni Gunjak, Gʻori Oshiqon, Qarnab Ato singari nomlar bilan atashadi. U bilan bogʻliq afsonayu rivoyatlar talaygina. Gʻor xususida koʻproq ana shu afsonayu rivoyatlar orqali maʼlumot olish mumkin. Ayrim manbalarda u Amir Temur nomi bilan bogʻlansa, boshqalari undan ham qadimgi voqealarni hikoya qiladi.
Jumladan, Nizomuddin Ibn Sadriddin Buxoriyning tarix fanlari doktori Mahmud Hasaniy tomonidan tarjima qilingan 'Qarnab oto gʻori' risolasida by joy Gʻori Oshiqon va Maqomi Maʼsuma deyilishi hazrati Muso alayhissalomning ummatlaridan biri Xoja Humoy Gʻoriyning manzili ekanligi bilan bogʻlanadi. Unga koʻra Muso alayhissalom aynan shu yerda Allohning jamolini koʻrgan.
Odatda, gʻorlar ogʻzi yonga qaragan boʻlib, ularga kirish nisbatan qulay boʻladi. Biroq bu gʻorga oʻz vaqtida faqat tepadan, togʻ ustidagi tuynukdan, arqon yordamida tushilgan. Oʻsha tuynukni ham mahalliy choʻponlardan boshqa odamning topishi amrimahol. Hozirgi yon tomondan kirish joyi keyinchalik sunʼiy hosil qilingan. Bir necha yuz metrli ushbu tuynukni ochish oson boʻlmagan. Chunki undan oʻtib borar ekansiz, yoʻl toshni yoʻnish orqali ochilganiga guvoh boʻlasiz. Bu ish qachon va nega qilingani haqida ham maʼlumot yoʻq.
Gʻorning ichi ancha keng. Tepadagi gʻira-shira yorugʻlik oʻtkazadigan tuynukdan oqib tushgan suv asrlar davomida devorlarda oʻziga xos naqshlar chizgan. Tomchilar yigʻilishidan yuzaga kelgan suv yoʻlagi gʻorning zulmat qoplagan bagʻriga qarab ketadi. Qarnoblik keksalarning aytishicha, gʻor tubidagi bu ariqchadan ilgari qishin-yozin suv oqib turgan.
Gʻop shiftida osilgan sumalaksimon ohaklar oʻziga xos bir joziba kashf etgan. Tabiatning bu gʻaroyib moʻjizasini kuzatib, zulmat qaʼrida bulutlar suzib yurgandek tuyuladi. Har bir tosh yorugʻlik shuʼlalari ostida turlicha jilolanadi. Tillarang devorlar bu manzaraga ulugʻlik baxsh etadi.
' Gʻordagi keng maydon bir vaqtning oʻzida yuzlab odamni sigʻdirishi mumkin, ' deydi bu yerga ijodiy safar qilgan jurnalist Anvar Mustafoqulov. ' Uni oʻrganayotib, pastga qarab ketgan yana bir yoʻlakka koʻzimiz tushdi. Biroz yurib bildikki, gʻorning asosiy qismidan 30 metrlar pastda yana bir oʻtish joyi bor. Bu biz uchun ham yangilik boʻldi. Sababi manbalarda gʻorning davomi borligi haqida aytilmagan. Odatda gʻorlar qayerdadir tugaydi. Yaxshi oʻrganilmagan va oxiriga borilmagan bu kabi gʻorlar esa sanoqli. Qashqadaryodagi Taragʻay gʻoriga uyushtirgan ekspeditsiyamizda ham shunday holatga duch kelgandik. Afsuski, gʻor ichiga qarab yurishni shu joyda toʻxtatishga majbur boʻldik. U yogʻi harakatlanish uchun xavfli. Gʻordaligimizda bir qiziq holatni payqadik. Tashqari salqin boʻlsa, gʻor ichiga kirib borishimiz barobarida havo harorati ham koʻtarilib bordi. Haroratdagi bu oʻzgarish biz oldin borgan gʻorlardagidan ancha yuqori. Katta ehtimol bilan jarayon gʻor tubida yashiringan sinoat bilan bogʻliq. Buyogʻi olimlar eʼtiboriga havola.
Qarnabota gʻori hali ham oʻz sir-sinoatini hech kimga toʻlaligicha ochmagan. Oʻylaymizki, vaqti kelib u yana ham chuqur oʻrganiladi. Xalqimizning tarixi yana bir sahifa bilan toʻldiriladi.
Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Oʻzbekistonda ilk bor tarixiy Samarqand shahri BMTning '2030-yilgacha besh yil: Barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini koʻrsatishni jadallashtirish' mavzusida boʻlib oʻtadigan 'Davlat xizmati forumi ' 2025' nufuzli forumiga mezbonlik qiladi.Ushbu global ahamiyatga ega tadbir vazirlar, yuqori lavozimdagi davlat amaldorlari, fuqarolik jamiyati yetakchilari va innovatorlarni davlat xizmatining istiqboli haqida fikr almashish uchun bir joyga toʻplaydi.Mazkur forum joriy yilning 23-iyun sana
Toshkentda noqonuniy elektron tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullangan shaxslarning faoliyati fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahardagi boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda 'B.S.' MCHJga qarashli savdo shoxobchalarida hech qanday ruxsatnomalarsiz turli nomdagi tamaki va elektron tamaki mahsulotlari savdoga qoʻyilgani aniqlangan.Ushbu nuqtalardan umumiy qiymati qariyb 12 milliard soʻmlik mahsulotlar, jumladan, 56 mingdan ortiq elektron tamaki, 25 mingdan ziyod suyuqliklar, 10 mingdan ortiq tamaki chekish uskunalari va minglab kalyan vositalari daliliy
“Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Xabarda testga yuborilgan avtomobil ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilmagani va bu juda muhim omil ekanini qayd etgan.'Avtomobilni testga yuborishdagi holatlar va testlar qanday sharoitda oʻtkazilgani bizga nomaʼlum. Shu sababli, biz test natijalariga norozilik bildiramiz. Shaffof va obyektiv sinovlar orqali 'Leapmotor' mahsulotlarining haqiqiy holati baholanishiga umid qilamiz' deyiladi izohda.Kompaniya mazkur masala boʻyicha Oʻzbekiston tomoni bilan hamkorlikda ishlayotganini va test
Andijonda quvib oʻtish qoidasini buzgan “Nexia-3” yuk mashinasiga borib urildi
Andijon viloyati Shahrixon tumanida quvib oʻtish qoidasini buzgan 'Nexia-3' qarama-qarshi yoʻnalishda kelayotgan yuk mashinasiga borib urildi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, voqea kecha, 12-aprel kuni Shahrixon tumani 'Begbachcha' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro avtomobil yoʻlning 413 kilometrida yuz bergan. Andijon-Shahrixon yoʻnalishi boʻylab harakatlanayotgan 'Nexia-3' rusumli transport vositasi haydovchisi I.I. oʻzi