calendar 31 Jan 15:22
eye 190
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qahramon muallimaning hayot yoʻli teatr sahnasiga koʻchdi

image
Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida Oʻzbekiston Qahramoni Muhabbat Sharopovaning hayoti va faoliyati aks ettirilgan 'Muhabbat' spektaklining premyerasi boʻlib oʻtdi.

Taʼkidlash joiz, Muhabbat Sharopova 1971-yilda Samarqand davlat universitetining matematika fakultetini tamomlab, Qarshi shahridagi 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabida matematika oʻqituvchisi sifatida oʻz faoliyatini boshlagan. Keyinchalik Qarshi davlat universiteti qoshidagi litsey-internatda, Qarshi shahridagi 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ishladi. 2022-yildan buyon Qarshi davlat universitetining Algebra va geometriya kafedrasi professori sifatida faoliyat yuritmoqda.



Yarim asrdan oshibdiki, bu fidoyi muallima oʻquvchilarga, talabalarga matematika fanining sir-sinoatlarini oʻrgatib kelmoqda. Uning shogirdlari shu vaqtga qadar 22 marotaba respublika fan olimpiadalarida, 3 marotaba xalqaro matematika olimpiadalarida, 9 marotaba matematika fani boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro tanlovlarda gʻolib va sovrindorlar qatoridan joy egallashgan. 7 nafar shogirdi fan doktori, 30 dan ortigʻi fan nomzodi darajasiga erishishida ham Muhabbat Sharopovaning qilgan mehnatlari, ularga bergan saboqlari natijasi mujassam.

Oʻzining bor kuch va shijoatini, bilimini yosh avlod taʼlim va tarbiyasiga bagʻishlagan Muhabbat Sharopova 2016-yilda davlatimizning eng yuksak mukofoti ' Oʻzbekiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan edi.



Rejissyor Farhod Boynazarov tomonidan sahnalashtirilgan spektaklda jonkuyar muallimaning bolaligi, oʻqituvchilik faoliyati davomida u bosib oʻtgan uzun va sermazmun yoʻl, bu yoʻlda duch kelgan qiyinchiliklari, kurashlari, shu bilan bir qatorda, oʻqituvchilik kasbining mashaqqati, zahmati va rohatlari aks ettirilgan.

Spektaklda bosh qahramon rolini Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Halilova ijro etgan.



' Spektaklni tomosha qilish asnosida oʻz faoliyatimga, qolaversa, oʻqituvchilar mehnatiga chetdan nazar solish imkoni tugʻildi, ' deydi Muhabbat Sharopova. ' Biz oʻqituvchi mehnatining qadri boʻlmagan qiyin davrlarni ham koʻrdik. Bugun hukumatimiz tomonidan bu soha egalariga qaratilayotgan eʼtibor, berilayotgan ragʻbat va eʼzozlarga ham guvohmiz. Spektaklda ana shu jihatlar mahorat bilan yoritib berilgani meni mamnun etdi.

Spektakl tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olindi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:56
 
202
0
xs.uz

Navoiydan bahra olgan Gʻarb

Alisher Navoiy nafaqat oʻzbek, balki barcha turkiy xalqlarning faxr-u iftixoriga aylangan buyuk mutafakkirdir. Shu paytga qadar turk dunyosida uningchalik katta va sermazmun merosga ega boʻlgan shoirni uchratish qiyin. Alisher Navoiy nafaqat shoir va mutafakkir, balki yirik davlat va jamoat arbobi ham edi. U haqli ravishda oʻziga qadar turkiy tilda hech kim bu qadar yuksak choʻqqilarga chiqa olmaganini namoyish etdi. 'Gʻaroyibus-sigʻar'dan oʻrin olgan bir masnaviyda oʻqiymiz:Men ulmenki,

13 May 14:39
 
724
0
xs.uz

Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini

31 May 08:51
 
603
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra

13 May 14:39
 
697
0
xs.uz

Prezident IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi

Hurmatli festival qatnashchilari, muhtaram mehmonlar!Avvalo, siz, azizlarni ochiq osmon ostidagi betakror muzey shahar ' qadimiy Xivada o'tkazilayotgan IV Xalqaro baxshichilik san'ati festivalining ochilishi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.Bugungi san'at bayramida ishtirok etayotgan nufuzli xalqaro tashkilotlar va qardosh mamlakatlar vakillariga, dunyoning qirqdan ziyod mamlakatidan kelgan xalq ijodiyoti namoyandalari, atoqli madaniyat va san'at arboblariga samimiy tashakkurim, yuksak hur