Futbol tarixidagi eng katta “oʻgʻirlik” yoxud Neymar “Al Hilol” bilan shartnomani bekor qildi

Maʼlum boʻlishicha, tomonlar oʻzaro kelishuv asosida shartnomani bekor qildi. Neymar shartnomaning oson bekor qilinishi uchun kelasi yozgacha amal qiladigan shartnomasidagi 65 million dollarning deyarli yarmidan voz kechgan.
Futbolchining Saudiya Arabistonidagi faoliyati koʻngildagidek boʻlmadi. Neymar 'Al Hilol'ga 2023-yil yozida 'PSJ'dan 90 million yevro evaziga oʻtgan edi.
Futbolchi yangi klub bilan shartnoma imzolaganidan koʻp oʻtmay, terma jamoasi safida maydonga tushgan va chap tizzasidan jiddiy jarohat olib safdan chiqqandi. U Saudiyadagi faoliyatining aksar qismini jarohati sabab maydondan tashqarida oʻtkazdi. Shunga qaramasdan, Neymar Saudiyada 400 million yevroga yaqin pul ishlab olishga erishgan. Shubhasiz, maydonda deyarli oʻzini koʻrsata olmagan futbolchi uchun toʻlangan eng katta miqdordagi yoʻqotishdir.
Neymar 'Al Hilol'dagi faoliyati davomida atigi 7 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qildi.
Soʻngi maʼlumotlarga koʻra, braziliyalik futbolchi 2011-2013-yillar oraligʻida oʻzi toʻp surgan 'Santos' jamoasiga oʻtishga yaqin turibdi. Futbolchi klub bilan olti oylik shartnoma imzolashga kelishib olgan.
Neymarning 'Santos'ga transferi hafta yakunigacha eʼlon qilinishi kutilmoqda.
Maʼlumot uchun, Neymar xalqaro miqyosda Braziliya terma jamoasi safida 128-marta maydonga tushib, 79 ta gol urgan. U Braziliya mezbonlik qilgan 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida oltin medalga ega chiqqandi.
Javohir Sindarov Shvetsiyadagi nufuzli turnir chempioniga aylandi
Shvetsiyaning Malmyo shahrida oʻtkazilgan yirik xalqaro shaxmat turniri oʻz yakuniga yetdi. Aylana tizimida boʻlib oʻtgan mazkur musobaqada Oʻzbekiston sharafini grossmeyster Javohir Sindarov muvaffaqiyatli himoya qildi.Mamlakatimizning ikkinchi raqamli shaxmatchisi yetti nafar kuchli raqiblari bilan sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bordi.Kecha boʻlib oʻtgan 7-tur bahsida Sindarov qora donalarda ukrainalik shaxmat afsonasi Vasiliy Ivanchukka qarshi bahs olib bordi va oʻyinni durang b
Toshkentda “Raqamli kommunikatsiyalar hamda ijtimoiy tarmoqlarhtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end V mintaqaviy seminar ish boshladi
Milliy Olimpiya qo'mitalari assotsiatsiyasi, Osiyo Olimpiya kengashi, 'Aichi-Nagoya ' 2026' yozgi Osiyo o'yinlari tashkiliy qo'mitasi va 15 ta Milliy Olimpiya qo'mitalarining media yo'nalishi vakillari, Sport vazirligi mas'ul xodimlari ishtirok etishmoqda.Tadbirda nufuzli xalqaro tashkilotlarning ekspertlari ishtirokchilarga ijtimoiy tarmoq bilan ishlashda sun'iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo'yicha o'z bilimlari bilan o'rtoqlashishadi.Shuningdek, bir qator Milliy Olimpiya qo
Oʻzbekiston Superligasidagi eng qimmat futbolchi kim?
Oʻzbekiston Superligasida toʻp surayotgan futbolchilarning transfer qiymatlari yangilandi. 'Transfermarkt' portalining soʻnggi baholashiga koʻra, bir qator futbolchilarning narxi sezilarli darajada oshgan, ayrimlariniki esa keskin pasaygan. Jumladan, tajribali hujumchi Igor Sergeyevning transfer narxi 200 ming yevroga koʻtarilib, 1 million yevroga yetdi. U 'Paxtakor'ga qaytgach, 12 oʻyinda 10 gol va 2 assistga mualliflik qilib, yuqori saviyadagi formasini isbotladi.Hozirda Oʻzbekiston che
Akbar Jo‘rayev mutlaq Osiyo chempioni!
Olimpiada chempioni va sovrindori Akbar Jo'rayev yana bir bor yuksak mahorat ko'rsatib, barcha yo'nalishda eng yaxshi ko'rsatkichlarni qayd etdi (183, 223 va 406 kg) va 3 ta oltin medalni qo'lga kiritdi. Ushbu dasturda Jo'rayevdan keyingi natijani ko'rsatgan boshqa bir vakilimiz Sharofiddin Amriddinov (181, 214 va 295 kg) esa 3 ta kumush medal bilan taqdirlandi.Ushbu natijadan keyin terma jamoamiz hisobidagi medallar 3 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronzaga yetib, umumjamoa hisobida uchinchi o'r