Murodjon Ahmadaliyev umidlari soʻnib borayotganini maʼlum qildi

Ushbu intervyuda charm qoʻlqop ustamiz yana bir bor divizionning mutlaq chempioni Naoya Inoue haqida gapirdi.
'Men buni har doim aytganman: boksda qoidalar bor. Men u bilan jang qilmoqchiman. Men majburiy daʼvogarman. Ikki yoʻnalish boʻyicha sobiq chempionman. Eng yaxshi janglarni oʻtkazayotgan ham menman. Bu vazndagi eng yaxshi bokschi ' Inoue. Negadir bu jang hech qachon boʻlmaydigandek tuyilmoqda',' deydi Ahmadaliyev.
Maʼlumki, Murodjon Ahmadaliyev ikki yildan beri yaponiyalik bokschiga jang chaqirigʻi yoʻllab keladi. Inoue shu vaqt oraligʻida biror marta Ahmadaliyevning chorlovlariga aniq javob bergan emas.
'18 oy ichida WBA tomonidan qoʻyilgan uchta majburiyatni bajardim. Inoue jang qilishni istamasa, men nima ham qila olaman? Buyuk chempionlar har doim oʻz kamarlarini himoya qilishgan. Inouening bahonalarini eshitish kulgili. Men dunyodagi eng yaxshi jangchiga qarshi ringa koʻtarilish uchun har qanday joyga borishga tayyorman', ' deb qoʻshimcha qiladi bokschi.
Avvalroq, WBA tashkiloti prezidenti Xilberto Mendosa Inoue 24-yanvar kungi jangini oʻtkazib olganidan keyin majburiy ravishda Murodjon Ahmadaliyevdan chempionlik kamarlarini himoya qilishiga topshiriq bergan edi. Shunga qaramay Ahmadaliyev va Inoue oʻrtasidagi jangning tashkil etilishi soʻroq ostida qolmoqda.
Shuningdek, 'Matchroom Boxing' promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn WBA rahbarlari yaponiyalik jahon chempionidan kamarini olib qoʻyishi shartligini aytgan.
Britaniyalik promouterning soʻzlariga koʻra, ikkinchi yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni boʻlib turgan Naoya Inoue WBA kamari uchun majburiy daʼvogar Murodjon Ahmadaliyevga qarshi jang oʻtkazishdan ochiqchasiga qochmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 15-dekabr kuni Murodjon Ahmadaliyev meksikalik Rikardo Espinosa ustidan gʻalaba qozonib WBA Interim kamari sohibiga aylangan edi.
Toshkentda “Raqamli kommunikatsiyalar hamda ijtimoiy tarmoqlarhtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end V mintaqaviy seminar ish boshladi
Milliy Olimpiya qo'mitalari assotsiatsiyasi, Osiyo Olimpiya kengashi, 'Aichi-Nagoya ' 2026' yozgi Osiyo o'yinlari tashkiliy qo'mitasi va 15 ta Milliy Olimpiya qo'mitalarining media yo'nalishi vakillari, Sport vazirligi mas'ul xodimlari ishtirok etishmoqda.Tadbirda nufuzli xalqaro tashkilotlarning ekspertlari ishtirokchilarga ijtimoiy tarmoq bilan ishlashda sun'iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo'yicha o'z bilimlari bilan o'rtoqlashishadi.Shuningdek, bir qator Milliy Olimpiya qo
Mahmud Murodov Pragadagi turnirda Patrik Kinslni magʻlub etdi
Chexiya poytaxti Pragada oʻtkazilgan 'Oktagon 72' turnirida aralash yakkakurashlar (MMA) boʻyicha navbatdagi yirik musobaqa boʻlib oʻtdi. Turnir doirasida oʻzbekistonlik mashhur jangchi Mahmud Murodov asosiy janglardan biri ' 'co-main event' doirasida oktagonga koʻtarildi. U mezbon jangchi Patrik Kinslga qarshi oʻrta vazn toifasida kuch sinashdi. Ushbu bahs 'Oktagon' promoushenining vaqtinchalik chempionlik kamarini qoʻlga kiritish uchun muhim ahamiyatga ega edi.Jang toʻliq besh raund d
Nodirbek Abdusattorov yana bir yirik turnirda ishtirokini boshladi
Bugundan Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida nufuzli 'Sharjah Masters 2025' shaxmat turniri oʻz boshlandi. Turnirda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan kuchli shaxmatchilar ishtirok etmoqda.Kecha Ruminiyaning Buxarest shahrida oʻz yakuniga yetgan 'Superbet Chess Classic' turnirining soʻnggi turida qatnashgan grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov dam olishga ulgurmasdan, bugun yangi musobaqaning ilk turida donalar surishni boshlaydi.U turnirda birinchi raqam ostida ta
Taekvondo WT: Sultonbek Nabiyev — chempion!
Musobaqaning ilk kunida hamyurtimiz Sultonbek Nabiyev 37 kilogrammgacha vazn toifasida kechgan bahslarda barcha raqibini mag'lub etib, jahon chempioni bo'ldi.Eslatib o'tamiz, iqtidorli hamyurtimiz final jangida serbiyalik raqibidan ustun keldi.