calendar 31 Jan 15:22
eye 65
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shomurodovning goli “Roma”ni keyingi bosqichga olib chiqdi. U jamoada qoladimi?

image
'Roma' klubi bosh murabbiyi Klaudio Raneri Eldor Shomurodovning 'Ayntraxt'ga qarshi bahsdagi oʻyinidan mamnunligini bildirdi va uni jamoada olib qolishga qaror qilganini maʼlum qildi. Oʻzbekistonlik hujumchi Rim klubi uchun muhim gol urib, jamoasining pley-off bosqichiga chiqishiga katta hissa qoʻshdi.

Gap shundaki, 'Roma' Yevropa Ligasi guruh bosqichining soʻnggi turida 'Ayntraxt Frankfurt'ga qarshi maydonga tushdi. Jamoa ushbu oʻyinda faqat gʻalaba qozonsa, keyingi bosqichga yoʻl olishi mumkin edi. Angelinoning golidan soʻng, Rim klubi hujumlar uyushtirishda davom etdi. Ikkinchi boʻlimning 67-daqiqasida maydonga tushgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov 69-daqiqada ajoyib tarzda hisobni 2:0 ga yetkazdi.

Oʻyindan soʻng, Klaudio Raneri Shomurodovning harakatlariga yuqori baho berdi. U oʻzbekistonlik futbolchini jamoada olib qolishga qaror qilganini taʼkidladi.

'Men unga aytdim: 'Sen jamoada qolasan. Aks holda, men kimga jahlimni koʻrsataman?' (kuladi) . U har doim jamoaga ijobiy ruh bagʻishlaydi. Hamjamiyat uni sevadi, futbolchilar ham unga yaxshi munosabatda. U maydonda borini berib oʻynaydi va bu juda muhim', ' dedi Raneri.

Oʻzbekistonlik hujumchi soʻnggi paytlarda zaxiradan maydonga tushayotgan boʻlsa ham, oʻz imkoniyatidan unumli foydalanmoqda. Uning tezkorligi, raqib jarima maydonida harakat qilish qobiliyati va aniq zarbalari murabbiyning ishonchini oqlamoqda. Avvalroq Shomurodovning 'Venetsiya' klubiga oʻtishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:48
 
565
0
xs.uz

Nodirbek Abdusattorov Ruminiyadagi turnirda 26 ming AQSH dollar ishlab oldi

Ruminiyaning Buxarest shahrida boʻlib oʻtgan klassik shaxmat boʻyicha nufuzli 'Superbet Chess Classic Romania 2025' xalqaro turniri yakunlandi. Aytish kerakki, 'Grand Chess Tour' tasnifiga kiruvchi mazkur musobaqaning umumiy mukofot jamgʻarmasi 350 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Turnirda dunyoning kuchli grossmeysterlari qatorida yurtimiz sharafini Nodirbek Abdusattorov ham himoya qildi.Hamyurtimiz soʻnggi ' toʻqqizinchi turda amerikalik Uesli Soga qarshi oq donalarda harakat qildi va d

31 May 08:50
 
34
0
xs.uz

Farg‘ona voleybol bo‘yicha html5-dom-document-internal-entity1-quot-endMillatlar ligasihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end musobaqasiga mezbonlik qiladi

Bugun Farg'ona xalqaro aeroportida ushbu nufuzli musobaqaning ilk mehmonlari ' Eron va Qozog'iston terma jamoalari tantanali tarzda kutib olindi.Ularni viloyat hokimi o'rinbosari Sh.Polvonov, sport boshqarmasi boshlig'i N.Hakimov hamda keng jamoatchilik vakillari, sport ishqibozlari samimiy qarshi oldilar.

13 Jun 00:40
 
33
0
xs.uz

“Manchester Siti” klublar oʻrtasidagi jahon chempionati uchun tarkibni eʼlon qildi. Unda Husanovga joy topildimi?

Angliyaning 'Manchester Siti' klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida jamoasi sharafini himoya qiladigan futbolchilarning roʻyxatini tasdiqladi.Unda avvalroq klubdan ketishini eʼlon qilgan Kevin De Bryuyne, 'Milan'dan qaytgan Kayl Uoker va yarim himoyachi Jek Grelish kiritilmagan. Bu futbolchilarning oʻrniga tarkibda jamoaga yangi kelganlar ' 'Lion'dan koʻchib oʻtgan Rayan Sherki, avval 'Milan' sharafini himoya qilgan Teyani Reynders va oʻtgan mavsum 'Vu

31 May 08:50
 
37
0
xs.uz

Safina Sa’dullayeva Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Hamyurtimiz musobaqada 1.86 metr natija qayd etishga erishdi. Shuningdek, bugun ishtirokini yakunlagan yurtdoshlarimizdan O'g'iloy Norboyeva yetti kurash dasturida 5461 ochko jamg'arib to'rtinchi, uzunlikka sakrash sektorida esa Anvar Anvarov 7.98 metr bilan beshinchi natijani qayd etdi.