Mudofaa va ichki ishlar vazirlari qatnashgan choʻmilish tadbirida 7 kishi vafot etdi – Hindiston

Xabarda aytilishicha, 29-yanvar kuni festival ishtirokchilari choʻmilish tadbirini oʻtkazmoqchi boʻlishgan. Millionlab odamlarning bir vaqtda choʻmilishga urinishi oqibatida ommaviy tiqilinch yuzaga keldi. Natijada 7 kishi vafot etib, oʻnga yaqin inson jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.
Rasmiylarning taʼkidlashicha, fojia oqibatida jabrlangan va vafot etganlarning soni karrasiga ortishi mumkin.
'Choʻmilish uchun yigʻilganlarning baʼzilari tiqilinch oqibatida yiqilib tushdi. Olomon bunga eʼtibor bermay yiqilganlarni tepkilab oʻtib ketaverishdi. Bu eʼtiborsizlik oqibatida onam ham vafot etdi', ' deydi festival ishtirokchilaridan biri.
Shuningdek, Hindiston Mudofaa vaziri Rajnat Singx va Ichki ishlar vaziri Amit Shoh kabi mansabdor shaxslar ham festival qatnashchilari orasida boʻlgan.
'Mahalliy maʼmuriyat jabrlanganlarga har tomonlama yordam beradi. Yaqinlarini yoʻqotgan barchaga hamdardlik bildiramiz', ' deydi Hindiston bosh vaziri Narendra Modi.
'Kumbh Mela' mamlakatdagi eng katta festivallardan biri hisoblanib, har yili 100 millionga yaqin ishtirokchilarni qamrab oladi. Olti hafta davom etadigan festivalning eng qutlugʻ kunida oʻn millionlab odamlar bir vaqtning oʻzida choʻmilish uchun yigʻilishadi. Bu esa odamlarning hayotini xavf ostida qoldiradi.
Maʼlumot uchun, ushbu fojia 'Kumbh Mela' festivali tarixidagi birinchisi emas. 2013-yildagi festivalda ham ommaviy tiqilinch yuzaga kelib, natijada 36 nafar inson vafot etgan.
Polshaning saylangan prezidenti Ukraina boʻyicha kutilmagan bayonot berdi
Polshaning saylangan prezidenti Karol Navroskiy Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga tezlashtirilgan qabul qilinishiga qarshi chiqdi. Bu haqda u Vengriyaning 'Mandiner' jurnaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Hozirda men Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishiga qarshiman', ' deydi u. Navroskiyning taʼkidlashicha, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga aʼzoligi Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti va qishloq xoʻjaligiga zarar yetkazadi.'Saylov kampaniyasi davomida men prezident sifatida Polsha qishloq
Avstriyada xavfli vaziyat: maktabdagi otishma mamlakat rasmiylarini oʻylantirib qoʻydi
Avstriya hukumati mamlakatdagi maktab otishma voqeasidan soʻng qurolga egalik qilishga oid qonunlarni kuchli nazoratga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Avstriya bosh vaziri Kristian Shtoker ORF radiosiga bergan intervyusida maʼlum qildi. Unga koʻra, qonunchilikdagi oʻzgarishlar asosan qurol xaridi va egasi boʻlish shartlariga qaratiladi.Shtokerning aytishicha, yangi chora-tadbirlar orasida qurol egalik qilish uchun yosh cheklovlarini aniqlashtirish, ayrim qurollarni tartibga solish mexani
Garvardda oʻqishni xohlovchi xorijliklarning AQSHga kirishi cheklandi
AQSH prezidenti Donald Tramp Garvard universitetida oʻqish yoki uning almashinuv dasturida qatnashishni xohlovchi xorijliklarning mamlakatga kirishini kamida olti oyga chekladi. Bu haqda Oq uy veb-saytida eʼlon qilingan bayonotda aytib oʻtildi.AQSH Taʼlim vazirligi 15-aprel kuni Garvard universitetiga grant sifatida taqdim etiladigan 2,2 milliard dollar miqdoridagi mablagʻdan mahrum qilishini eʼlon qildi.22-may kuni AQSH ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem universitet xorijlik talabalarni
Falastinda oziq-ovqat tarqatish atrofida mojaro kuchaydi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ochlikdan aziyat chekkan falastinliklarning BMT omboriga bostirib kirgani aks etgan. HAMASning maʼlum qilishicha, omborga kirgan 5 kishi otib oʻldirilgan. Maʼlumotlarga koʻra, guruh BMTdan olingan mahsulotlarni aholiga yuqori narxlarda sotishni rejalashtirgan.Isroil qariyb ikki oy davomida Gʻazoga gumanitar yordam kirishini cheklagan edi. Faqatgina oʻtgan haftadan boshlab yuklar qayta kiritila boshlandi. Endi yordam tarqatishni HAMAS emas, AQSHning