calendar 31 Jan 15:22
eye 222
comments 0
comments Manba: xs.uz

“DeepSeek” AQSH moliya bozoriga 1 trillion dollarga tushdi

image
Xitoyning 'DeepSeek' nomli sunʼiy intellekt modelining ommaga taqdim etilishi va u tufayli kelib chiqqan vahimalar ortidan AQSH moliya bozori 1 trillion dollar atrofida mablagʻ yoʻqotdi.

Bunga sabab Amerika kompaniyalarining 'OpenAI' kabi sunʼiy intellekt dasturlari uzoq vaqt hamda milliardlab dollar sarflab yaratilgan. Xitoycha chat-bot esa sanoqli oylarda, bor-yoʻgʻi 6 million dollar evaziga tayyor holatga keldi. Unda aniqlanayotgan ayrim kamchiliklarga qaramay, SI yaxshi natijalar koʻrsatgan.

Yangilik AQSH fond bozorida tartibsizlik keltirib chiqardi. Oʻtgan yili sunʼiy intellekt orqali dunyoning eng boy kompaniyasiga aylangan 'NVIDIA' aksiyalari deyarli 17 foizga tushib ketdi va bir kunda 589 mlrd dollar yoʻqotdi. Bu AQSH fond bozori tarixidagi eng katta kunlik yoʻqotish hisoblanadi.

Bundan tashqari 'Microsoft' 130 milliard, 'Google' esa 80 milliard dollar miqdorida zarar koʻrdi. 'Tesla', 'Meta' va 'Amazon' aksiyalari ham keskin tushib ketgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
33
0
xs.uz

Polshaning saylangan prezidenti Ukraina boʻyicha kutilmagan bayonot berdi

Polshaning saylangan prezidenti Karol Navroskiy Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga tezlashtirilgan qabul qilinishiga qarshi chiqdi. Bu haqda u Vengriyaning 'Mandiner' jurnaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Hozirda men Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishiga qarshiman', ' deydi u. Navroskiyning taʼkidlashicha, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga aʼzoligi Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti va qishloq xoʻjaligiga zarar yetkazadi.'Saylov kampaniyasi davomida men prezident sifatida Polsha qishloq

15 Jun 20:14
 
83
0
xs.uz

Avstriyada xavfli vaziyat: maktabdagi otishma mamlakat rasmiylarini oʻylantirib qoʻydi

Avstriya hukumati mamlakatdagi maktab otishma voqeasidan soʻng qurolga egalik qilishga oid qonunlarni kuchli nazoratga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Avstriya bosh vaziri Kristian Shtoker ORF radiosiga bergan intervyusida maʼlum qildi. Unga koʻra, qonunchilikdagi oʻzgarishlar asosan qurol xaridi va egasi boʻlish shartlariga qaratiladi.Shtokerning aytishicha, yangi chora-tadbirlar orasida qurol egalik qilish uchun yosh cheklovlarini aniqlashtirish, ayrim qurollarni tartibga solish mexani

08 Jun 02:27
 
141
0
xs.uz

Garvardda oʻqishni xohlovchi xorijliklarning AQSHga kirishi cheklandi

AQSH prezidenti Donald Tramp Garvard universitetida oʻqish yoki uning almashinuv dasturida qatnashishni xohlovchi xorijliklarning mamlakatga kirishini kamida olti oyga chekladi. Bu haqda Oq uy veb-saytida eʼlon qilingan bayonotda aytib oʻtildi.AQSH Taʼlim vazirligi 15-aprel kuni Garvard universitetiga grant sifatida taqdim etiladigan 2,2 milliard dollar miqdoridagi mablagʻdan mahrum qilishini eʼlon qildi.22-may kuni AQSH ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem universitet xorijlik talabalarni

31 May 08:50
 
27
0
xs.uz

Falastinda oziq-ovqat tarqatish atrofida mojaro kuchaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ochlikdan aziyat chekkan falastinliklarning BMT omboriga bostirib kirgani aks etgan. HAMASning maʼlum qilishicha, omborga kirgan 5 kishi otib oʻldirilgan. Maʼlumotlarga koʻra, guruh BMTdan olingan mahsulotlarni aholiga yuqori narxlarda sotishni rejalashtirgan.Isroil qariyb ikki oy davomida Gʻazoga gumanitar yordam kirishini cheklagan edi. Faqatgina oʻtgan haftadan boshlab yuklar qayta kiritila boshlandi. Endi yordam tarqatishni HAMAS emas, AQSHning