Bu haqda 13-dekabrda boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida topshiriq berilgan edi. Shunga muvofiq, jahon tajribasi va hayot talabini inobatga olgan holda, qator takliflar ishlab chiqildi.
Jumladan, 'Ayollar daftari' va 'Yoshlar daftari' orqali ijtimoiy yordamlar 'Kambagʻal oilalar reyestri'ga kirgan oilalarga koʻrsatilishi belgilanmoqda. Bunda mablagʻlarni tuman va shaharlardagi aholi, nogiron shaxslar va kambagʻal oilalar soniga mutanosib ravishda taqsimlash tartibi joriy etilmoqda.
Oilaning kambagʻal deb eʼtirof etilishi uning aʼzolaridan qoʻshimcha ariza va hujjatlarni talab etmagan holda ijtimoiy yordamlar koʻrsatilishiga asos boʻladi.
Shu bilan birga, samarasiz va talab yuqori boʻlmagan ijtimoiy yordamlar maqbullashtirilib, 28 turdagi ijtimoiy yordamning yagona roʻyxati tasdiqlanadi. Ijtimoiy daftarlar hisobidan ajratiladigan davolanish va jarrohlik amaliyoti xarajatlarini Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi orqali moliyalashtirish tartibi joriy etiladi.
Tuman (shahar) hokimliklari huzurida yuridik shaxs boʻlmagan 'Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik' jamgʻarmalari tashkil etiladi. Uning mablagʻlari hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-amaliy va infratuzilmaviy muammolarini bartaraf etish, sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va sportni rivojlantirish, ekologiya va atrof-muhitni asrash tadbirlariga sarflanadi.
Davlatimiz rahbari nogironligi boʻlgan bolalarga alohida mehr-eʼtibor koʻrsatish xayrli ekanini aytgan edi.
Shu bois 3-18 yoshdagi nogironligi boʻlgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatini yoʻlga qoʻyish taklif etilmoqda. Unga bolalar ota-onalar bilan tuzilgan ijtimoiy shartnoma hamda Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi asosida qabul qilinadi.
Joriy yil yakuniga qadar bu xizmatlar bilan 2 mingga yaqin ogʻir nogironligi boʻlgan bolalarni qamrab olish rejalashtirilmoqda. Bu ularning onalari uchun ishlash va taʼlim olish kabi imkoniyatlar yaratib, oila farovonligiga xizmat qiladi.
'Bolalar salomatligi' axborot tizimi ishga tushirilib, har bir farzandga qoʻyilgan tashxis tahlil qilib boriladi. Ularga tibbiy, reabilitatsiya, taʼlim, ijtimoiy xizmatlar kompleks ravishda koʻrsatiladi.
Bunday muassasalarga har bir bola uchun subsidiya va xaridlar uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi. Ota-onalarning kunduzgi parvarish xizmatidan foydalangani uchun oyiga 3 million soʻmgacha boʻlgan toʻlovlaridan soliq olinmaydi.
Taqdimotda oilalarni kambagʻallikdan chiqarishga koʻmaklashish tadbirlari haqida ham axborot berildi.
Bu jarayon 'yetti imkoniyat va masʼuliyat' tamoyili asosida tashkil qilingan. Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, daromadi va mulkni baholaydigan 'Kambagʻal oilalar reyestri' axborot tizimi ishga tushirilgan.
Shu asosida, 48 ming fuqaro ishga joylashtirildi, 10 mingdan ziyodi kasbga oʻqitildi, 14 ming nafariga kredit va subsidiyalar ajratildi. 140 ming oilaga shifokorlar biriktirildi, 38 ming fuqaroga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatildi. 32 ming bola bogʻchaga joylashtirilib, qariyb 7 ming yoshlar kirish imtihoniga tayyorlash uchun universitetlarga biriktirildi.
Davlatimiz rahbari takliflarni maʼqullab, kambagʻallik reyestrini oilalarning mehnatga layoqatiga qarab tabaqalashtirish, mehnatga layoqatli boʻlmaganlarni davlat ijtimoiy himoyasiga olish, ularni ijtimoiylashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.
Bundan buyon xususiy oliygohlardagi pedagogik yoʻnalishlar davlat institutlari bilan bir xil boʻladi — Prezident.
Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida Avloniy malaka oshirish institutining 13 ta hududiy markazidagi yondashuvlarni ham, dasturlarni ham tubdan oʻzgartirish zarurligi taʼkidlandi.Masalan, Jizzax malaka oshirish markazidagi 60 nafar professor-oʻqituvchining barchasi AQSH, Buyuk Britaniya, Singapur, Germaniyani yetakchi oliygohlari dasturlari asosida qayta tayyorlanadi.Shu bilan birga, maktabdagi 17 ta fanni har biri boʻyicha alohida tayanch maktablari boʻladi.Har bir
Ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
2025-yil 16-may kuni qabul qilingan 'Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida'gi qonunga (OʻRQ-1063-son) muvofiq, tadbirkorlik subyektlariga bir qator soliq imtiyozlari taqdim etildi. Ushbu oʻzgartirishlar pivo va tamaki mahsulotlari savdosi, parrandachilik sohasi hamda bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga tegishli.Qonunga koʻra, endilikda pivo va pivo ichimliklari, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlar bel
MMTV qoshida Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan maktab taʼlimi yuzasidan videoselektor yigʻilishida bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish boʻyicha koʻp ishlar qilinayotgani, bu borada alohida qonun ham qabul qilingani qayd etildi.'Toʻgʻri, bugungi kunda yoshlar maʼnaviyati bilan hamma shugʻullanyapti.Lekin, zararli axborotlarga qarshi tura oladigan milliy kontent yaratish, ularni targʻiboti, ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha professional tashkilot yoʻq', dedi Prezi
Bundan buyon tuman MMTB rahbarlari sohaga bogʻliq boʻlmagan yigʻilishlarga jalb qilinmaydi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan videoselektor yigʻilishida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish uchun 900 ga yaqin teatr, madaniyat markazlari va konsert zallari, hududlarda 1,5 mingga yaqin sport maydonchalari, 200 ta oromgoh, 2 mingdan ortiq turizm obyektlari imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish zarurligi taʼkidlandi.Mutasaddilarga joylardagi amfiteatr va sayilgohlarda har kuni konsert va musiqa kechalari oʻtkazish, madaniyat va istirohat bogʻlarida sanʼat ko