Prezident Shavkat Mirziyoyev ulkan va noyob loyiha - Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi

Bu majmua tariximizda ilgari bo'lmagan ulkan va noyob loyihadir. Bugungi kunda muhtasham bino qad rostlab, qurilish yakuniy bosqichga kirgan.
Ushbu markaz Prezidentimizning 2017 yil 23 iyundagi qaroriga binoan boshlanib, 2018 yilgi Ramazon hayiti kuni davlatimiz rahbari' uning poydevoriga tamal toshi qo'ygan edi.
Bag'oyat ulug'vor markaz binosi uch qavatni tashkil etib, qadimgi' me'moriy obidalarimiz shaklida bunyod etilmoqda. Milliy gumbaz va peshtoqlar, naqshlarning ajoyib uyg'unligi unga alohida ko'rk va salobat bag'ishlagan. Majmuaning to'rt tomonida balandligi 34 metrli peshtoqlar, o'rtada 65 metrli gumbaz qurilgan.
Markazning eng asosiy qismida Qur'oni karim zali bunyod etilmoqda. Bu yerda musulmon dunyosining ma'naviy durdonasi ' qadimiy Usmon Mushafi joylashtiriladi. Shuningdek, somoniylar, qoraxoniylar, xorazmshohlar, O'zbekxon, temuriylar va boshqa tarixiy sulolalar davrida bitilgan muqaddas kitobimiz nusxalari va ularning eski o'zbek tilidagi tarjimalari qo'yiladi. Jahondagi eng nodir qo'lyozma Qur'onlardan namunalar ham o'rin oladi.
Foto: Xasan Paydoyev / 'Xalq so'zi'
“Planet 9” kompaniyasi bilan O‘zbekistondagi megaloyihaning yangi vizual konsepsiyalari ko‘rib chiqildi
Ayni paytda Markaz ekspozitsiyalarini boyitish, kontentini kengaytirish maqsadida bir qator xorijiy mutaxassislar, IT kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.'Planet 9' kompaniyasi bilan Markaz ekspozitsiyasidagi 'Vaqt devori' loyihasini amalga oshirish bo'yicha muhokama olib borildi.Markaz ekspozitsiyasi Qur'on zali, Islomgacha bo'lgan davr sivilizatsiyalari, Birinchi va Ikkinchi Renessans, 'Yangi O'zbekiston ' Yangi Renessans' kabi zallarni o'z ichiga oladi. Har bir zal bo'ylab o'tadig
Prezident Buloqboshida mahalliy mahsulotlar sifatini koʻzdan kechirdi
Mamlakatimizda xomashyoni qayta ishlab, qo'shilgan qiymat yaratishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Mazkur korxona ham mato to'qish, bo'yash va tayyor trikotaj ishlab chiqarish yo'nalishidagi yirik loyihalardan biri.Bu yerda yiliga 4 million 200 dona, 50 turdagi mahsulotlar tayyorlanadi.''Mingga yaqin fuqaro ish bilan ta'minlangan.''Xodimlar malakasini oshirish ham e'tiborda. Buning uchun dizaynerlik markazi tashkil etilgan.Turkiya, Germaniya va Xitoydan keltirilgan ilg'or uskunalar ish unumdorl
Qashqadaryoda qoʻlbola aroq ishlab chiqaruvchi yashirin sex aniqlandi
Qashqadaryoda fuqaro oʻz xonadonida yashirin sex tashkil etib, isteʼmolga yaroqsiz qoʻlbola alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotganligi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Departamentning Shahrisabz shahri boʻlimi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.A. fuqaro I.X.ning Shahrisabz tumani, 'Istiqbol' MFY hududidagi xonadonida yashirin sex tashkil etib, qoʻlbola usulda isteʼmol
Buxoroda “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” toʻrt jildligi taqdimoti oʻtkazildi
Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Buxoro davlat universitetida 'Alisher Navoiy ensiklopediyasi' toʻrt jildligi hamda zahmatkash olim Ibrohim Haqqulning 'Navoiyga qaytish ' 5', 'Mushohada yogʻdusi ' 3', 'Soʻzboshi: irfon va ishonch' kitoblari taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbirda adabiyotshunos olim va tadqiqotchilar, talaba yoshlar, sheʼriyat ixlosmandlari ishtirok etdi.Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbek tilini rivojlantirish