Samarqand viloyatining bir qator shahar va tumanlarining chegaralarini o‘zgartirish masalasi ko‘rib chiqildi

Unda Senat a'zolari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari doimiy komissiyalari raislari, ekspertlar, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Majlisda 'O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasiga o'zgartirish kiritish to'g'risida'gi Qonun muhokama qilindi.
Ma'lumki, jahonda kuzatilayotgan beqarorlik, ommaviy tartibsizliklar va keskinliklar bir qator davlatlarning tinchligiga putur yetkazib, xalqlarning o'zaro do'stligi hamda osoyishtaligiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgani inobatga olib, muhokama qilingan Qonun bilan respublikamizda ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida o'quvdan o'tganlik, ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.
Qonunning qabul qilinishi ommaviy tartibsizliklar bilan bog'liq ayrim harakatlar uchun javobgarlik choralari kuchaytirilishini, ushbu turdagi jinoyatlarni profilaktika qilish mexanizmi takomillashtirilishini ta'minlaydi.
Bundan tashqari, Qo'mita majlisida 'O'zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o'tayotgan mahkumlar uchun masofali video-uchrashuvlar o'tkazish imkoniyatini yaratishga qaratilgan o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida'gi Qonun ham ko'rib chiqildi.
Qonun bilan tizimda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali mahkumlarning huquqlarini yanada kengaytirish, bu orqali jinoyat-ijroiya qonunchiligini xalqaro normalarga muvofiqlashtirish maqsad qilingani, Qonun mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularning yaqin qarindoshlari bilan masofadan turib video-uchrashuvlar o'tkazishi uchun imkoniyat yaratishga xizmat qilishi aytib o'tildi.
Shu bilan birga, Qo'mita majlisida Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralarini o'zgartirish to'g'risidagi masala ham muhokama qilindi.
Ta'kidlaganidek, Vazirlar Mahkamasining taklifiga asosan Samarqand tumanidan 170 gektar va Oqdaryo tumanidan 243 gektar yer maydoni Samarqand shahri tarkibiga o'tkazilishi nazarda tutilmoqda.
Majlisda qaror loyihasi tegishli mahalla fuqarolar yig'inlari, xalq deputatlari Samarqand shahar, Samarqand va Oqdaryo tumanlari hamda viloyat Kengashlarida muhokama qilinib, chegaralarning kartografik chizmasi va chegaralar chizig'ining tasnifi ma'qullangani qayd etildi.
Shuningdek, qaror loyihasida hududning chegaralarini o'zgartirish va unda belgilangan vazifalarni tizimli amalga oshirish maqsadida Hukumatga kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklatilmoqda.
Qayd etilganidek, mazkur tuman va shahar chegaralarining o'zgarishi bilan 'Shirin' zamonaviy ishbilarmonlik markazi tashkil etilib, ushbu hududda 254 ta ko'p qavatli uy-joylar, 19 ta ishbilarmonlik va biznes markazlari, 50 ta ijtimoiy soha ob'yektlari, 89 ta ko'ngilochar va savdo komplekslari hamda tarixiy shaharcha barpo etilishi nazarda tutilmoqda.
Mazkur o'zgartirishlar Samarqand viloyati aholisi uchun munosib yashash sharoitini yaratishga, Samarqandning me'moriy qiyofasini yanada yaxshilashga va obodonlashtirishga, xorijiy va mahalliy investorlar uchun jozibadorligini oshirishga, shuningdek, shaharning turizm salohiyatidan samarali foydalanilishiga xizmat qilishi ta'kidlandi.
Muhokama yakunida Qo'mitaning tegishli qarorlari qabul qilindi.
Foto: Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi'
Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi
Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik
Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi
Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202
Toʻrtta viloyatda “valyutchik”lar qoʻlga olindi
Departamentning Xonobod shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.R. fuqaro A.T.ga 3 000 AQSH dollarini 38,7 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, 3 000 AQSH dollari, 35 950 Rossiya rubli va 3 000 qirgʻiz somi ashyoviy dalil sifatida olingan.Shu kabi, Departamentning Quyichirchiq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro U.B.ga 1 900 AQSH dollarini 24,7 million soʻmga,
Chiqindi poligonlarida ekosanoat zonalari tashkil etiladi
Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish va kompleks tizimlashtirish maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Unga koʻra, chiqindilarni qayta ishlash sohasida bir qator asosiy yoʻnalishlar belgilandi. Jumladan, mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030-yilgacha 50 foizga qisqartirish va yangi hosil boʻlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʻnaltirmasdan, ularni maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish belgiland