Unda shu tariqa qishloqda paypoq ishlab chiqaradigan chogʻroq korxona ochish niyati tugʻildi. Maqsad-ku yaxshi. Ammo uni roʻyobga chiqarish anoyi ish emas. Aniq reja, sarmoya kerak. Biznesga pul tikish uchun choʻntak baquvvat boʻlishi zarur. Abdurahmon ancha vaqt ana shunday oʻylar girdobida yurdi. Nihoyat, oʻzi istiqomat qilayotgan 'Xalach' mahalla fuqarolar yigʻinidagi hokim yordamchisiga uchrashdi.
' Oʻzaro maslahatlashgach, hokim yordamchisining yoʻl-yoʻrigʻi bilan ishga kirishdim, ' deydi A. Ahmedov. ' Puxta biznes-reja tuzdim. Moliyaviy muassasalar u bilan tanishib, qoʻllab-quvvatlaydigan boʻlishdi. Hokim yordamchisi tavsiyasi asosida 'Biznesni rivojlantirish banki' aksiyadorlik tijorat banki hamda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, 'Har bir oila ' tadbirkor' dasturlari doirasida jami 194 million soʻm miqdorida imtiyozli kredit oldim.
Intiluvchan yigit bu mablagʻ hisobidan paypoq ishlab chiqaruvchi 22 ta uskuna xarid qildi. Mahalladagi ishsiz 12 fuqaroning bandligini taʼminladi. Muhimi, bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulot raqobatbardoshligi bois qisqa muddat ichida oʻz bozorini topdi. 'Endi navbat ' eksportga' deyishmoqda ayollarbop ish oʻrinlari yaratilganidan xursand xalachliklar. Aytmoqchi, korxonada yaqinda ichki kiyimlar ishlab chiqarish ham yoʻlga qoʻyildi.
Fargʻonada “Ibratli oila” koʻkrak nishonlari topshirildi
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. 15-may ' Xalqaro oila kuni munosabati bilan Fargʻona viloyatida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilib, bu boradagi milliy qadriyat va anʼanalarimiz keng targʻib etildi.Xususan, qutlugʻ sana munosabati bilan Fargʻona viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan tantanali tadbirda bir guruh namunali oila vakillariga 'Ibratli oila' koʻkrak nishoni topshirildi. Viloyat faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirlar jamiyatimizda bunday o
Nurafshon shahrida 1000 ta qush uyasi oʻrnatish aksiyasi boshlandi
Otabek ISROILOV/'Xalq soʻzi'. Nurafshon shahrida Butunjahon atrof-muhitni himoyalash kuni munosabati bilan ekologik aksiya boshlandi. Tadbir doirasida shahar boʻylab 1000 ta qush uyasi oʻrnatilishi rejalashtirilgan.' Maqsadimiz Nurafshon shahrida qushlar va insonlar uchun qulay ekologik muhit, barqaror ekotizim yaratishdir, ' dedi Nurafshon shahri hokimi Ilhom Qilichxonov.Ekomutaxassislar tomonidan amaliy koʻrsatmalar berildi. Shundan soʻng volontyor yoshlar, ekofaollar shahar boʻylab qush
Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanadi
Xalqimizga xos mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik, saxovat va bag'rikenglik kabi ezgu fazilatlar timsoli bo'lgan, asrlar davomida ma'naviy hayotimizda muhim o'rin tutib kelayotgan muborak Qurbon hayitining ahamiyati Yangi O'zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etish jarayonlari hal qiluvchi bosqichga kirayotgan bugungi sharoitda tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda ushbu qutlug' ayyomni har tomonlama munosib kutib olish va o'tkazish, shuningdek, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-a
Prezidentning “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi
Joriy yilning 5-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 'Iqtidorli mutaxassislarning xorijda taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlash, ularda kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish va ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida'gi 77-son Farmoni qabul qilindi.Farmonga koʻra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun eng munosib nomzodlarni saralash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 'El-yurt umidi' stipendiyasi