Bugun Nodirbek Abdusattorov amaldagi jahon chempioniga qarshi dona suradi

Bugun, 24-yanvar kuni musobaqaning 6-tur uchrashuvlari oʻtkaziladi.
Nufuzli turnirda hamyurtlarimiz ham ishtirok etishmoqda. Jumladan, 'Masters' guruhida Nodirbek Abdusattorov, 'Chellangers' guruhida esa Nodirbek Yakubboyev sovrinli oʻrinlar uchun bahs olib borishmoqda.
Beshinchi turdan soʻng Abdusattorov 3 gʻalaba va 2 durang bilan 4 ochko jamgʻargan holda qoʻshimcha koʻrsatkichlarga koʻra peshqadam boʻlib turibdi.
'Chellangers' guruhida qatnashayotgan Nodirbek Yakubboyev esa 2,5 ochko bilan 8-pogʻonada band qilgan.
Nodirbek Abdusattorov 6 tur doirasida bugungi kundagi asosiy raqiblaridan biri ' amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaradju bilan oq donalarda bahs olib boradi.
Bugungi bahs oldidan Abdusattorov hisobida 4, Gukeshda esa 3,5 ochko bor. Jahon chempioni qoʻshimcha koʻrsatkichlarga koʻra kuchli uchlikka yakun yasagan.
Hamyurtimiz Nodirbek Yakubboyev 6-tur doirasida germaniyalik Frederik Svenga qarshi oq donalarda bahs olib boradi.
Hamyurtlarimiz ishtirokidagi har ikki uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.
Eslatib oʻtamiz, Hindistonlik 18 yoshli Gukesh Dommaradju shaxmat tarixidagi eng yosh jahon chempioni hisoblanadi. U 2024-yilning 12-dekabr kuni jahon chempionligi uchun kurashda amaldagi champion Din Lirenni qora donalarda magʻlub qilgan edi.
Taniqli futbol mutaxassisi Bahodir Davlatov vafot etdi
Uzoq yillar davomida turli jamoalarda murabbiylik qilgan, Oʻzbek futboli rivojiga hissa qoʻshgan mutaxassis Bahodir Davlatov vafot etdi. Bu haqida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.Bugun, 18-aprel kuni uzoq yillar davomida turli jamoalarda murabbiylik qilgan, Oʻzbek futboli rivojiga hissa qoʻshgan sobiq professional futbolchi Bahodir Davlatov 60 yoshida olamdan oʻtdi.Bahodir Boyjonovich Davlatov 1964-yilning 15-iyul kuni Sirdaryo viloyati Yangiyer tumanida tugʻilgan. U futbol
Akbar Jo‘rayev mutlaq Osiyo chempioni!
Olimpiada chempioni va sovrindori Akbar Jo'rayev yana bir bor yuksak mahorat ko'rsatib, barcha yo'nalishda eng yaxshi ko'rsatkichlarni qayd etdi (183, 223 va 406 kg) va 3 ta oltin medalni qo'lga kiritdi. Ushbu dasturda Jo'rayevdan keyingi natijani ko'rsatgan boshqa bir vakilimiz Sharofiddin Amriddinov (181, 214 va 295 kg) esa 3 ta kumush medal bilan taqdirlandi.Ushbu natijadan keyin terma jamoamiz hisobidagi medallar 3 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronzaga yetib, umumjamoa hisobida uchinchi o'r
Oʻzbekiston MTJga mundial yoʻllanmasini taqdim etishi mumkin boʻlgan bahs kichik hajmli stadionda boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi safarda maydonga tushadi. Osiyo futbol konfederatsiyasi mazkur oʻyin boʻlib oʻtadigan stadion hamda uchrashuv vaqtlarini maʼlum qildi. Bu haqida Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining BAAga qarshi safardagi bahsi joriy yilning 5-iyun kuni Abu-Dabi'shahridagi 'Al Nahyan Stadium' stadionida boʻlib oʻtadi. Maz
Konkur bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi
Bellashuvlar yakuniga ko'ra, Bahromjon Gaziyev, Xurshid Alimjonov, Alisher Erkinov, Bekzod Qurbonov, Nurjan Tuyakbayev, Ashrafxon Ne'matov turli yo'nalishlarda chempionlikni qo'lga kiritishdi.Ahamiyatlisi, taqdirlash marosimida Italiya Respublikasining O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi ishtirok etib, mamlakatlarning mazkur sport turidagi hamkorligi yangi darajaga ko'tarilayotganini ta'kidladi.