1 ta golli xato, 1 ta kartochka, 83 foiz aniqlik: Husanovning “Man Siti”dagi debyuti qanday oʻtdi?

Taʼkidlash joizki, Husanov 'Man Siti' tarkibiga atigi 5 kun oldin kelib qoʻshilgan va bor yoʻgʻi bir marta toʻlaqonli mashgʻulot oʻtkazgan. Shunga qaramay, dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri Pep Gvardiola hamyurtimizga ishonch bildirib, eng muhim bahsda asosiy tarkibda tushirgani oʻzbek futboli tarixidagi yorqin voqeiylik sanaladi.
Uchrashuv hamyurtimiz uchun yaxshi start olmadi. Husanov 3-daqiqadayoq himoyada qoʻpol xatoga yoʻl qoʻydi. Natijada raqib hujumchisi Meduyekke jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Koʻp oʻtmay golli vaziyatga chiqib ketayotgan 'Chelsi' hujumchi Koul Palmerni qoʻpollik ishlatib toʻxtatishi orqali sariq kartochka ham ishlab oldi. Husanov tezda oʻzini tiklab olishga muvaffaq boʻldi hamda oʻyinning qolgan qismini ishonchli tarzda oʻtkazdi. 42-daqiqada Gvardiolning goli evaziga hisob tenglashdi.
Husanov ikkinchi boʻlimni ham asosiy tarkibda boshlagan boʻlsada 54-daqiqada zaxiraga olindi.
Oʻyinning qolgan vaqtida 'Man Siti' har jabhada 'Chelsi'dan ustun keldi. 68-daqiqada Holand va 87-daqiqada Foden tomonidan kiritilgan gollar Husanovning debyutida 'shaharliklar'ga muhim gʻalabani keltirdi. Ushbu gʻalaba bilan Pep shogirdlari 41 ochko toʻpladi va turnir jadvalida 4-oʻringa koʻtarilib olishdi.
Abduqodir Husanov 'Man Siti' tarkibidagi debyut oʻyinida 83 foiz aniq pas berdi. Hamyurtimiz oʻyin davomidagi harakatlari uchun yakunda 6.5 ball oldi.
Bahsdan soʻng koʻplab futbol mutaxassislari xatosi va kartochkasiga qaramasdan futbolchimizni qoʻllab quvvatlashdi.
Jumladan, 'Man Siti'ning sobiq himoyachisi Joleon Leksott jurnalistlarga bergan intervyusida bu kabi xatolar koʻplab nomdor oʻyinchilarda ham uchrab turishini, bundan fojia yasamaslik kerakligini taʼkidlab oʻtdi.
Jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola ham oʻyindan soʻng Abduqodir Husanovning 'Manchester Siti'dagi debyuti haqida gapirib oʻtdi.
'Husanov uchun oson boʻlmadi. U faqat bir marta mashgʻulot oʻtkazdi va darhol Nikolas Jekson, Koul Palmer, Noni Maduyeke, Jadon Sancho kabi kuchli hujumchilarga qarshi maydonga tushdi. Yosh futbolchi sotib olganingizda, bu tabiiy jarayon hisoblanadi. U oʻrganyapti. Bunday harakatlar ' olishingiz mumkin boʻlgan eng yaxshi darslardan biridir', ' deydi Gvardiola.
Shuningdek, Pep Gvardiola Abduqodir Xusanovning ingliz tilini bilmasligini, u bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilishda qiyinchiliklar boʻlayotganini ham qoʻshimcha qildi.
Eslatib oʻtamiz, 'Man Siti'ning navbatdagi oʻyini APL 24 turi doirasida, safarda Londonning 'Arsenal' jamoasiga qarshi boʻlib oʻtadi.
“Kim oladiyo shuginaniyo” yoxud “Liverpul” ikki hujumchisidan qutilmoqchi
'Napoli' jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte yozgi transfer oynasida tarkibni kuchaytirish maqsadida 'Liverpul'dan ikki futbolchini xarid qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 'La Repubblica' nashri xabar berdi.Nashrga koʻra, Italiya klubi rahbariyati Kontega transferlar boʻyicha toʻliq qoʻllab-quvvatlashga tayyor. Maʼlum qilinishicha, Konte jamoasini yangi hujumchi va qanot futbolchisi bilan toʻldirmoqchi. Neapolliklar aynan 'Liverpul' safidagi Darvin Nunyes va Federiko Kyezani asosiy nish
Oʻzbekiston MTJ amaldagi Jahon chempionlariga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazishi mumkin
Jahon chempionatiga yoʻl olgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi mundial arafasida jiddiy tayyorgarlik rejalashtirmoqda. Bu jarayon doirasida jamoa dunyoning yetakchi terma jamoalari bilan bir qator oʻrtoqlik uchrashuvlari oʻtkazishi koʻzda tutilgan.'Championat.asia' nashri tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi 2025-yil oktyabr oyida FIFA kunlari doirasida amaldagi Jahon chempioni Argentinaga qarshi bellashadi. Bellashuv Argentina hududida tashkil etilishi kutilmoqda.FI
Shomurodovning koʻz yoshlari, Fayzullayevning raqsi va muxlislar hayqirigʻi — Mundial eshiklarini ochgan oʻyindan fotoreportaj
5-iyun ' bu sana endi Oʻzbekiston futbol tarixi sahifalarida zarhal harflar bilan yoziladi. Mana shu kunda futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi bahsdan soʻng ilk bor Jahon Chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.'Xalq soʻzi' muxbiri ushbu unutilmas kechaning eng taʼsirli lahzalarini kamera obyektiviga muhrladi.Sardorbek POYONOV, Otabek SAIDAHMADOV 'Xalq soʻzi'
Taysonni yenggan bloger endi Oleksandr Usikni nishonga oldi
Jeyk Pol va Oleksandr Usik oʻrtasida boʻlishi mumkin boʻlgan MMA jangi sport olamida katta qiziqish uygʻotmoqda. Blogerning biznes hamkori Nakisa Bidaryanning aytishicha, hozirda Pol va mutlaq ogʻir vazn toifasidagi jahon chempioni Oleksandr Usik jamoasi oʻrtasida 2026-yilda MMA jangini tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.Usik avvalroq bir necha bor Jeyk Polni oktagonga chaqirgan edi. Endilikda bu chaqiriqlar jiddiy tus olyapti. Bidaryanning bayonotiga koʻra, Usik jamoasi