calendar 27 Jan 00:54
eye 117
comments 0
comments Manba: xs.uz

1,2 million odam, Qishki Olimpiada va millionlab yovvoyi qushlarning hayoti xavf ostida!

image
2022-yilda Buyuk Shoʻr koʻli oʻz tarixidagi eng past sathga tushib, iqtisodiy, ekologik va jamoat sogʻligʻi uchun jiddiy tahdidlar yaratgandi. Janubiy yarimsharning eng yirik shoʻr suvli havzasi boʻlgan mazkur koʻlning qisqarishi Portlend davlat universiteti tadqiqotchilari tomonidan ilmiy asoslangan maʼlumotlar bilan oʻrganildi. Ushbu tadqiqot koʻl sathining pasayishiga daryo oqimining kamayishi va iqlim isishi tufayli bugʻlanishning kuchayishi asosiy sabab boʻlganini koʻrsatdi.

Buyuk Shoʻr koʻli mintaqa uchun katta ahamiyatga ega. Koʻl yillik 1,9 milliard AQSH dollarlik iqtisodiy daromad manbai boʻlib, koʻchmanchi qushlar uchun asosiy makon sanaladi. Qolaversa, Uosatch togʻ tizimlarida qoʻshimcha qor yogʻishiga hissa qoʻshadi. Bu esa 2034-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari uchun muhim omillardan biri sanaladi.

Tadqiqotchilar ishlab chiqqan model yordamida koʻl sathining pasayishi sabablari alohida oʻrganildi. Natijalarga koʻra, ikki uchdan bir qismini suv oqimining kamayishi tashkil qilgan boʻlsa, qolgan qismi iqlim isishi tufayli bugʻlanishning ortishi bilan bogʻliq. Tadqiqotga koʻra, havo haroratining yanada ortishi bugʻlanishni kuchaytirib, koʻlning yanada qisqarishiga olib kelishi mumkin.

Koʻlning qisqarishi ekologik yoʻqotishlar bilan birgalikda 1,2 million aholi uchun havo sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Koʻlning qurib qolgan joylaridan zaharli changi koʻtarilib, Salt-Leyk-Siti aholisi oʻrtasida nafas olish bilan bogʻliq kasalliklar xavfini oshirishi kutilyapti. Bu jarayon havo sifatining sezilarli darajada yomonlashuviga olib keladi.

Tadqiqotchilarning fikricha, koʻlning qisqarishiga nisbatan yechimlar murakkab. Daryo oqimini tiklash qisqa muddatda natija berishi mumkin boʻlsa-da, iqlim isishi tufayli bu jarayon davom etadi. Shuning uchun, bugʻlanishning kuchayishi va iqlim oʻzgarishi taʼsirini yanada chuqurroq oʻrganish zarur.

'Ekologik barqarorlikni taʼminlash uchun kelgusida global iqlim oʻzgarishini sekinlashtirish, suv resurslarini samarali boshqarish va mintaqada xavfsizlik choralarini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish zarur', deyiladi xabarda.

Buyuk Shoʻr koʻlining qisqarishi nafaqat ekologik va iqtisodiy muammo, balki global iqlim oʻzgarishi va inson faoliyatining noxush oqibatlarini koʻrsatib beruvchi muhim ogohlantiruvchi signaldir. Tadqiqotlar bu jarayonlarni tushunishga yordam bersa-da, ularning natijalarini amaliyotda qoʻllash muhim ahamiyat kasb etadi. Koʻlning qisqarishiga qarshi kurash nafaqat mintaqaviy, balki xalqaro saʼy-harakatlarni ham talab qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jun 03:48
 
118
0
xs.uz

Ukraina Germaniyadan qanday yordam olmoqda?

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Berlinga qilgan tashrifi matbuot anjumani bilan yakunlandi. Tashrif davomida harbiy yordam masalasiga oid aniq maʼlumotlar berilmadi. Faqatgina Germaniya kansleri Fridrix Mers Germaniyaning Ukraina hududini 'Starlink' tizimi bilan qamrab olishga qaratilgan dasturni moliyalashtirishda muhim rol oʻynashini taʼkidladi.Ayni paytda mazkur xarajatlarning asosiy qismi Polsha tomonidan qoplangan. Polsha 90 million yevro miqdorida mablagʻ ajratib, Ukrainaga 2

17 May 21:47
 
358
0
xs.uz

Zelenskiy Istanbulga keladi, Putin esa hali javob bermadi

Ertaga Turkiyaning Istanbul shahrida Rossiya va Ukraina vakillari oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Unda ishtirok etish uchun Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ushbu shaharga yetib keladi.Oʻz navbatida, Vladimir Zelenskiy Istanbulda Vladimir Putindan boshqa birorta Rossiya vakili bilan uchrashmasligi maʼlum qilindi. Uning idorasi maslahatchisi Mixaylo Podolyak soʻzlariga koʻra, davlat rahbari boshqa shaxs oʻrtasidagi uchrashuv 'toʻgʻri format emas'. Rossiya prezident

17 May 21:47
 
59
0
xs.uz

Tramp Saudiya Arabistonida Salmon bilan nimalar haqida gaplashdi?

Kecha AQSH prezidenti Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga kelgandi. Bu uning qayta saylanganidan keyingi ilk xorijiy safari hisoblanadi.Ommaviy axborot vositalari xabarlariga qaraganda tashrif davomida asosiy eʼtibor mintaqaviy xavfsizlik masalalariga emas, balki iqtisodiy kelishuvlarga qaratiladi.Oq uy rahbari Ar-Riyoddagi Qirollik saroyida Valiahd Shahzoda Muhammad ibn Salmon tomonidan iliq kutib olindi. Uchrashuvda anʼanaviy Arab qahvasi taqdim etildi. Muloqot avvalida Tr

15 Jun 10:46
 
30
0
xs.uz

AQSH armiyasining 250 yilligi keng miqyosdagi harbiy parad bilan nishonlandi

14-iyun kuni AQSH poytaxti Vashington shahrida Amerika armiyasining 250 yilligi munosabati bilan keng koʻlamli harbiy parad tashkil etildi. Ushbu tantanali tadbir mamlakat prezidenti Donald Trampning 79-yillik tugʻilgan kuni bilan bir vaqtda boʻlib oʻtdi. Prezident Tramp va uning rafiqasi Melaniya paradga shaxsan tashrif buyurib, tadbirni tribuna orqali kuzatdi hamda nutq soʻzladi.Mahalliy OAV xabarlariga koʻra, paradda 6600 nafarga yaqin harbiy xizmatchi, 50 ta harbiy vertolyot va 'M1 Abr