calendar 27 Jan 00:54
eye 117
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Binance” Oʻzbekistonga kirib kelmoqda

image
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xabariga koʻra, 'Binance' tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi foydalanuvchilariga xizmat koʻrsatish masalasi hal qilindi.

Kripto-birja oʻz faoliyatini belgilangan tartibda mahalliy 'CoinPay' platformasi orqali amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Negaki, 'CoinPay' MCHJ kripto-aktivlar aylanmasi sohasida rasmiy xizmat koʻrsatuvchi provayder boʻlib, u birja va kripto-doʻkon faoliyatini olib borish uchun tegishli litsenziyalarga ega.

Rezidentlar coinpay.uz orqali 'Binance'ga kirish, oʻz mablagʻlarini bank kartalari va milliy toʻlov tizimlarida kiritish hamda chiqarish imkoniyatiga ega boʻladilar. Foydalanish hamkor platformalarining barcha modullari, jumladan, milliy toʻlov tizimlari bilan integratsiyalashuvdan soʻng boshlanadi.

2024-yilning yanvar oyida Agentlik tomonidan 'Binance' kripto-birjasiga nisbatan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik talablarini buzganligi uchun jarima qoʻllash haqidagi qaror qabul qilingan edi. Shundan soʻng, tegishli daʼvo arizasi Toshkent shahar iqtisodiyot sudiga yuborilgan.

2024-yilning 26-martidan 7-iyuniga qadar boʻlib oʻtgan sud jarayonlari yakuniga koʻra, sud arizani toʻliq qondirish hamda kripto-birjadan bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida jarimani Oʻzbekiston Respublikasi byudjetiga belgilangan tartibda undirish haqida qaror qabul qilgan va birja jarimani toʻliq toʻlagan.

Maʼlumot oʻrnida, 2023-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari kripto-aktivlarni sotib olish, sotish yoki ayirboshlash boʻyicha operatsiyalarni faqat milliy provayderlar orqali qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirishlari lozim.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:47
 
272
0
xs.uz

Prezidentga Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni haqida axborot berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-may kuni O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayoni va uni jadallashtirish chora-tadbirlari bo'yicha taqdimot bilan tanishdi.Davlat rahbarining alohida nazorati asosida 2023-yildan boshlab JSTga a'zo bo'lish choralari ko'rilmoqda. O'tgan davrda ko'p va ikki tomonlama muzokaralarda muayyan natijalarga erishildi.Jumladan, Ishchi guruhining to'rtta muhim yig'ilishi o'tkazilib, 500'dan ortiq masalalar ko'tarildi, 30'dan ziyod rasmiy hujjatlar JST K

17 May 21:47
 
271
0
xs.uz

Dollar kursi bir necha kunlik koʻtarilishdan soʻng biroz pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'14,82 soʻmga'tushdi va'12 965,34 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'81,50 soʻmga'pastladi va'14 525,07 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,29 soʻmga'tushib,'161,34 soʻmni'tashkil etdi.

18 Apr 11:08
 
739
0
xs.uz

Prezident Andijonga investitsiya kiritmoqchi boʻlgan xorijiy kompaniyalar vakillari bilan uchrashdi

Bugungi yig'ilishda qayd etilganidek, bu yil Andijonda quvvati 24 megavatt, keyingi yil yana 20 megavatt bo'lgan jami 763 ta kichik va mikro GESlarni ishga tushirish rejalashtirilgan.Xitoy kompaniyalaridan biri viloyatda mikro GESlar uchun kerakli uskunalarni ishlab chiqarishni yo'lga qo'ymoqchi. Qayd etilganidek, qurilgan GESlarga 1-yil davomida bepul servis xizmati ko'rsatiladi.Kecha Bobur shahrida keng ko'lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilishi e'lon qilingan edi. Ko'plab sarmoyadorlar

04 Apr 16:19
 
62
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 16 tuman jadal kompleks rivojlantiriladi

Unga koʻra, sanoat ishlab chiqarishi 7'8 foizga, xizmatlar hajmi 15'17 foizga, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi esa 4'5 foizga oshiriladi. Ishsizlik darajasi 4'5 foizga, kambagʻallik esa 5'6 foizga kamaytiriladi. Qoʻngʻirot, Asaka, Gʻallaorol, Denov tumanlari va Margʻilon shahri ishsizlik va kambagʻallikdan holi hududlarga aylantiriladi.Shu yilning 1-iyuliga qadar tumanlarning ishlab chiqilganiga 10-yildan oshgan bosh rejalarni 3 ta toifadagi (renovatsiya, rekonstruksiya va konservats