calendar 27 Jan 00:53
eye 86
comments 0
comments Manba: xs.uz

Endi oʻqituvchilar ovoz yigʻib yurishmaydi(mi?)

image
'Tashabbusli byudjet' jarayonlarini oʻtkazish hamda moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Yangi tartibga koʻra, har yili tuman va shaharlar byudjetida 10 tadan kam boʻlmagan, koʻpi bilan 30 ta loyiha uchun yetarli mablagʻlar rejalashtiriladi hamda 10 tadan ortiq loyihalar uchun mablagʻlar tuman yoki shahar aholisining tegishli hududning aholi sonidagi ulushidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Shuningdek, oʻzini-oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtganligini inobatga olgan holda 2025-yil 1-mavsumdan boshlab moliyaviy mustaqil boʻlgan Oliy oʻquv muassasalarining 'Tashabbusli byudjet' jarayonlarida ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi.

Bundan tashqari, endilikda mablagʻlardan samarali foydalanish hamda ijtimoiy muammolarga koʻproq eʼtibor qaratish maqsadida 'Tashabbusli byudjet' jarayoni doirasida tashkilotlar tomonidan barcha turdagi avtomobillar, jamoat xavfsizligini taʼminlashga oid jihozlar (radar, jamoat joylaridagi kuzatuv kameralari, svetoforlar), rahbar xodimlar uchun mebel jihozlarini xarid qilish ham taʼqiqlanadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq, 2025-yil uchun Ochiq byudjet loyihalari taqvimi tasdiqlangan edi.

Unga koʻra, 'Tashabbusli byudjet'ning birinchi mavsumiga 1-fevral kuni start beriladi. Birinchi mavsum gʻoliblari 21-mart kuni eʼlon qilinadi. Birinchi mavsum 48 kun davom etadi.

'Tashabbusli byudjet'ning ikkinchi mavsumi 15-iyulda boshlanadi va 30 kun davom etadi. Ikkinchi mavsum gʻoliblari 1-sentyabr kuni eʼlon qilinishi belgilangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
47
0
xs.uz

Fargʻonada “Ibratli oila” koʻkrak nishonlari topshirildi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. 15-may ' Xalqaro oila kuni munosabati bilan Fargʻona viloyatida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilib, bu boradagi milliy qadriyat va anʼanalarimiz keng targʻib etildi.Xususan, qutlugʻ sana munosabati bilan Fargʻona viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan tantanali tadbirda bir guruh namunali oila vakillariga 'Ibratli oila' koʻkrak nishoni topshirildi. Viloyat faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirlar jamiyatimizda bunday o

13 Jun 00:36
 
17
0
xs.uz

Nurafshon shahrida 1000 ta qush uyasi oʻrnatish aksiyasi boshlandi

Otabek ISROILOV/'Xalq soʻzi'. Nurafshon shahrida Butunjahon atrof-muhitni himoyalash kuni munosabati bilan ekologik aksiya boshlandi. Tadbir doirasida shahar boʻylab 1000 ta qush uyasi oʻrnatilishi rejalashtirilgan.' Maqsadimiz Nurafshon shahrida qushlar va insonlar uchun qulay ekologik muhit, barqaror ekotizim yaratishdir, ' dedi Nurafshon shahri hokimi Ilhom Qilichxonov.Ekomutaxassislar tomonidan amaliy koʻrsatmalar berildi. Shundan soʻng volontyor yoshlar, ekofaollar shahar boʻylab qush

31 May 08:49
 
36
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanadi

Xalqimizga xos mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik, saxovat va bag'rikenglik kabi ezgu fazilatlar timsoli bo'lgan, asrlar davomida ma'naviy hayotimizda muhim o'rin tutib kelayotgan muborak Qurbon hayitining ahamiyati Yangi O'zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etish jarayonlari hal qiluvchi bosqichga kirayotgan bugungi sharoitda tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda ushbu qutlug' ayyomni har tomonlama munosib kutib olish va o'tkazish, shuningdek, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-a

13 May 14:37
 
54
0
xs.uz

Prezidentning “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

Joriy yilning 5-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 'Iqtidorli mutaxassislarning xorijda taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlash, ularda kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish va ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida'gi 77-son Farmoni qabul qilindi.Farmonga koʻra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun eng munosib nomzodlarni saralash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 'El-yurt umidi' stipendiyasi