calendar 27 Jan 00:53
eye 84
comments 0
comments Manba: xs.uz

Prezident Farmoni bilan “Made in Uzbekistan” dasturi ishga tushiriladi

image
Oʻzbekiston Prezidentining 2025'2027-yillarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjirini rivojlantirish boʻyicha Farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjat tarmoqning barqaror rivojlanishini taʼminlash, eksport hajmini oshirish va xalqaro bozorlarda milliy mahsulotlarni keng targʻib qilishga qaratilgan.

Farmon doirasida bir qator maqsadli koʻrsatkichlar belgilangan boʻlib, 2025-yilda eksportni 4 milliard, 2026-yilda 5 milliard, 2027-yilga kelib esa 7 milliard AQSH dollariga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, AQSH va Yevropa bozorlariga 500 million dollarlik tayyor mahsulot eksport qilish maqsad qilingan.

Farmon doirasida 'Made in Uzbekistan' dasturi amalga oshiriladi. Bu dastur mahalliy mahsulot va brendlarni xalqaro savdo maydonlarida keng targʻib qilish, ularni joylashtirish va reklama qilishga qaratilgan.

Ushbu tashabbus orqali Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar xalqaro miqyosda tanilishi va jahon bozorida oʻz oʻrniga ega boʻlishi kutilyapti. 'Made in Uzbekistan' dasturi nafaqat milliy mahsulotlar imijini yaxshilaydi, balki tarmoqning eksport salohiyatini oshirishda muhim qadam boʻladi.

Toʻqimachilik sanoatida qayta ishlashni chuqurlashtirish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun 5 milliard AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilish nazarda tutilgan. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar va dizaynerlik ishlanmalarini joriy qilish orqali eksportda tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarining ulushini 70 foizga yetkazish maqsad qilingan.

Tarmoqdagi tadbirkorlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi. 'Savdoni rivojlantirish kompaniyasi' huzurida tashkil etiladigan faktoring tashkiloti korxonalarga yangi moliyaviy imkoniyatlar yaratib, ularning barqaror rivojlanishini taʼminlaydi.

Prezident Farmoni tarmoqni sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarish, yangi ish oʻrinlari yaratish va Oʻzbekistonning jahon bozoridagi mavqeyini mustahkamlashga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarning bir qismi boʻlib, milliy sanoatning xalqaro darajada tanilishini taʼminlashga xizmat qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
46
0
xs.uz

Toshkent metropolitenining 2 ta bekati 3 oyga yopiladi

Qayd etilishicha, jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, yangi qurilgan metro yoʻnalishlarida metro poyezdlar harakati va yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash hamda sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida, yer usti estakadalari va bekatlari maʼlum muddat foydalangandan soʻng, rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.Shu munosabat bilan metropolitenning 'Texnopark ' Qipchoq' bekatlari oraligʻida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga moʻljallangan rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.Ani

13 May 14:37
 
75
0
xs.uz

Ayrim oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya toʻlanadi

Shavkat Mirziyoyev 'Kambagʻal oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Farmonga koʻra, 2025-yil 1-iyundan boshlab 'qizil' toifaga kiruvchi kam taʼminlangan oilalarning 'aʼlo' baholarga oʻqiyotgan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning ikki baravariga teng maxsus stipendiya tayinlanadi. Bu chora oliy taʼlimda tahsil olayotgan qizlarning ragʻbatini oshirish va ularni

01 Jun 03:47
 
33
0
xs.uz

Bogʻchaga ketgan 2 yashar qizcha ariqqa choʻkib halok boʻldi

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida 2 yoshli qiz bogʻcha yaqinidagi ariqqa choʻkib halok boʻldi. Bu haqda 'Millar' koʻrsatuvida'xabar berildi.Lavhada qayd etilishicha, holat joriy yilning 20-may kuni Qamashi tumanidagi xususiy bogʻchalardan birida sodir boʻlgan.Bogʻcha xodimi bergan koʻrsatmaga koʻra, bolalarning yarmi uxlatish uchun xonaga olib kirilgan, boshqalari hovlida qolgan. Ulardan biri nazoratsiz qolgani sababli koʻchaga chiqib, bogʻcha atrofidagi ariqqa tushib ketgan.Bosh

31 May 08:49
 
60
0
xs.uz

Odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga kiritilgan yangi oʻzgartirishlarga koʻra, odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun belgilangan jazolar kuchaytirildi. Bu oʻzgartirishlar 2025-yil 19-may kuni qabul qilingan 'Odam savdosi jinoyati uchun jazoni kuchaytirish toʻgʻrisida'gi qonun bilan amalga oshirildi.Yangi tahrirga binoan, Jinoyat kodeksining 135-moddasida odam savdosi jinoyatini qalbaki hujjatlar asosida yoki jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qoʻygan,