Fuqarolar huquq va erkinliklari himoyasini kuchaytirishga qaratilgan Qonun muhokama qilindi

Mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish tizimini 'Inson sha'ni va qadr-qimmati uchun' prinsipi asosida yangi bosqichga ko'tarish, sud organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, aholining huquqni muhofaza qilish tizimiga bo'lgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.
Islohotlar natijasida sud-tergov amaliyotida insonning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta'minlashga qaratilgan samarali mexanizmlar ishlab chiqildi.
Senator tomonidan muhokama qilingan Qonun ham mazkur islohotlarning mantiqiy davomi bo'lib, unda jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxsning erkinlik va shaxsiy daxlsizlikka oid konstitutsiyaviy huquqlarini sud tomonidan ishonchli ta'minlash maqsadida jinoyat ishlari bo'yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimini joriy etish nazarda tutilmoqda.
Shu bilan birga, tergov sudyalari tomonidan jinoyat ishlari bo'yicha sudga qadar ish yuritish bosqichida prosessual qarorlarga sanksiya berish va ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish masalalarini qonunchilikda belgilash maqsadida ushbu Qonun bilan tergov sudyalarining vakolatlari jumlasiga kiritilgan ishlarni ko'rib chiqish asoslari hamda tartibini nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda.
Qonunning hayotga tatbiq etilishi tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.
Foto: Akmal Muhammadov, Haqberdi Asqarov / 'Xalq so'zi'
Toʻrtta viloyatda “valyutchik”lar qoʻlga olindi
Departamentning Xonobod shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.R. fuqaro A.T.ga 3 000 AQSH dollarini 38,7 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, 3 000 AQSH dollari, 35 950 Rossiya rubli va 3 000 qirgʻiz somi ashyoviy dalil sifatida olingan.Shu kabi, Departamentning Quyichirchiq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro U.B.ga 1 900 AQSH dollarini 24,7 million soʻmga,
Andijonda “Equinox” va tez yordam mashinasi ishtirokida YTH yuz berdi
Andijon shahrida 'Equinox', tez yordam mashinasi va 'Damas' rusumli transport vositalari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar bergan.Qayd etilishicha, hodisa kecha 12-may kuni soat 15:10 larda Andijon shahri Yusuf Otabekov, Mustaqillik va Bobur shohkoʻchalari kesishgan 'Klinika' chorrahasida yuz bergan. 40 yoshli X.G. 'Equinox' rusumli avtomashinasida Yusuf Otabekov koʻchasidan harakatlanib kelayotgan 'Wolsvagen' rusumli tez yo
Prezident Jahon banki guruhining operatsiyalar boʻyicha boshqaruvchi direktorini qabul qildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-aprel kuni Jahon banki guruhining operatsiyalar bo'yicha boshqaruvchi direktori Anna Berde boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.O'zbekistonning Jahon banki bilan keng ko'lamli strategik hamkorligini yanada rivojlantirish, eng avvalo, ushbu global moliyaviy institut tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar strategiyasini qo'llab-quvvatlash masalalari ko'rib chiqildi.Uchrashuv avvalida Anna Berde davlatimiz r
Andijon tibbiyot institutiga universitet maqomi beriladi
Davlat rahbari tibbiyotda Andijon brendini yaratish boʻyicha barcha imkoniyatlar borligini taʼkidladi.Bu borada oʻtgan yili 650 oʻrinli klinika Andijon davlat tibbiyot instituti balansiga oʻtkazilib, uni taʼmirlash va jihozlashga 180 milliard soʻm berildi. Bu 11 ming talabaga bir vaqtni oʻzida ham oʻqish, ham amaliyot oʻtash imkonini beradi.Institutdagi simulyatsion markazda tibbiyot xodimlari malakasini 2 bosqichda baholash tizimini yoʻlga qoʻyish, klinika yoniga travmatologiya, ped