calendar 27 Jan 00:53
eye 94
comments 0
comments Manba: xs.uz

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solishga xizmat qiladigan qonun ko‘rib chiqildi

image
Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisida 'Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida'gi Qonun muhokama qilindi.

Mamlakatimizda alkogol va tamaki bozorini tartibga solishga, alkogol va tamaki mahsulotlarining aylanishi sohasidagi davlat nazoratini ta'minlashga qaratilgan tizimli ishlar izchil amalga oshirilmoqda.



Shu bilan birga, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining faoliyati takomillashtirilganligi munosabati bilan uning vakolatlarini qonun hujjatlarida aniqlashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.

Shuning uchun mazkur Qonun bilan 'Davlat boji to'g'risida'gi, 'Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida'gi hamda 'Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste'mol qilinishini cheklash to'g'risida'gi qonunlarga ushbu Inspeksiyaning vakolatlarini belgilashni nazarda tutuvchi o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritilmoqda.



O'zgartirishlarga muvofiq iste'mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi faoliyatiga berilgan lisenziya uchun yillik davlat bojini to'lashning muddati belgilanmoqda.

Qonun bilan yuridik shaxslar tomonidan pivo va pivo ichimliklarining ulgurji savdosiga doir faoliyati vakolatli organga xabarnoma yuborish yo'li bilan amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.



Shuningdek, tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosiga doir faoliyat vakolatli organga, chakana savdosiga doir faoliyat esa soliq organiga xabarnoma yuborish yo'li bilan amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.

Senatorlar ta'kidlaganidek, mazkur Qonun alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish sohasida samarali nazorat tizimini joriy etishga qaratilgan. Mahsulotlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo'yilishiga, biznesni yuritish uchun sog'lom raqobat muhitini rivojlantirishga, iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga hamda qonun normalarini aniq va bir xilda qo'llanilishiga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.











Foto: Akmal Muhammadov, Haqberdi Asqarov / 'Xalq so'zi'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:07
 
38
0
xs.uz

Matematika olimpiadasida terma jamoamiz a’zolari 3 ta  medalni qo‘lga kiritdi

Olimpiadada 55 ta davlatdan 300 nafarga yaqin o'quvchi qizlar ishtirok etdi.Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi xabariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi qizlari ushbu olimpiadada ishtirok etib, 3 ta medalni qo'lga kiritdi.Jumladan, Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o'quvchisi Dildora Mahkamova ' kumush,Nukus shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o'quvchisi Malika Xojamuratova bronza,Buxoro viloyati, Qorako'l tumani ixtisoslashtirilgan m

14 Apr 06:18
 
46
0
xs.uz

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisiga oʻrinbosar tayinlandi

Maʻlum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Boboyev Faxriddin Atoyevich Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.Faxriddin Boboyev Vazirlar Mahkamasi mutaxassisi, 'Oʻzcharmsanoat' uyushmasi raisi va boshqa bir qator masʼul vazifalarda ishlagan.

21 Apr 08:33
 
33
0
xs.uz

Muddatli harbiy xizmatchilar Vatanga qasamyod qildi

Bugun, 20-aprel kuni Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism va muassasalarida tantanali ravishda harbiy xizmatga yangi chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchilarni Vatanga qasamyod keltirish marosimi o'tkazildi.Xususan, poytaxtimizdagi 'Vatanga qasamyod' majmuasida o'tkazilgan marosimda mudofaa vazirining birinchi o'rinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig'i general-mayor Zaynobiddin'Iminov yig'ilganlar e'tiboriga mudofaa vazirining askarlarga tabrigini o'qib eshittirdi. Shuningdek, Mudofa

13 May 14:37
 
102
0
xs.uz

IIO axborot tizimlari sunʼiy intellekt asosida yagona platformaga birlashtiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qarorga muvofiq, Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi. Unga koʻra, 2025'2027-yillarda ichki ishlar sohasini raqamlashtirish yoʻnalishlari belgilab berildi. Bu orqali jinoyatchilikka