Issiqxona gazlarining chiqarilishini tartibga solishga oid qonun nima uchun rad etildi?

Mamlakatimizda iqlim o'zgarishining oldini olish, uning salbiy ta'sirini kamaytirish borasida muayyan ishlar' amalga oshirilmoqda.
Biroq sohani tartibga soluvchi qonun va normativ baza yaratilmaganligi issiqxona gazlarining chiqarilishini kamaytirishda iqtisodiy, texnologik va ekologik yo'nalishlar bo'yicha xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yish imkoniyatlarini cheklamoqda.
Sohani xalqaro hujjatlar talablari darajasiga yetkazish, uning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish taqozo etilmoqda.
Qonunda issiqxona gazlari chiqarilishini kamaytirish natijasida hosil bo'ladigan uglerod birliklari muomalasini amalga oshirishning tartibini belgilash hamda issiqxona gazlari chiqarilishining tizimli nazoratini ta'minlashga e'tibor qaratilgan.
Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklashning asosiy prinsiplari, monitoringi, hisoboti va verifikatsiya tizimi asoslari, tartibi, qisqartirilgan issiqxona gazlariga egalik qilish huquqlari belgilanmoqda.
'Senatorlar tomonidan taklif etilayotgan Qonun bugungi kun uchun juda ham muhimligi, lekin unda qayta ko'rib chiqilishi lozim bo'lgan ayrim masalalar ham mavjudligi alohida ta'kidlab o'tildi.
'Jumladan, 'issiqxona gazlari' tushunchasini qayta ko'rib chiqish, mahalliy Kengashlar yoki ijro hokimiyatining issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasidagi vakolatlarini aniq taqsimlash, Qonunning ayrim moddalarini chiqarib tashlash lozimligi qayd etildi.
'
'Shuningdek, Qonunda vakolatli davlat organlarini aniq ochib berish, issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasidagi davlat organlarining vakolatlarini qayta ko'rib chiqish zarurligi ta'kidlandi.
Senatorlar Qonun kelgusida huquqni qo'llash amaliyotida ayrim nomuvofiqliklarni va tushunmovchiliklarni keltirib chiqarmasligi, 'Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to'g'risida'gi Qonun talablariga mos kelishi lozim, degan xulosaga keldi.
Muhokama yakunida ushbu Qonun senatorlar tomonidan rad etildi.
“Planet 9” kompaniyasi bilan O‘zbekistondagi megaloyihaning yangi vizual konsepsiyalari ko‘rib chiqildi
Ayni paytda Markaz ekspozitsiyalarini boyitish, kontentini kengaytirish maqsadida bir qator xorijiy mutaxassislar, IT kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.'Planet 9' kompaniyasi bilan Markaz ekspozitsiyasidagi 'Vaqt devori' loyihasini amalga oshirish bo'yicha muhokama olib borildi.Markaz ekspozitsiyasi Qur'on zali, Islomgacha bo'lgan davr sivilizatsiyalari, Birinchi va Ikkinchi Renessans, 'Yangi O'zbekiston ' Yangi Renessans' kabi zallarni o'z ichiga oladi. Har bir zal bo'ylab o'tadig
Prezident Buloqboshida mahalliy mahsulotlar sifatini koʻzdan kechirdi
Mamlakatimizda xomashyoni qayta ishlab, qo'shilgan qiymat yaratishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Mazkur korxona ham mato to'qish, bo'yash va tayyor trikotaj ishlab chiqarish yo'nalishidagi yirik loyihalardan biri.Bu yerda yiliga 4 million 200 dona, 50 turdagi mahsulotlar tayyorlanadi.''Mingga yaqin fuqaro ish bilan ta'minlangan.''Xodimlar malakasini oshirish ham e'tiborda. Buning uchun dizaynerlik markazi tashkil etilgan.Turkiya, Germaniya va Xitoydan keltirilgan ilg'or uskunalar ish unumdorl
Qashqadaryoda qoʻlbola aroq ishlab chiqaruvchi yashirin sex aniqlandi
Qashqadaryoda fuqaro oʻz xonadonida yashirin sex tashkil etib, isteʼmolga yaroqsiz qoʻlbola alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotganligi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Departamentning Shahrisabz shahri boʻlimi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.A. fuqaro I.X.ning Shahrisabz tumani, 'Istiqbol' MFY hududidagi xonadonida yashirin sex tashkil etib, qoʻlbola usulda isteʼmol
Buxoroda “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” toʻrt jildligi taqdimoti oʻtkazildi
Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Buxoro davlat universitetida 'Alisher Navoiy ensiklopediyasi' toʻrt jildligi hamda zahmatkash olim Ibrohim Haqqulning 'Navoiyga qaytish ' 5', 'Mushohada yogʻdusi ' 3', 'Soʻzboshi: irfon va ishonch' kitoblari taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbirda adabiyotshunos olim va tadqiqotchilar, talaba yoshlar, sheʼriyat ixlosmandlari ishtirok etdi.Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbek tilini rivojlantirish