Prezident energiya taʼminoti boʻyicha bajarilgan ishlar va rejalarni koʻrib chiqdi
Bu borada 10-iyun kuni bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishida vazifalar belgilangan edi. Mutasaddilar shu asnoda amalga oshirilgan ishlar, kuz-qish mavsumiga ko'rilgan tayyorgarlik to'g'risida axborot berdi.
Qayd etilganidek, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining o'sib borayotgan talabiga mos hajmda gaz yetkazib berilmoqda. Tarmoqlar modernizatsiya qilinayotgani, iqtisodiyotda energiya samaradorlik oshirilayotgani natijasida yo'qotishlar kamaymoqda. Masalan, so'nggi yillarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun gaz sarfi 1,6 barobar kamaygan.
Oldinda yana ko'p vazifalar bor. Hozirgi mavsum va kelgusi yillarda aholini energiya manbalari bilan barqaror ta'minlash, buning uchun yetarli zaxira tayyorlash zarur.
Yig'ilishda shu masalalar tarmoqlar kesimida muhokama qilindi.
Bu yil qish mavsumida iste'molchilarga 21 milliard kub metr gaz yetkazib berish hisob-kitob qilingan. Havo harorati keskin tushib ketsa, aholi ehtiyoji yanada oshadi. Mutasaddilar bu boradagi rejalarni oyma-oy va tumanlar kesimida bayon etdi.
Ijtimoiy muassasalar va korxonalarni energiya bilan uzluksiz ta'minlash uchun alohida zaxira inobatga olingan. Ushbu tabiiy gazni issiqlik elektr stansiyalari, kimyo va metallurgiya korxonalari, gaz quyish shoxobchalariga manzilli yetkazish bo'yicha tizim tashkil etilgan.
Tarmoqlarda gaz hisobi va nazorati bo'yicha boshlangan ishlarni qat'iy davom ettirib, yo'qotishlarni yanada kamaytirish mumkinligi ta'kidlandi. Andijon, Navoiy va Toshkent viloyatlarida gazni tejash bo'yicha aniqlangan imkoniyatlarni boshqa hududlarda ham amalga oshirish vazifasi qo'yildi.
Davlatimiz rahbari mutasaddilarga ishni tuman va mahallalar miqyosida tashkil etib, energiya ta'minoti bilan bog'liq masalalarni joyida hal qilish, talab va iste'molni muvofiqlashtirib, uzilishlarning oldini olish bo'yicha ko'rsatmalar berdi.
Yig'ilishda gaz sohasidagi transformatsiya jarayonlariga ham to'xtalib o'tildi. Tarmoq korxonalari xalqaro moliya bozoriga chiqib, modernizatsiya uchun mablag'larni mustaqil jalb etishi belgilandi.
Gaz tarmoqlarini yangilash va tartibga solishda eng katta imkoniyat ' raqamlashtirish va xususiy sheriklik. Shu nuqtayi nazardan, tarmoqqa xususiy operatorlarni jalb qilish bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi.
Prezident har bir tarmoq va uning korxonalari kesimida tannarxni kamaytirish, xarajatni maqbullashtirish va transformatsiya jarayonini tezlashtirish bo'yicha topshiriqlar berdi. Yetakchi xorijiy kompaniyalarni jalb etib, geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish muhimligi aytildi.
519-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari
Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi tashkil etilgan 519-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari qizghtml5-dom-document-internal-entity2-39-endin davom etmoqda. Saylov uchastkasida 2866 nafar fuqaro rohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endyxatdan ohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endtgan. Shulardan 115 nafar saylovchi muddatdan oldin ovoz berishgan.Foto: Akmal Muhammadov / 'Xalq so'zi'
Shavkat Mirziyoyevga Navoiyda rejalashtirilgan 12 ta yangi investitsiya loyihalari taqdimot qilindi
Davlatimiz rahbari Navoiy viloyatida rejalashtirilgan yangi investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.Keyingi yetti yilda viloyatga 3 milliard 500 million dollardan ortiq investitsiyalar jalb etilgan. Ularning natijasida 64 ming 700 ta ish o'rni va yiliga 1 milliard 200 million dollarlik eksport imkoniyati yaratilgan. Bu yil 2 milliard 100 million dollarlik 577 ta loyiha amalga oshirilmoqda.Bu ishlar izchil davom ettirilib, xorijiy investor va mahalliy tadbirkorlar tomonidan umumiy qiymat
Prezident shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolariga tabrik yoʻlladi
Qadrli farzandlarim!Avvalo, siz, azizlarni Vengriyaning Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasida munosib ishtirok etib, qariyb 200 ta davlat vakillari orasida faxrli uchinchi oʻrinni egallab, oʻzbek shaxmati tarixida yana bir yorqin sahifa ochganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.Gʻoyat keskin va murosasiz musobaqalarda sizlar yuksak aql-zakovat, mustahkam iroda va matonat fazilatlarini namoyon etib, Xitoy, Serbiya, Armaniston, Germaniya, Ozarba
20-noyabr kuni qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi aytildi
'O'zgidromet' 20-noyabr, seshanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi. Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo'ladi, kechasi va ertalab biroz yomg'ir yog'adi, kunduzi yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10 daraja iliq, kunduzi 13-15 daraja iliq bo'ladi.Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2