calendar 20 Nov 01:36
eye 8
comments 0
comments Manba: xs.uz

20-noyabr kuni qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi aytildi

image
'O'zgidromet' 20-noyabr, seshanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi. Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo'ladi, kechasi va ertalab biroz yomg'ir yog'adi, kunduzi yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10 daraja iliq, kunduzi 13-15 daraja iliq bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, kechga tomon baʼzi joylarda yomg'ir yog'adi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq, cho'l hududlarda 3-8 daraja iliq bo'ladi.

Toshkent viloyatida havo biroz bulutli bo'ladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomg'ir yog'adi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo'ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo'ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomg'ir yog'adi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo'ladi.

Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, baʼzi joylarda yomg'ir yog'ishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo'ladi.

Respublikaning tog'li hududlarida havo biroz bulutli bo'ladi, vaqti-vaqti bilan yog'ingarchilik (yomg'ir, qor), baʼzi joylarda kuchli bo'ladi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo'ladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Oct 20:49
 
23
0
xs.uz

Saylov jarayonlari boshlandi — Fotoreportaj

Toshkent shahri Sergeli tumanidagi tashkil etilgan 170-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari boshlandi. Ma'lumot uchun 170-saylov uchastkasida saylovchilar soni 1453 nafarni tashkil qiladi. 27 nafar saylovchi muddatdan oldin ovoz bergan.Foto: Sirojiddin Vohidov, Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi''

11 Nov 03:17
 
17
0
xs.uz

11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni: Yangi O‘zbekistonning yangi kasaba uyushmalari

Poytaxtimizdagi 'Chinobod plaza' sanatoriysi hududida yangi barpo etilgan O'zbekiston kasaba uyushmalari majlislar zalida 11 noyabr ' O'zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan ko'p yillardan beri ushbu tizimda mehnat qilib, bugungi kunda ham yosh avlod kamolotiga munosib hissa qo'shib kelayotgan soha faxriylari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, uning hududiy kengashlari, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari, tasarrufdagi tash

20 Nov 01:36
 
6
0
xs.uz

2 ta tumanda hokim yordamchilari oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish bilan ayblanmoqda

Davlat xavfsizlik xizmati Ellikqalʼa va Gʻijduvon tumanlarida hokim yordamchilari fuqarolarning nomiga kreditlar rasmiylashtirib, oʻz maqsadlari yoʻlida sarflab yuborganliklari aniqlangan. Bu haqda DXX matbuot xizmati'xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Qoraqalpogʻistonning Ellikqalʼa tumanidagi xokim yordamchisi 33 nafar fuqaro nomiga 1 milliard 88 million soʻm miqdorida imtiyozli kredit ajratilganini taʼminlash uchun tavsiyanomalar tayyorlagan.Keyin esa tanishi nomiga MCHJ tashkil qilib,

29 Oct 20:49
 
21
0
xs.uz

Endi ayrim fuqarolar jamoat transportidan bepul foydalanishi mumkin boʻladi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Qonun bilan ayrim qonunlarga Ijtimoiy himoya milliy agentligining zimmasiga dafn etish uchun nafaqani berish vazifasini yuklatishga, uning xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlarini belgilashga, shuningdek fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga va maʼmuriy sudlarga murojaat qilishda davlat bojini toʻlashdan ozod etishga taalluqli oʻzgartirishlar kirit