11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni: Yangi O‘zbekistonning yangi kasaba uyushmalari
Unda O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, uning hududiy kengashlari, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari, tasarrufdagi tashkilotlar mutasaddilari, respublikamiz hududlaridan tashrif buyurgan kasaba uyushma faxriylari, Federatsiya tomonidan o'tkazilgan qator tanlovlar g'oliblari ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi ishtirokchilarni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan mamlakatimizda keng nishonlanib kelinayotgan 11 noyabr ' O'zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan qutlab, davlatimiz rahbari tomonidan uzoqni ko'zlagan holda olib borilayotgan odilona siyosat va tub islohotlar natijasida yurtimizda yil sayin har sohada muntazam o'sish ko'rsatkichlari yuksalib borayotganini alohida ta'kidladi. Shuningdek, tarixan qisqa vaqt ichida Yangi O'zbekiston erishayotgan yutuqlarni xalqaro hamjamiyat vakillari va ekspertlar ham tan olayotganini faxr bilan qayd etdi.
Ta'kidlash zarurki, mazkur jarayonlarda yurtimizdagi eng yirik jamoat tashkiloti bo'lgan kasaba uyushmalari ham faol ishtirok etmoqda. Xususan, bugun Yangi O'zbekistonning yangi kasaba uyushmalari ijtimoiy sheriklik va ijtimoiy muloqot tamoyillari asosida mehnat ahlining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat huquqlarini himoyalash bilan birga, aholi turmush farovonligini oshirish, bandlikni ta'minlash, munosib mehnat sharoitlarini yaratish yo'nalishlarida ham tizimli ishlarni amalga oshirmoqda. Sirasini aytganda, yurtimizdagi yangilanish va o'zgarishlarda kasaba uyushmalari ham faol ishtirok etib, islohotlarni qo'llab-quvvatlagan holda turli soha xodimlari manfaatlarini himoya qilib kelmoqda.
''''''''''Tantanali tadbirda anjumanga taklif etilgan, kasaba uyushmalari tarixida o'ziga xos o'rin tutgan va soha rivojiga munosib hissa qo'shgan bir guruh fidoyi kasaba uyushma faxriylariga O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Faxriy yorlig'i va esdalik sovg'alari topshirildi.
Bayram tadbirida tizim faxriylari va faollari, ko'rik-tanlovlar g'oliblari bugungi islohotlar hamda ko'rsatilayotgan e'tibordan mamnunliklarini bayon qilishdi.
Foto: Yunus Bo'riyev, Haqberdi Asqarov / 'Xalq so'zi'
'
Daraxtlarni nomiga emas, hayotimiz, ertangi kunimiz uchun ekaylik
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Prezidentimiz 'Yashil makon' milliy loyihasini amalga oshirishga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishda daraxtlarning ahamiyati, ularni nomiga ekishga yoʻl qoʻyish kerak emasligi haqida gapirdi. 'Yashil makon' nomiga emas, oʻzimizning hayotimiz, oʻpkamiz tozaligiga, jamiyatimizga, salomatligimizga kerak.Videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Samarqand viloyatida ham zarur chora-tadbirlar belgilanib, shu asosda
Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 553-saylov uchastkasida saylov jarayonlaridan fotoreportaj
Foto: Sirojiddin Vohidov / 'Xalq so'zi'
Ayrim texnik vositalar soliq va bojdan ozod qilinadi
Qonun bilan Soliq kodeksiga maxsus vakolatli davlat organi tomonidan olinadigan tezkor qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarining respublika hududiga olib kirilishini soliq solishdan ozod qilishni nazarda tutuvchi qoʻshimchalar, shuningdek, mazkur texnik vositalar aksiz soligʻi solinadigan obyekt hisoblanmasligiga doir qoʻshimcha kiritilmoqda.Bojxona kodeksiga yuqorida koʻrsatilgan texnik vositalarni boj toʻlashdan ozod qilish tarzida tarif imtiyozlari berilishini nazarda tutuvchi qoʻ
“Avitsenna” nomli milliy brend yaratiladi. U qaysi sohani qamrab oladi?
Shavkat Mirziyoyevning 'Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Xabar qilinishicha, qarorga muvofiq, 'Tibbiy xizmatlar mehmondoʻstligi' ('Medical service hospitality') dasturi amalga oshiriladi. Shuningdek, bu orqali 'Avitsenna' nomi ostida Oʻzbekistonning tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladiBundan ta