Daraxtlarni nomiga emas, hayotimiz, ertangi kunimiz uchun ekaylik
Videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Samarqand viloyatida ham zarur chora-tadbirlar belgilanib, shu asosda ishlar olib borilmoqda.
' Viloyatimizda 6 million 125 ming tup koʻchat ekish belgilangan, ' deydi Samarqand viloyat hokimi oʻrinbosari Akmal Shukurov. ' 'Mening bogʻim' loyihasi doirasida 16 ta tuman va shahar hududida 18,6 gektar yer maydonda 'Yashil bogʻ', 'Yashil jamoat parki' tashkil qilinadi.
Past Dargʻom tumanida 'Yashil makon' umummilliy loyihasi doirasida har yili minglab koʻchatlar parvarishlanmoqda. Dargʻom kanali yoqasidagi boʻsh yer maydonida koʻchat ekish bilan hududda 'Yashil makon' umummilliy loyihasining kuzgi mavsumiga kirishildi.
Tuman sektor rahbarlari, korxona va tashkilotlar xodimlari va tuman jamoatchiligi vakillari kanal boʻyicha ming tupga yaqin qayragʻoch, katalpa, safura singari daraxt koʻchatlari oʻtqazib, ezgu ishga hissa qoʻshdi. Shundan soʻng tumanning 1-sektori hududi joylashgan Qoʻshquduq mahallasidagi boʻsh yer maydonlarga tumandagi barcha tashkilot va korxonalarning koʻngilli vakillari hamda faol fuqarolar tomonidan ming tupga yaqin mevali, manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.
Tumanda kuzgi mavsumda 600 ming tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekish rejalashtirilgan.
Samarqand tumanida ham 'Yashil makon' loyihasi doirasidagi ishlarni uyushqoqlik bilan tashkil etishga kirishilgan. Tuman markazidagi hokimlik zaxirasida 5 gektar maydonga manzarali va mevali daraxt koʻchatlari oʻtqazilib, bogʻ barpo etildi. Muhimi, bu xayrli ishda tuman ahli, yoshu qari birdek jonbozlik koʻrsatib ishtirok etmoqda.
Samarqand viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi xabariga koʻra, 'Yashil makon' umummilliy loyihasi doirasida ekilgan koʻchatlarga eʼtiborsizligi oqibatida aniqlangan 62 nafar mansabdorlar 221 million soʻm miqdorida jarimaga tortilgan.
Yosh xodimlar uchun saylovning aralash tizimi boʻyicha targʻibot tadbiri oʻtkazildi
Joriy yilning 24-oktyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda uning tizim tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar oʻrtasida huquqiy va elektorat madaniyatini yuksaltirish boʻyicha targʻibot tadbiri oʻtkazildi.Oʻzbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti 'Huquqiy fanlar' kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari doktori (DCc), 'Maʼrifat' targʻibotchilar jamiyati aʼzosi Jaloliddin Yusubov saylovlar va islohotlar haqida umumiy maʼlumot berib oʻtib, 20
519-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari
Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi tashkil etilgan 519-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari qizghtml5-dom-document-internal-entity2-39-endin davom etmoqda. Saylov uchastkasida 2866 nafar fuqaro rohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endyxatdan ohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endtgan. Shulardan 115 nafar saylovchi muddatdan oldin ovoz berishgan.Foto: Akmal Muhammadov / 'Xalq so'zi'
Endi ayrim fuqarolar jamoat transportidan bepul foydalanishi mumkin boʻladi
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Qonun bilan ayrim qonunlarga Ijtimoiy himoya milliy agentligining zimmasiga dafn etish uchun nafaqani berish vazifasini yuklatishga, uning xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlarini belgilashga, shuningdek fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga va maʼmuriy sudlarga murojaat qilishda davlat bojini toʻlashdan ozod etishga taalluqli oʻzgartirishlar kirit
Buxoroda ikki maktab oʻquvchisining oʻlimiga sababchi boʻlgan haydovchi qamaldi
Buxoro viloyatida yoʻl harakati qoidalarini buzib YTH sodir etgan va ikki nafar maktab oʻquvchisining oʻlimiga sababchi boʻlgan avtobus haydovchisiga hukm oʻqildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov'maʼlum qildi.Bildirilishicha, mazkur YTH joriy yilning 18-mart kuni Kogon tumanida sodir boʻlgan. Hodisa oqibatida tumandagi 5-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning ikki nafar oʻquvchisi halok boʻlgan. Boshqalari turli darajada tan jarohatlari olgan.Oʻshanda bir nechta avtobus bola