calendar 01 Nov 21:29
eye 18
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shavkat Mirziyoyevga Navoiyda rejalashtirilgan 12 ta yangi investitsiya loyihalari taqdimot qilindi

image
Davlatimiz rahbari Navoiy viloyatida rejalashtirilgan yangi investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Keyingi yetti yilda viloyatga 3 milliard 500 million dollardan ortiq investitsiyalar jalb etilgan. Ularning natijasida 64 ming 700 ta ish o'rni va yiliga 1 milliard 200 million dollarlik eksport imkoniyati yaratilgan. Bu yil 2 milliard 100 million dollarlik 577 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Bu ishlar izchil davom ettirilib, xorijiy investor va mahalliy tadbirkorlar tomonidan umumiy qiymati 26 milliard 800 million dollarlik yuzdan ortiq strategik va yirik loyiha shakllantirilgan.

Prezidentimizga ularning 12 tasi taqdimot qilindi.

Loyihalarga AQSH, Fransiya, Germaniya, Avstriya, Rossiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Xitoy, Yaponiya, Koreya, Turkiya kabi mamlakatlar kompaniyalari investitsiya kiritmoqda. Bu tashabbuslar kimyo, energetika, tog'-kon, elektrotexnika, tibbiyot, qurilish industriyasi, tekstil va to'qimachilik kabi tarmoqlarni qamrab olgan.

Masalan, Xitoy bilan hamkorlikda Karmana tumanida yiliga 2 milliard 500 million so'mlik yuqori qo'shilgan qiymatli mahsulotlar tayyorlaydigan loyihalar amalga oshiriladi. Kimyo hamda qurilish materiallariga ixtisoslashgan sanoat parkini tashkil etish, shamol generatorlari uchun parraklar ishlab chiqarish korxonasi shular sirasiga kiradi.'

Shu tumanda Rossiya bilan yana bir investitsion tashabbus ' oziq-ovqat sanoati uchun alyumin qadoqlar yasash yo'lga qo'yiladi. Turkiya bilan hamkorlikda Konimex tumanida yiliga 370 ming tonna fosforit qazib olish, qayta ishlash hamda fosfor kislotasi va mineral o'g'itlar ishlab chiqarish tashkil etiladi. Avstriya bilan esa Navoiy shahrida yiliga 170 ming tonna sianit natriy tuzlari''va kaustik soda olish loyihasi rejalashtirilgan.'

Mazkur loyihalar natijasida 17 ming 800 nafardan ortiq aholi ish bilan ta'minlanadi.

Prezidentimiz tashabbuskorlarga tashkiliy-moliyaviy masalalarda ko'maklashib, loyihalarni tezlashtirish bo'yicha ko'rsatmalar berdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Nov 03:17
 
9
0
xs.uz

Prezidentning Qirgʻizistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga amaliy tashrifi yakunlandi.Bugun davlatimiz rahbari Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etib, koʻp qirrali hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.Sammit doirasida Oʻzbekiston Prezidenti Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv oʻtkazdi.Tashrif tadbirlari yakunlangach, davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ke

29 Oct 20:48
 
23
0
xs.uz

Toshkent viloyatida 417,1 mln soʻmlik gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurafshon shahri, Zangiota tumani boʻlimlari va 'Zangiotatumangaz' xodimlari hamkorligida tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.Unda fuqarolar R.D. va A.Z. tumandagi 'Madaniyat' hamda 'Farobiy' MFY hududidagi binolarda tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 417,1 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.Shu kabi, Departamentning Sherobod tumani bo

29 Oct 20:49
 
26
0
xs.uz

Vazirlar Mahkamasiga oid Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi

'Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida'gi Konstitutsiyaviy Qonun (OʻRQ-982-son 25.10.2024-y.) qabul qilindi.Unga koʻra, Vazirlar Mahkamasi ' ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi boʻlib, iqtisodiyotning, ijtimoiy va maʼnaviy sohalarning samarali faoliyat koʻrsatishiga rahbarlik qilishni, Konstitutsiya va qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini taʼminlaydi.Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekistonda ijro etuvchi hokim

29 Oct 20:49
 
19
0
xs.uz

Saylov jarayonlari boshlandi — Fotoreportaj

Toshkent shahri Sergeli tumanidagi tashkil etilgan 170-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari boshlandi. Ma'lumot uchun 170-saylov uchastkasida saylovchilar soni 1453 nafarni tashkil qiladi. 27 nafar saylovchi muddatdan oldin ovoz bergan.Foto: Sirojiddin Vohidov, Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi''