Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyundagi 'Jizzax viloyatida mavjud zaxira va imkoniyatlarni ishga solish orqali aholi daromadlari hamda bandligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi qarori ijrosi yuzasidan 'Istiqlol' bolalar istirohat bogʻi va unga tutash Sangzor daryosi boʻyida keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari olib borilyapti. Qariyb 20 gektar maydonni egallagan istirohat bogʻiga tashrif buyuruvchilar uchun qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida uning yonidan oqib oʻtuvchi Sangzor daryosida suv yigʻib turish uchun 3 ta suv inshootini qurish amalga oshirilmoqda.
' Hozirgi kunda xorijiy kompaniyalarning eng yaxshi takliflarini tanlash boʻyicha tanlov komissiyasining 2023-yil 19-yanvardagi yigʻilish bayoniga asosan Turkiya davlatida faoliyat yuritayotgan 'ND IMAR' loyiha kompaniyasi tomonidan Jizzax shahar hududida tanlab olingan mahallalarning 'Master rejasi' loyihalari ishlab chiqilgan, ' deydi Jizzax shahar bosh arxitektori Vohid Mirzayev. ' Ushbu loyihalari tarkibiga shahardagi aynan 'Navroʻz' va 'Sangzor' mahallalari hududidan oqib oʻtuvchi Sangzor daryosi boʻyi hamda 'Istiqlol' bolalar istirohat bogʻi hududi ham kiritilgan boʻlib, bogʻ hududini rekonstruksiya qilish, obodlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, bogʻ hududidagi sayr qilish uchun moʻljallangan yoʻlakchalar qayta taʼmirlanib, tungi yoritish chiroqlari oʻrnatildi. Mavjud ikki mingdan ziyod manzarali daraxtlar sonini olti mingdan oshirish maqsadida koʻkalamzorlashtirish ishlari davom ettirilyapti.
Xullas, 'Istiqlol' istirohat bogʻining zamonaviy qiyofasini yaxshilash va turistik zonasini tashkil etish, mahalliy va xorijiy turistlar oqimi oshib borishini inobatga olgan holda, 20 dan ziyod savdo, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, yana shuncha turli xildagi zamonaviy attraksionlar, avtoturargohlar tashkil etiladi. Yana bir eʼtiborli jihati, bu yerda 'Istiqlol bogʻi' va 'Navroʻzbuloq' ziyoratgohini bogʻlovchi dor yoʻlini qurish rejasi ham mavjud. Demak, shaharda turizm sohasi yanada rivojlanib, xizmat koʻrsatish sifati oshib, hisob-kitoblarga koʻra yana 500 ga yaqin yangi ish oʻrinlari yaratilishiga erishiladi.
' Aholi punktlarini koʻkalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida ham tizimli ishlarni olib boryapmiz, ' deydi Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov. ' Investitsion faollik surʼatlarining oshishi, sanoat ishlab chiqarish, qurilish va bunyodkorlik koʻlamining keskin kengayishi aholi yashash joylariga tushayotgan ekologik yuklamani kamaytirish mexanizmlarini takomillashtirishni taqozo etmoqda. Bu borada yangi daraxt koʻchatlari ekish va ularni parvarishlash boʻyicha boshqaruv tizimini yangilash, shahrimizda 'Yashil bogʻlar' va 'Yashil jamoat parklari'ni barpo etish asosiy vazifa qilib belgilangan.
Darvoqe, shahar jamoatchiligining asosiy maqsadlaridan biri ' Jizzax shahrini ham yurtdoshlarimizni doimo oʻziga maftun qilib kelayotgan Baxmal, Zomin kabi goʻshalar qatoriga qoʻshish, aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun qulay sharoit yaratish, koʻchayu xiyobonlarni yashil maskanga aylantirish, shahar infratuzilmasidan zamonaviy xiyobonlar keng oʻrin egallashini taʼminlash sanaladi. Mazkur maqsadlarning amalga oshirilishiga xayrixohlik esa nafaqat Jizzax shahrining koʻkalamzorlashishiga zamin yaratadi, balki yashil maskanlar sonining ortishi natijasida insonlar salomatligini saqlash, tabiat sofligini asrashdek muhim vazifani bajarishda ham muhim omil boʻladi.
Buxorodan Qoʻqonga borishga endi bir soatu 20 daqiqa kifoya
Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Endilikda buxoroliklar va koʻhna shaharga tashrif buyurgan xorijiy mehmonlarning Fargʻona vodiysiga, aniqrogʻi, qadimiy Qoʻqon shahriga borishlari uchun 1 soatu 20 daqiqa kifoya qiladi. 'Silk Avia' aviakompaniyasi 'Qoʻqon ' Buxoro ' Qoʻqon' yoʻnalishida dastlabki parvozni amalga oshirdi.'Buxoro' xalqaro aeroportida zamonaviy havo kemasida uchib kelgan vodiylik mehmonlar tantanali kutib olindi. Ular kun davomida qadimiy shaharning diqqatga sazovor joylarini t
Oʻzbekiston qonunchiligida 1-noyabrdan nimalar oʻzgaradi?
Mehnat huquqlariga rioya etilishini tekshirishning yangi tartibi joriy etiladiDavlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan tekshiruv boshlangan paytdan Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor qilgan holda mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlar'oʻtkaziladi.Oilalarni kambagʻallikdan chiqarish dasturi boshlanadi'Kambagʻallikdan farovonl
Prezident energiya taʼminoti boʻyicha bajarilgan ishlar va rejalarni koʻrib chiqdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-noyabr kuni aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya bilan uzluksiz ta'minlash, soha korxonalarida samaradorlikni oshirish masalalari bo'yicha yig'ilish o'tkazdi.Bu borada 10-iyun kuni bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishida vazifalar belgilangan edi. Mutasaddilar shu asnoda amalga oshirilgan ishlar, kuz-qish mavsumiga ko'rilgan tayyorgarlik to'g'risida axborot berdi.Qayd etilganidek, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining o'sib borayotgan talabiga mos hajmda gaz
Fargʻonada kuchli taʼsir qiluvchi dorilar savdosi bilan shugʻullanganlar ushlandi
Fargʻona viloyatida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti'xabar berdi.Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qoʻqon shahri boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda shahardagi Furqat koʻchasi boʻylab harakatlanib kelgan 'Bestune T99' rusumli avtomashina toʻxtatilib koʻzdan kechirilgan.Tekshiruv dav