calendar 11 Nov 03:17
eye 23
comments 0
comments Manba: xs.uz

Fargʻonada kuchli taʼsir qiluvchi dorilar savdosi bilan shugʻullanganlar ushlandi

image
Fargʻona viloyatida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti'xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qoʻqon shahri boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda shahardagi Furqat koʻchasi boʻylab harakatlanib kelgan 'Bestune T99' rusumli avtomashina toʻxtatilib koʻzdan kechirilgan.

Tekshiruv davomida noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan U.X. va boshqalarga tegishli 2 dona polipropilen qopda inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi 1 359 dona 'Tropikamid', 3 360 dona 'Regapen' va 10 dona 'Selofen' nomli dori vositalari hamda 1 dona idishga quyilgan rangsiz suyuqlik borligi aniqlan. Ushbu vositalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Nov 04:58
 
9
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga amaliy tashrifi yakunlandi

Kecha, 12-noyabr kuni davlatimiz rahbari BMTning Iqlim o'zgarishi to'g'risidagi konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi doirasidagi Jahon yetakchilari sammitining yalpi majlisida nutq so'zlab, iqlim o'zgarishi oqibatlarini birgalikda bartaraf etish bo'yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi.Sammit doirasida O'zbekiston yetakchisi Yevropa kengashi Raisi Sharl Mishel, Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb, Chernogoriya Prezidenti Yakov Milatovich, Yevropa tiklanish va taraqqiyot ba

09 Oct 12:39
 
32
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Marburg virusi xavfi sabab nazorat kuchaytirildi

Oʻzbekistonda marburg virusi isitmasini oldini olish va uning ehtiyot choralari kuchaytirilmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati'xabar berdi.Bildirilishicha, Oʻzbekistonda bu kasallik boʻyicha 'jiddiy xavotirga oʻrin yoʻq'. Shunday boʻlsa ham davlat chegarasini kesib oʻtish joylarida faoliyat yuritayotgan sanitariya nazorat punktlarining (SNP) hushyorligi oshirilgan.Xususan, marburg isitmasi bilan kasallanishni oldini olish maqsadida:Maʼlumot

29 Oct 20:49
 
24
0
xs.uz

Bolalarga nisbatan oilaviy zoʻravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi

Qonunga koʻra, Jinoyat kodeksiga va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga bolalarga nisbatan oilaviy zoʻravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga oilaviy (maishiy) zoʻravonlik bilan bogʻliq ishlar yuzasidan yarashuv toʻgʻrisidagi ariza faqat sud muhokamasi bosqichida berilishi mumkinligi belgilanmoqda.Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

20 Nov 01:36
 
5
0
xs.uz

Namanganda bir oilaning 3 aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Unga koʻra, holat Pop tumani 'Iskovut' MFY Qoʻrgʻontepa koʻchasida sodir boʻlgan. 1988-yilda tugʻilgan A.B. (erkak) voyaga yetmagan farzandlari 2014-yilda tugʻilgan O.A. hamda 2010-yilda tugʻilgan A.A. yashash xonadonida isitish uchun oʻrnatilgan, qoʻlbola usulda tayyorlangan pechkaga yoqilgan tabiiy gazdan chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etgan.Shuningdek, xonadonda boʻlgan erkakning turmush oʻrtogʻi G.M. is gazidan zaharlanib, ogʻir holatda tibbiyot birlashmasiga olib borilga