calendar 09 Oct 12:39
eye 11
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistonda Marburg virusi xavfi sabab nazorat kuchaytirildi

image
Oʻzbekistonda marburg virusi isitmasini oldini olish va uning ehtiyot choralari kuchaytirilmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati'xabar berdi.

Bildirilishicha, Oʻzbekistonda bu kasallik boʻyicha 'jiddiy xavotirga oʻrin yoʻq'. Shunday boʻlsa ham davlat chegarasini kesib oʻtish joylarida faoliyat yuritayotgan sanitariya nazorat punktlarining (SNP) hushyorligi oshirilgan.

Xususan, marburg isitmasi bilan kasallanishni oldini olish maqsadida:

Maʼlumot uchun, joriy yilning 29-sentyabr kuni Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Afrika qitʼasidagi Ruanda davlatida Marburg gemorragik isitmasi qayd etilganini maʼlum qilgan. 28-sentyabr holatiga koʻra, Ruandaning 30 ta okrugining yettitasida jami 26 ta tasdiqlangan holat roʻyxatga olingan va shundan 6 ta holatda oʻlim qayd etilgan.

JSST ushbu epidemiya xavfini milliy darajada juda yuqori, mintaqaviy darajada yuqori va butun dunyo darajasida past deb baholamoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
28
0
xs.uz

Turk dunyosi mamlakatlari uchun yagona kino va media platformasi yaratiladi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. 23-27-avgust kunlari Samarqand shahrida 'Buyuk ajdodlar merosi ' Uchinchi Renessans poydevori' xalqaro kongress doirasida 'Yangi Renessans: Merosni saqlashda kino va medianing oʻrni' TURKSOY xalqaro forumi oʻtkazildi.Kongress Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiya markazi hamda Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati hamkorligida ta

09 Oct 12:39
 
18
0
xs.uz

Prezident bir guruh oʻqituvchi va murabbiylarni mukofotladi

Prezident 'Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.'Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi' faxriy unvoni bilanAbduraxmanova Ozoda Dexkanboyevna - Quyi Chirchiq tumanidagi 25-umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyatiAkramov Nabijon Kurbonovich - Marhamat tumanidagi 3-ixti

20 Sep 00:21
 
21
0
xs.uz

Bosib olingan Falastin hududidan Isroil qoʻshinlari chiqib ketishini talab qiluvchi rezolyutsiya qabul qilindi. Oʻzbekiston qanday ovoz berdi?

Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) Bosh assambleyasi Isroildan Falastinning bosib olingan hududlaridan kuchlarini olib chiqishni talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda 'UN News' xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, BMTga aʼzo davlatlar Isroilning Falastin hududlarini bir yil (12 oy) ichida okkupatsiya qilishini toʻxtatishini talab qilgan. Agar qaror Isroil tomonidan bajarilmasa, aʼzo davlatlar Tel-Avivga sanksiyalar kiritish talabini oʻz ichiga olgan rezolyutsiyaga imzo chekishg

09 Oct 12:39
 
19
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Marburg virusi xavfi sabab nazorat kuchaytirildi

Oʻzbekistonda marburg virusi isitmasini oldini olish va uning ehtiyot choralari kuchaytirilmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati'xabar berdi.Bildirilishicha, Oʻzbekistonda bu kasallik boʻyicha 'jiddiy xavotirga oʻrin yoʻq'. Shunday boʻlsa ham davlat chegarasini kesib oʻtish joylarida faoliyat yuritayotgan sanitariya nazorat punktlarining (SNP) hushyorligi oshirilgan.Xususan, marburg isitmasi bilan kasallanishni oldini olish maqsadida:Maʼlumot