calendar 18 Nov 04:58
eye 12
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga amaliy tashrifi yakunlandi

image
Kecha, 12-noyabr kuni davlatimiz rahbari BMTning Iqlim o'zgarishi to'g'risidagi konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi doirasidagi Jahon yetakchilari sammitining yalpi majlisida nutq so'zlab, iqlim o'zgarishi oqibatlarini birgalikda bartaraf etish bo'yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Sammit doirasida O'zbekiston yetakchisi Yevropa kengashi Raisi Sharl Mishel, Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb, Chernogoriya Prezidenti Yakov Milatovich, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil-Reno Basso, Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad al-Jassir, ICESCO bosh direktori Salim al-Malik, Yashil iqlim fondi ijrochi direktori Mafalda Duerte va Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri, Global o'zgarishlar instituti raisi Toni Bler bilan uchrashuvlar o'tkazdi.

Tashrif dasturining ikkinchi kuni, 13-noyabrda Prezidentimiz O'zbekiston, Qozog'iston va Ozarbayjon o'rtasida 'yashil' energiyani rivojlantirish va uzatish sohasida strategik sheriklik to'g'risidagi uch tomonlama bitimni imzolash marosimida ishtirok etdi.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, uning yakunida davlat rahbarlari qo'shma fabrikani ishga tushirdilar.

BMT iqlim sammiti doirasida Chexiya Bosh vaziri Petr Fiala, Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis, Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala va Global ekologik fond bosh direktori Karlos Rodriges bilan uchrashuvlar o'tkazildi.

Prezidentimiz O'zbekistonning COP29dagi Milliy pavilonini ham ko'zdan kechirdi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, davlatimiz rahbari Toshkentga jo'nab ketdi. Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda Prezidentimiz va rafiqasini Ozarbayjon adliya vaziri Farid Ahmedov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo'ydi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Nov 01:37
 
5
0
xs.uz

Oʻzbekistondagi kambagʻallik darajasi qanday? Shavkat Mirziyoyev kambagʻallikni qisqartirish borasidagi natijalarga toʻxtaldi

Mamlakatimizda kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish borasida katta dasturlar amalga oshirilmoqda. Shavkat Mirziyoyev kambagʻallikni qisqartirish borasidagi natijalarga toʻxtaldi.Qayd etilishicha, toʻrt yil avval 23 foiz aholimizning daromadi kambagʻallik chegarasiga ham yetmas edi. Oʻtgan davrda 3,5 million fuqaro uchun daromad olish imkoniyati yaratilib, kambagʻallikni 11 foizga tushirishga erishildi. Kelgusi uch yilda uni 7 foizga tushirish reja qilingan.Kambag

20 Nov 01:37
 
4
0
xs.uz

Prezident xalqimizning 30 yillik orzusi roʻyobga chiqqanini bildirdi

Mahalliy kengashlar faoliyatiga har tomonlama koʻmaklashish Senatning ustuvor vazifasi boʻlishi kerakligi taʼkidlandi.Endi xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga hokimlar emas, balki deputatlar orasidan saylangan kengash raislari boshchilik qiladi. Prezidentimiz ushbu siyosiy islohot orqali xalqimizning 30 yillik orzusi roʻyobga chiqqanini taʼkidladi.Bu yil hokimlarning 33 ta vakolati kengashlarga olib berildi, yana 17 ta vakolatni oʻtkazish reja qilingan. Misol uchun

18 Nov 04:58
 
4
0
xs.uz

Prezidentning Oliy Majlis Senati aʼzolarini tayinlash toʻgʻrisidagi farmoni eʼlon qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniOʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 92-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 75-moddasiga muvofiq:Ziyo Azamat Hamid oʻgʻli ' Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktoriYoʻlchiyeva Munojatxon Abduvaliyevna ' Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti professoriKoʻchimov Abdusaid Koʻchimovich ' Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktoriRafiqov Qudratilla M

18 Nov 04:58
 
5
0
xs.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev va JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Ivealaning uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Boku shahrida o'tayotgan iqlim bo'yicha COP29 konferensiyasi doirasida, mamlakatimizning Milliy pavilonida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o'tkazdi.Mamlakatimizning JSTga a'zo bo'lishi masalalarida amaliy hamkorlikni mustahkamlashning dolzarb jihatlari ko'rib chiqildi.Ishchi guruh yig'ilishlarini o'tkazish, shuningdek, ushbu xalqaro tashkilotga a'zo mamlakatlar bilan olib borilayotgan muzokaral